June 14

🕊 AMOR FATI 🕊 Ep5

Ortida sariq sochli yigit istehzoli tabassum bilan turardi.Kayla uning nigohiga duch kelishi bilan butun vujudini noxush qaltirash qoplab oldi.

Yigitning qarashlari unga yoqmadi. Unda nimadir haddan tashqari erkin va chegarani bilmaydigan bir narsa bor edi.

Shu payt ichkaridan Jungkookning ovozi eshitildi:
— Kiring.
Yonidagi yigit eshikni bemalol ochib ichkariga kirib ketdi. Kayla esa eshik oldida bir lahza turib qoldi. Ichkaridan salomlashishlar va kulgu ovozlari eshitilardi.

__

Jungkook yangi xonasida stol ustidagi hujjatlarni ko‘zdan kechirayotgan edi.Rahbariyat vakillari uni xonasi bilan tanishtirib bo‘lib, kerakli qog‘ozlarni qoldirib chiqib ketishgandi.Eshik ochilib, Taehyung kirib keldi.
— Tabriklayman, direktor janoblari, — dedi u kulib.
— Mazax qilma, — dedi Jungkook bosh chayqab.
Ular biroz suhbatlashib, universitet davridagi voqealarni eslab kulishdi.
— Jimin qani? — dedi Jungkook. — Har doimgidek kechikyaptimi?
— Unga vaqt degan narsa ta'sir qilmaydi shekilli, — dedi Taehyung kulib.

Shu payt eshik taqilladi.
— Kiring, — dedi Jungkook.
Eshik ochilib, Jimin kulgancha ichkariga kirib keldi.

— Men haqimda gaplashayotgan ekansizlar-a?
U ikkalasi bilan salomlashdi-da, birdan ortiga qaradi.
Taehyung hayron bo‘lib eshik tomonga qaradi.

— Yana kimdir kelishi kerakmidi?
Jimin esa kulib qo‘ydi.
— Mehmonxonada bunaqa chiroyli xodimlar borligini aytganingda, ertaroq kelardim.Shunday deb eshik oldida turgan Kaylaga yo‘l berdi.
— Kiring, xonim.

Kayla noqulay qadamlar bilan ichkariga kirdi.
- chaqirgandi...z..

Jungkook uni ko‘rishi bilan qoshlarini chimirdi.
— Nega kelding? — dedi u beixtiyor ovozini balandlatib.

Jimin esa kulib yubordi.
— Ey, bunchalik qo‘pol bo‘lma.So‘ng Kayla tomon yurdi.
— Bunaqa chiroyli xodimlar bilan sal yumshoqroq gaplashish kerak.
U qizning yoniga kelib, yelkasiga qo‘l tashlamoqchi bo‘ldi.
— Keling, biz bilan o‘tiring. Bir oz suhbatlashamiz. Jiminning qo‘li yelkasiga tegishi bilan uni keskin itarib yubordi.Kayla bir lahzada rangi oqarib ketdi.

Ko‘zlarida qo‘rquv yaqqol ko‘rinib turardi.Xona ichidagi kayfiyat bir zumda o‘zgardi.Taehyung darhol vaziyatni sezdi.
— Jimin, bo‘ldi endi, — dedi u uning yoniga kelib. — Kel, o‘tir.
U Jiminni yelkasidan tutib, chetroqqa olib ketdi.Jungkook esa jahli chiqayotganini yashira olmay Kayla tomon yurdi.

Qizning ko‘zlarida yosh qalqib chiqqanini ko‘rib, bir zum unga qarab qoldi.

— Chiqing — dedi sovuq ohangda.
So‘ng eshik tomon ishora qildi.Kayla bir soniya qotib qoldi. Ko‘zlariga to‘lgan yoshlarni zo‘rg‘a ushlab turardi.Hech narsa demadi.Faqat boshini egib, tezda eshik tomon yurdi.
Bir necha soniyadan keyin eshik yopildi.

Taehyung Jungkookka qaradi.
— Sen uni nega haydading?
Jungkook javob bermadi.
Negadir hozirgina noto‘g‘ri odamga g‘azab qilganini ich-ichidan his qilib turgandi.

Xonadagi voqeadan keyin Kayla ancha vaqt o‘ziga kela olmadi.U Jungkookning oldidan ko‘zlari yoshga to‘lgan holda chiqib ketdi.Yuragi siqilib ketgandi. Go‘yo yana bir bor hammaning oldida kamsitilgandek his qilgandi.
Ichkarida esa vaziyat ham unchalik yaxshi emas edi.Jungkook Jimin tomonga sovuq qaradi.
— Sen chegaradan chiqib ketayapsan biz bu yerda hali yangimiz oʻzingni koʻrsatishing shart emas.
Jimin kulib qo‘ydi.
— Shuncha jiddiy bo‘lish shartmi? Men shunchaki hazillashdim.
— Hamma ham sening hazilingni ko‘tara olmaydi.Taehyung ham unga norozi qaradi.
— Jimin, chegarani bil.
Jimin qo‘llarini ko‘tarib taslim bo‘lgandek kuldi.
— Yaxshi, yaxshi. Lekin Jungkook bu qizing juda qiziq ekan.
— U mening qizim emas - dedi qattiy ohangda.
Jimin uning ovozidagi o‘zgarishni sezdi va
— Ha unda juda yaxshi dedi kulimsirab qo‘yib.

__

Oradan bir necha kun o‘tdi.

Xonadagi voqeadan keyin Kayla imkon qadar Jungkookning ko‘ziga ko‘rinmaslikka harakat qila boshladi.Ammo buning iloji yo‘q edi.
Jungkook direktor bo‘lganidan beri mehmonxonaning har bir bo‘limini shaxsan o‘zi tekshirardi. U qog‘ozdagi hisobotlarga emas, odamlarning qanday ishlashiga qarab baho berishni afzal ko‘rardi.Bir necha kun davomida u qabulxona, restoran, xizmat ko‘rsatish bo‘limlari va hatto arxivgacha kirib chiqdi.Shu vaqt ichida bir narsani sezdi. Kayla hamma qiladigan ishni qilar, lekin ko‘pincha boshqalarning ishini ham bajarardi.

Ba'zi xodimlar esa bundan juda qulay foydalanishardi.
Ayniqsa Suzy.
Suzy tashqaridan qaraganda mehribon va namunali xodimdek ko‘rinardi. Jungkook kelganida ham u eng faol, eng iltifotli xodimlardan biri bo‘lib qolgan edi. Har safar Jungkook ko‘rinishi bilan tabassum qiladi, kerak bo‘lmasa ham yoniga borib gaplashadi, hatto boshqa xodimlar qilishi kerak bo‘lgan ishlarni ham ko‘rsatishga urinardi.

Ammo Jungkook bir necha marta uning boshqacha tomonini ham ko‘rib qoldi. Bir kuni Suzy bir nechta hujjatlarni Kaylaning stoliga tashlab ketdi.

— Men ulgurmayapman. Buni ham qilib qo‘y.
— Lekin bu sizning vazifangiz-ku, — dedi Kayla
— Sen tezroq qilasan.
Kayla odatdagidek indamay hujjatlarni oldi va hammasini yana ichiga yutishga harakat qildi. U bilardiki ortiqcha gapirsa ishidan ketishini chunki hamma Suzy taraf edi hech kim uni tarafini olmasdi. Ishdan ketishini oʻzi ham bir muammo edi uyda oʻgay otasi bir ishni ham quldan eplab qilolmaysan keraksizsan deya gapirardi. Onasi bunga inday olmasdi. U shuncha narsa bulishidan koʻra jim boʻlishni tanlardi.
Suzy esa ortiga o‘girilib ketdi.
Buni uzoqdan kuzatayotgan Jungkook qoshlarini chimirdi.Bu birinchi marta emas edi. Qizning zimmasiga boshqalarning ishi yuklanayotganini u bir necha bor ko‘rgandi.Lekin Kayla hech qachon shikoyat qilmasdi.

Oradan bir necha kun o‘tib Jimin yana mehmonxonaga keldi. Bu safar u oddiy mehmon sifatida eng qimmat xonalardan birini band qilgan edi.

Dastlab hammasi odatdagidek boshlandi.
— Xonamdagi konditsioner ishlamayapti, — deb qabulxonaga qo‘ng‘iroq qildi u.Kayla tekshirish uchun chiqdi.Ammo konditsioner mutlaqo soz edi.
— Menimcha, ishlayapti.
— Balki menga shunday tuyulgandir, — dedi Jimin kulib.
Kayla indamay chiqib ketdi.Oradan yigirma daqiqa o‘tib yana qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
— Televizor ishlamayapti.
Kayla yana chiqdi.Bu safar ham hech qanday muammo yo‘q edi.
Jimin esa divanda o‘tirib, undan ko‘z uzmay qarab turardi.
— Endi ishlayaptimi? — so‘radi Kayla.
— Siz kelganingizdan keyin ishlay boshladi shekilli.

Kayla javob bermay chiqib ketdi. Uchinchi marta qo‘ng‘iroq kelganida esa Kayla uning ataylab qilayotganini aniq tushundi.
— Endi nima bo‘ldi? — dedi u xonaga kirib.

— Bilmayman, — dedi Jimin yelka qisib. — Balki siz tekshirib ko‘rarsiz.
— Janob, agar aniq muammo bo‘lmasa, boshqa ishlarim ham bor.
— Shoshilmang.
Jimin o‘rnidan turdi.
— Menimcha, siz menga nisbatan juda sovuqsiz.
Kayla bir qadam ortga chekindi.
— Ruxsat bersangiz, ketay.
Ammo Jimin uning yo‘lini to‘sdi.
— Men sizni qo‘rqitadigan odamga o‘xshaymanmi?

U gapirayotgan paytda qo‘lini Kaylaning yuziga tushib qolgan soch tolasi tomon uzatdi.
Kayla qurqib orqaga bir qadam tashlamoqchi edi lekin devor uni toʻxtatdi. Kaylaning yuzi oqarib ketdi.

Xuddi shu paytda eshik ochilib.......

The End