🕊 AMOR FATI 🕊 Ep8
Kayla esa o‘sha joyda uzoq vaqt qimirlamay turdi.
Bugungi kun uning uchun juda og‘ir o‘tgandi.U chuqur xo‘rsinib, sekin zinadan yuqoriga ko‘tarildi.
Xonasining eshigini ochib ichkariga kirgach, eshikni ohista yopdi.Xona odatdagidek jimjit edi.
Bir burchakda eski divan, uning yonida kichkina shkaf. Qarama-qarshi tomonda esa tor deraza. Kechasi bu xonaga oy nuri tushmasa, ichkarisi yanada tor va huvillab ketgandek tuyulardi.
Ba'zida Kaylaga bu xona emas, kichkina qafasdek ko‘rinardi.U divanga asta o‘tirdi.
Ko‘zlari beixtiyor xona bo‘ylab aylanar ekan, xotiralari uni yillar ortiga qaytarib yubordi...
****
O‘sha kuni u onasining ortidan indamay bu uyga kirgan edi. Yuragi qo‘rquvga to‘la, qo‘llari esa sovuqdan emas, hayajondan muzlab ketgandi. Min Taesung ularni kutib oldi.
— Kelinglar.
So‘ng yonida turgan yigitga qaradi.
— Kayla, bu katta o‘g‘lim Min Yoongi.
Kayla odob bilan egildi.
— Salom... aka.
Yoongi unga qisqagina qaradi.
— Salom.
Na tabassum, na ortiqcha savol.
Go‘yo uyga yangi odam emas, oddiy mehmon kirgandek.
Taesung yana yonidagi qizchani chaqirdi.
— Kayla, bu katta o‘g‘lim Min Yoongi.
Kayla odob bilan egildi.
— Salom... aka.
Yoongi unga qisqagina qaradi.
— Salom.
Na tabassum, na ortiqcha savol.
Go‘yo uyga yangi odam emas, oddiy mehmon kirgandek.
Taesung yana yonidagi qizchani chaqirdi.
— Bu esa Yuna.
Kayla unga ham kulimsiradi.
— Salom.
Yuna esa javob ham bermadi.
Faqat Kaylaga boshdan oyoq qarab chiqdi-da, yana kiyimining etagini o‘ynashda davom etdi.
Oradan ko‘p o‘tmay Taesung Yejin bilan ichkariga kirib ketdi.
— Yur, xonangni ko‘rsataman, — dedi Yuna.
Kayla indamay ortidan yurdi. Yoongi esa koridorda turib, ularni jim kuzatardi.
Yuna koridor oxiridagi zinadan kutarilib eshikni ochdi.
— Mana. Shu xona sizniki.
Kayla ichkariga qaradi.
Xona emas...
Keraksiz narsalar turadigan kladofka edi.
Har tomonda eski qutilar, chang bosgan buyumlar, keraksiz stullar va qoplar uyulib yotardi. Yuna beparvo kulib qo‘ydi.
— Kelishingizni bilmaganmiz-da. Bilganimizda hech bo‘lmasa bu axlatlarni chiqarib tashlagan bo‘lardik. Kayla hech narsa demadi. Shunchaki boshini egdi. O‘sha paytda javob berishga ham holi qolmagandi.
***
Otasi vafot etganidan beri u deyarli gapirmay qo‘ygandi. Hatto onasi bilan ham avvalgidek suhbatlasholmasdi. Otasi ketgach, bolalikdagi quvonchi ham u bilan birga yo‘qolgandek edi. Oradan bir yil ham o‘tmay buvisi ham olamdan o‘tdi. Buvisi uning hayotida qolgan oxirgi suyanchig‘i edi. Shundan keyin Min Taesung Yejinga:
— Endi Seuldagi uyimga ko‘chamiz, — dedi.
Yejin esa faqat bitta shart qo‘ydi.
— Men qizimni tashlab ketmayman. Qayerga borsam, Kayla ham men bilan boradi. Bu gap Taesungga yoqmadi. Ammo rozi bo‘lishdan boshqa chorasi ham yo‘q edi. Shu tariqa Kayla bu uyga kelgan edi. Lekin oradan shuncha yil o‘tsa ham, u hech qachon bu uyni o‘z uyi deb his qilmadi.
_
Kayla chuqur nafas olib, xayollaridan chiqdi. Ko‘zlarini ochib yana xonasiga qaradi. Hammasi o‘sha-o‘sha.
Faqat eski buyumlar o‘rnini endi uning ozgina kiyimlari va kitoblari egallagandi. Lekin o‘zgarmagan yana bir narsa bor edi. Bu uyda u hali ham o‘zini begona his qilardi. Yillar davomida u bitta narsaga o‘rganib qolgan edi. Og‘risa ham indamaslikka... Yig‘lasa ham hech kimga ko‘rsatmaslikka... Va hech kimdan yordam kutmaslikka...
Ammo bugun...
Hammasi boshqacha bo‘ldi. Ko‘z oldiga Jungkook keldi.
Hech narsa demay bag‘riga bosgani...
Keyin esa qorong‘i ko‘chada yana paydo bo‘lgani...
Kayla ko‘zlarini yumdi.
— Nega?.. — deb pichirladi.
Nega aynan u?
Axir bu shunchaki tasodif...
Bugun u yetib kelmaganida nima bo‘lishini o‘ylashning o‘zi yuragini muzlatib yubordi. U asta tizzalarini bag‘riga tortdi. Yuragida ilgari hech qachon his qilmagan g‘alati tuyg‘u uyg‘onayotgandi.
Bu qo‘rquv ham emasdi...
Xotirjamlik ham emasdi...
Shunchaki tushuntirib bo‘lmaydigan bir hissiyot edi. Kayla bu hissiyotga nom berolmasdi. Shu payt eshik tashqarisidan qadam tovushi eshitildi. U darhol boshini ko‘tardi. Bir necha soniyadan so‘ng eshik sekin taqilladi...
Kiring... — dedi Kayla past ovozda.
Eshik sekin ochildi. Ichkariga Yoongi kirib keldi.
U odatdagidek jiddiy edi. Yuzida hech qanday hissiyot bilinmasdi.Kayla esa beixtiyor o‘rnidan turdi.
Bir necha soniya ikkalasi ham jim qoldi.
Xonani yana o‘sha noqulay sukunat egalladi. Yoongining nigohi bir zum Kaylaning yuzida to‘xtadi. Qizning ko‘zlari hali ham qizarib turardi. Qo‘rquv izlari hamon yuzidan ketmagandi. U buni sezdi.
Lekin odatdagidek indamadi.
— Ahvoling yaxshimi? — dedi nihoyat.
Kayla hayron bo‘ldi.
Bu savolni undan kutmagandi.
— Ha... yaxshiman.
Yoongi javobiga ishonmagandek yana bir necha soniya unga qarab turdi.
Yana sukut...
Kayla nima deyishni bilmay qoldi. Yoongi esa deraza tomonga qarab, qo‘llarini cho‘ntagiga soldi.
— Bugungi voqeani dadam bilan onam bilmaydi.
Kayla sekin bosh irg‘adi.
— Bilishlarini xohlamayman.
— Men ham aytmayman.
Yoongi boshini qimirlatdi.
— Yaxshi.
U chiqib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin eshik oldiga borganda qadamlari to‘xtadi. Bir muddat ortiga qaramay turdi.
— Yana kechasi ishlashni davom ettirasanmi?
Kayla uning bu savolni nega berganini tushunmadi.
— Ha...
— Borma.
Kayla asta boshini ko‘tardi.
— Nima?
— O‘sha do‘kondagi ishingga endi bormaysan.
— haligi men...
— Eʼtiroz qabul qilinmaydi. Bormaysan endi dukondagi ishga.
Kayla bir necha soniya jim qoldi vachuqur nafas oldi.
— hmm...
Yoongi indamadi. U qizning ovozidagi charchoqni ilk bor bunchalik aniq eshitdi.
Shu paytgacha u Kayla haqida deyarli o‘ylamagan edi.
Bir uyda yashashardi.
Lekin har kim o‘z hayoti bilan band edi.
Bugun esa...
Ichida g‘ashlik paydo bo‘ldi.
Agar Jungkook o‘sha paytda yetib kelmaganida...
Bu fikrning o‘zi uni asabiylashtirdi. Lekin bularning birortasini yuzida sezdirmadi.
Yoongi eshikni ochdi.
Ammo chiqishidan oldin bir lahza to‘xtadi.
— Eshikni ichkaridan qulflab yot.
Shu gapni aytib, ortiga ham qaramay chiqib ketdi.
Eshik yopilishi bilan uy yana sukunatga cho‘mdi.
Kayla indamay borib eshikni ichkaridan qulfladi. So‘ng sekin ortiga qaytib, divanga o‘tirdi. Boshidagi og‘riq tobora kuchayib borayotgandi.
U tortmani ochib, og‘riq qoldiruvchi dorini oldi. Grafindan stakanga suv quyib, dorini ichdi. Bir necha soniya ko‘zlarini yumgancha jim o‘tirdi.
Shu payt stol ustidagi telefoni ketma-ket ovoz chiqardi.
Kayla telefonni qo‘liga olib, mehmonxona ishchi guruhidan kelgan xabarni ochdi.
Xabar:
«Ertaga mehmonxonaga amaliyotchi talabalar keladi. Ular bilan tanishtirish va ish jarayonini tushuntirish ishlari olib boriladi. Barcha xodimlar odatdagidan ertaroq ishga kelishlari so‘raladi.»
Kayla xabarni oxirigacha o‘qib, chuqur xo‘rsindi.
— Yana yangi kun... — deb pichirladi o‘ziga.
Telefonni sekin stol ustiga qo‘ydi.
Tanasi juda charchagandi. Divanga suyangancha asta yonboshladi. Tizzalarini bag‘riga tortib, g‘ujanak bo‘lib oldi. Shu holatda shiftga bir muddat tikilib yotdi.
Ko‘zlari asta-sekin yumila boshladi. Ko‘p o‘tmay charchoq uni yengdi va Kayla divanning o‘zida chuqur uyquga ketdi.