June 27

🕊 AMOR FATI 🕊 Ep7

Jungkook Taehyung bilan gaplashib bo‘lgach, xonasiga qaytdi. Stol ustidagi hujjatlar hamon uni kutib turardi. U bir nechtasini ochdi, lekin ko‘zlari satrlarni ko‘rsa ham, xayoli butunlay boshqa joyda edi.
Kayla...
Qizning yig‘lagan yuzi ko‘z oldidan ketmayotgandi.
Uning titragan yelkasi...
Qo‘rqqan ko‘zlari...
Va eng g‘alatisi — uni bag‘riga bosgan paytdagi holati. Jungkook boshini orqaga tashlab chuqur xo‘rsindi.
— Nega aynan sen?..
O‘zi ham tushunmasdi.

Uning atrofida doim chiroyli, boy oiladan chiqqan qizlar bo‘lgan. Ular bilan suhbatlashish, tadbirlarga borish, kulib gaplashish odatiy hol edi.
Ammo hech biri uning xayoliga bir necha kunlab kirib olmagan edi.
Kayla esa boshqacha u doim yolg‘iz edi, jim edi.
Go‘yo butun dunyo unga qarshi bo‘lsa ham, indamay yashashga o‘rgangandek. Shu narsa Jungkookning yuragini bezovta qilardi. Ish vaqti tugagach, u deraza yoniga bordi.

Pastda xodimlar ketayotgan edi.Shu payt Kayla ko‘rinib qoldi. Qiz sumkasini bag‘riga bosgancha sekin yurardi. Boshi egilgan.

Bugun yig‘lagan odam aynan shu qiz ekanini uzoqdan ham bilish mumkin edi. Jungkookning ichida yana aybdorlik paydo bo‘ldi. Agar u qizni xonasiga chaqirmaganida...
Balki bugun u yig‘lamasdi.

U shoshilmay pastga tushdi. Mashinasini haydab chiqarkan, avtobus bekatida yolg‘iz o‘tirgan Kaylani ko‘rib qoldi. Qiz juda charchagandek ko‘rinardi.

Jungkook mashinani to‘xtatib, bir necha soniya unga qarab qoldi.

Negadir shu holatda uni tashlab ketgisi kelmadi. Ko‘p o‘tmay avtobus keldi. Kayla ichkariga chiqdi. Jungkook esa o‘zi ham bilmagan holda avtobus ortidan yurdi. Bu qiz bilan nima bo‘layotganini tushunmasdi.

Kayla qo‘shimcha ishlaydigan do‘konga kirdi. Jungkook uzoq vaqt mashinada o‘tirdi. Qizni oyna ortidan kuzatar ekan, ichida nimadir og‘ridi. Kunduzi mehmonxonada ishlaydi. Kechasi esa yana bu yerda.
Qachon dam oladi?
Qachon ovqatlanadi?
Nega doim yolg‘iz?

Tun ancha kechgach, Kayla do‘kondan chiqdi.

U juda charchagan koʻrinardi. Qulidagi suvni bir hoʻplab uyiga yoʻl oldi. Ko‘chalar bo‘sh edi. Kayla esa asta uy tomon yurardi. Ammo yuragi negadir bezovta edi.Bugungi kun juda og‘ir o‘tgan edi.
Jimin...
Jungkook...
Hamkasblarning qarashlari. Bularning hammasi uni charchatib yuborgandi. Shu payt ortida qadam tovushi eshitildi. U ortiga qaradi.

Hech kim.
Kayla boshini qimirlatdi.
— Xayolim bo‘lsa kerak...
Ammo yuragi allaqachon tez urishni boshlagandi. Bir necha daqiqadan keyin yana o‘sha qadamlar. Bu safar aniq. Kimdir bor edi. Qizning qo‘llari sovib ketdi. Qadamlarini tezlashtirdi. Ortidagi odam ham tezlashdi.

Ko‘zlariga yosh keldi.
"Nega yana men?.."
"Nega doim men?.."
Atrof jimjit edi. Hech kim yo‘q.Hech kim yordam bermaydi.U yugura boshladi.Nafasi bo‘g‘ziga tiqildi.Oxiri esa berk ko‘chaga kirib qoldi.Kayla to‘xtadi.Orqasidagi odam yaqinlashardi. Qizning oyoqlari qaltiray boshladi.Shu payt yuqoridan tanish ovoz eshitildi.

— Kayla!
Qiz boshini ko‘tardi.
Jungkook.
U qo‘lini uzatib turardi.
— Tezroq! Qo‘lingizni bering!
Kaylaning ko‘zlariga yosh to‘ldi. U shu paytgacha o‘zini yolg‘iz deb o‘ylagandi. Lekin aynan shu lahzada kimdir uni qidirganini bildi.Kimdir uning ortidan kelgan edi.U titrayotgan qo‘lini Jungkookga uzatdi.

Jungkook uning qo‘lidan ushlagan zahoti yuragi siqilib ketdi.
Qo‘llari muzdek edi. Qiz qanchalik qo‘rqganini endi tushundi. Uni yuqoriga tortib oldi. Kayla esa bir necha soniya qo‘lini qo‘yib yubora olmadi. Qo‘rquv hali ham ketmagandi. Jungkook uning ko‘zlariga qaradi. U yerda faqat qo‘rquv bor edi.

Va negadir bu holat uning yuragini qattiq og‘ritdi.
— Men shu yerdaman, — dedi u past ovozda. Kayla shu gapni eshitib ko‘zlarini yumdi. Negadir yig‘lagisi keldi.
Chunki juda uzoq vaqt davomida hech kim unga:
"Men shu yerdaman" demagandi.

Kayla hali ham qo‘rquvdan titrayotgandi. Jungkook esa uning qo‘lini sekin qo‘yib yubordi.
— Shu yerda turing, — dedi past ovozda. — Hech qayerga ketmang. Kayla bir narsa demoqchi bo‘ldi, lekin ovozi chiqmadi. Jungkook esa ortiga burildi. Pastda qora kiyimdagi odam hali ham turardi. Bir necha soniya ular bir-biriga qarab qoldi.Keyin Jungkook hech ikkilanmay pastga sakradi.
Kayla qo‘rqib ketdi.
— Yo‘q!..

Ammo Jungkook allaqachon uning oldiga yetib borgandi.
— Kimsan sen?! — dedi u jahl bilan.
Erkak qochishga urindi. Ammo Jungkook uni yoqasidan tortib to‘xtatdi. Oradan bir necha soniya o‘tib ular orasida mushtlashuv boshlandi. Kayla yuqoridan qarab turardi. Qo‘llari titrardi. Yuragi esa juda qattiq urardi. U hech qachon kimdir uning uchun bunday janjallashganini ko‘rmagan edi.
Hech kim.
Bir necha daqiqadan so‘ng Jungkook erkakni yerga yiqitdi.

— Kim yubordi seni? — dedi u g‘azab bilan.
Erkak bir muddat jim qoldi. Jungkook yoqasidan ushlab yana tortdi.
— Gapir!

Uni ushlab turib uridiganday tassavur qilasizlarda😁🙈

Erkak og‘riqdan yuzini burishtirdi.
— Men faqat pul oldim...
— Kimdan?
U bir necha soniya ikkilanib turdi.
So‘ng past ovozda:
— Suzy...
Kayla yuqorida turgan joyida qotib qoldi.
Suzy?
Nahotki...

Nahotki u shunchalik nafratlansa?
Ko‘zlariga yosh keldi.
Jungkookning ko‘zlari esa sovib ketdi. Negadir ichida yana g‘azab uyg‘ondi. Qizga mehmonxonada qilgan ishlari yetmagandek, endi bunday ishgacha borgandi.
Shu payt uzoqdan politsiya mashinasining ovozi eshitildi. Kayla qo‘ng‘iroq qilgandi. Politsiya kelib erkakni olib ketdi. Atrof yana jimib qoldi.
Kayla asta pastga tushdi. Jungkook esa yo‘l chetida turardi. Labi yorilgandi. Qo‘llari qon edi. Yuzida ham bir nechta tirnalgan joylar bor edi. Kayla unga yaqinlashdi. Qo‘rquv sekin bosilgan bo‘lsa ham, yuragi hali ham titrardi. U Jungkookning qo‘lidagi qonni ko‘rib ko‘zlari kattalashdi.

— Sizning qo‘lingiz...
Jungkook beparvo qaradi.
— Hech narsa emas.
— Qonayapti.
— Mayda jarohat.
Kayla bir necha soniya jim turdi. So‘ng sekin dedi:
— Biznikiga yurasizmi?
Jungkook hayron bo‘lib unga qaradi.
— Nima?
— Yaralaringizni davolash kerak.
— Kerak emas.
Kayla bu safar birinchi marta qat'iy gapirdi.
— Siz menga yordam berdingiz.
Jungkook qizning ko‘zlariga qaradi. Ularda hali ham qo‘rquv bor edi.

Lekin o‘sha qo‘rquv orasida minnatdorlik ham ko‘rinardi. Bir necha daqiqadan keyin ular Kaylaning uyiga yetib kelishdi.
Uy jim edi.

Uyda hech kim yoʻq edi. Oʻgay otasi va onasi kanfrensiyaga ketganida beri hali qaytishmagan, oʻgay singlisi esa dugonasinikida, Yoongi esa hali kelmagan edi. U ishdan koʻpincha juda kech qaytardi. Kayla birinchi yordam qutisini olib keldi. Jungkook esa divanda o‘tirardi. Qiz sekin uning qarshisiga cho‘kdi. Paxtani dori bilan ho‘llab, labidagi jarohatga tekkizdi. Jungkook biroz qoshlarini chimirdi.
— Og‘riyaptimi?
— Yo‘q.
Kayla unga ishonmadi. Uning qo‘llari hali ham biroz titrardi. Bir payt Jungkook sekin so‘radi:
— Hali ham qo‘rqyapsizmi?
Kayla qo‘lini to‘xtatdi. Bir necha soniya jim qoldi.
— Ha...
Bu javob juda past ovozda chiqdi.

— Agar siz kelmaganingizda......
Jungkook indamadi.
Negadir uning yuragi ham gʻalati bulib ketdi.

Qiz yana past ovozda dedi:
— Rahmat.
— Siz menga yordam berishingiz shart emas edi.
Jungkook unga qaradi.
— Siz ham meni davolashingiz shart emas edi.
Kayla boshini egdi.
— Lekin xafa bo‘lardim.
Bu gapni aytgach, o‘zi ham hayron qoldi. Jungkook esa bir necha soniya unga tikilib qoldi. Nega ekanini o‘zi ham tushunmasdi. Ammo hozir uning oldida o‘tirgan qiz avvalgidek begona tuyulmayotgandi.
Kayla esa jarohatini bog‘lar ekan unga qarab qoʻyardi.

Jungkook qizning charchagan yuziga qaradi. Ko‘zlari hali ham qizarib turardi. Qo‘rquv izlari esa yuzidan hali ham ketmagandi. U bir necha daqiqa oldin o‘sha tor ko‘chada qanday ahvolda qolganini esladi. Negadir yuragi g‘alati bezovta bo‘lib ketdi.
Bu qiz unga kim edi?
Nega uning qo‘rqib ketgani Jungkookning ham jahli chiqishiga sabab bo‘ldi?
Nega bir necha kun oldin umuman tanimagan insoni uchun hozir qo‘llari qon bo‘lib o‘tiribdi?
Jungkook javob topolmadi. U faqat indamay Kaylaga qarab turdi. Kayla esa uning jarohatlangan qo‘llariga dori surtayotganda nimanidir his qilardi. Lekin bu hisni nomlashga hali jur'at qilolmasdi. Axir bu odam bir necha kun oldin uning uchun shunchaki begona edi. Ammo negadir aynan u kelgan paytda yuragidagi qo‘rquv bir oz kamaygandek bo‘lgandi. Jungkook ham, Kayla ham bir-biriga hech narsa demadi. Lekin ikkisining ham xayolidan o‘xshash savollar o‘tayotgandi.
"Nega aynan u?"
Javob esa hali ikkalasiga ham noma'lum edi. Tashqarida tun tobora chuqurlashib borardi.
Ichkarida esa ikkalasi ham hali nomini bilmaydigan bir hissiyot asta-sekin uyg‘onayotganini sezmay qolishgandi.
Yoki balki sezishgandir...
Faqat buni tan olishga hali erta edi.

Shu payt eshik ochildi. Ikkalasi ham bir vaqtda boshini ko‘tardi.
Yoongi.

U eshik oldida qotib qolgandek turardi.
Ko‘zlari avval Kaylaga, keyin uning yonida o‘tirgan Jungkookka tushdi.
Stol ustidagi dorilar.
Jungkookning qon tekkan qo‘llari.
Va uning yonida o‘tirgan Kayla. Bir necha soniya hech kim gapirmadi.
Kaylaning yuragi birdan tez urib ketdi.
— Aka...
U dovdirab o‘rnidan turdi.
Yoongi esa faqat Jungkookka qarab turardi. Uning yuzi odatdagidek sovuqqon edi. Ammo ko‘zlaridagi o‘zgarishni sezmaslikning iloji yo‘q edi. Jungkook sekin o‘rnidan turdi.
— Qo‘lim sal jarohatlangandi. Kayla shuni bog‘layotgandi. Yoongi hech narsa demadi. Xona ichidagi sukunat yanada og‘irlashdi. Kayla nima deyishni bilmay qoldi.
— Haligi... bugun ko‘chada...
— Politsiya ham kelgandi, — dedi Jungkook xotirjam ohangda. — Hammasi hal bo‘ldi.
Yoongi nigohini bir lahza Kaylaga qaratdi.

Qizning ko‘zlari hali ham qizarib turardi. Lekin u hech narsa so‘ramadi. Jungkook kurtkasini qo‘liga oldi.
— Endi ketganim ma'qul.
U eshik tomon yurdi. Chiqishidan oldin bir lahza Kaylaga qaradi.

— O‘zingizni ehtiyot qiling.
Kayla sekin bosh irg‘adi. Eshik yopilgach, uy yana sukutga cho‘mdi. Yoongi hamon bir joyda turardi. U hech narsa so‘ramadi. Ammo aynan shu sukut Kaylani yanada hijolatga soldi.
— Aka... aslida unday emas...

Yoongi unga qaramadi.
Kayla esa shoshilib gapira boshladi.
— Bir odam ortimdan kelayotgandi. Janob Jungkook tasodifan ko‘rib qolibdi. Keyin...
U gapini tugata olmadi. Negadir o‘zini tushuntirishi kerakdek tuyulayotgandi.

Holbuki, Yoongi undan hali birorta ham savol so‘ramagandi. Yoongi faqat sekin ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.
— Yaxshimisan?

Kayla bir lahza qotib qoldi. Shuncha vaqtdan beri u aynan shu savolni kutmagandi.
— Ha...
Yoongi boshini qimirlatdi.
— Unda dam ol.
U shunday deb xonasiga qarab yurib ketdi.

Kayla esa o‘sha joyda qimirlamay qoldi.

The End