🕊AMOR FATI 🕊 Ep4
Mana yozning ilk kunlari ham boshlandi. Derazadan xonaga mayin quyosh nurlari tushib turardi. Burnimga esa yoqimli taom hidi urildi. Anchadan beri bunchalik to‘yib uxlamagandim! Tanamdagi charchoq ancha tarqagandi, faqat boshimda yengil og‘riq bor. Balki bu uzoq uxlaganim uchunmikin?
Kayla asta o‘rnidan turib o‘tirdi va kechagi kunni eslashga urindi. Eng oxirgi eslay olgan narsasi — arxivga kirgani va u yerda bir mijoz bilan biroz tortishib qolgani edi. Undan keyin esa xotirasi go‘yo uzilib qolgandek, hech narsani eslay olmasdi.
Eng hayratlisi esa uyga qanday kelgani haqida endi oʻylayotgani edi.?
U yuvinib chiqdi.Odatda bu paytga kelib onasining nonushtaga chaqirayotgan boʻlishi kerak edi, lekin jim-jit. Kayla ko‘pincha aynan shu ovozdan uyg‘onardi va bu soat yetti bo‘lganidan darak berardi.Lekin bugun u onasining ovozini eshitmadi. Faqat oshxonadan taralayotgan yoqimli hid kelardi.
Quymoq hidi...
Kayla xonasidan chiqib, zinadan pastga tushdi.Dasturxon atrofida hech kim yo‘q edi. Biroq oshxonada pastroq idishlar ovozi eshitilardi.U oshxonaga qarab yurdi va ko‘rgan manzarasidan hayratda qoldi.
Yoongi nonushta tayyorlayotgan edi.
Kayla hatto salom berishni ham unutib, unga tikilib qoldi.
Yoongi esa qizning kelganini sezib, boshini ko‘tardi. Hech narsa demasdan stul tomon ishora qildi.
Kayla indamay borib o‘tirdi.
Bir necha daqiqadan so‘ng Yoongi uning oldiga likopcha qo‘ydi. Unda qovurilgan tuxum, sosiska va yonida bir necha dona quymoq bor edi.
O‘zi ham qarshisiga o‘tirib, ortiqcha gapirmay ovqatlana boshladi.Kayla esa hamon hayratini yashira olmayotgandi.Bir muddat sukutda nonushta qilishdi.So‘ng Kayla xayolidagi savolni berdi.
— Oyim qayerda?
Yoongi shoshilmasdan bir luqmasini yutib oldi.
— Kecha dadam muhim konferensiyaga ketdi.Onangni ham o‘zi bilan olib ketgan.
— Hm.m...
Kayla yana jimib qoldi.Oradan biroz vaqt o‘tgach, yana so‘radi:
— Yunachi?
— Dugonasinikida qolishini aytgandi.
Kayla bosh irg‘adi.Aslida esa uning xayolida boshqa savol aylanib yurardi.
Eng muhim savol.
Ammo uni qanday berishni bilmayotgandi.Bir necha soniya ikkilanib turdi-da, nihoyat past ovozda so‘radi:
— Haligi... men kecha uyga qanday keldim?
Yoongi qo‘lidagi vilkasini bir lahza to‘xtatdi.Boshini ko‘tarib, Kaylaga qaradi.U bu savolni kutgandi.Hatto kechadan beri unga nima deb javob berishini ham o‘ylayotgandi.Ammo baribir javob topmagandi.
Bir necha soniya sukut cho‘kdi.
So‘ng u yana ovqatlanishda davom etib, beparvoroq ohangda dedi:
— Bilmayman.
Kayla uning javobiga uncha ishonmadi, lekin boshqa hech narsa demadi.Nonushtani tugatgach, sumkasini olib ishga otlandi.
Yo‘l bo‘yi esa xayolidan bir savol ketmasdi.Arxivda nima bo‘lgan edi?
Va eng muhimi...
Uni uyga kim olib keldi?
Ishxonaga kirib kelishi bilan Kayla nimadir o‘zgacha ekanini sezdi.Odatda ertalabki shovqin-suron bo‘lsa-da, bugungi muhit butunlay boshqacha edi.Xodimlar bir joyda to‘xtab turmas, kimdir hujjat ko‘tarib yugurardi, yana kimdir telefon orqali shoshilinch gaplashardi.Go‘yo butun mehmonxona bir narsaga tayyorlanar edi.
Kayla hayron bo‘lib qabulxonadagi hamkasbi yoniga bordi.
— Nimadir bo‘lyaptimi? Hamma nega bunchalik shoshilyapti? — deb so‘radi.
Hamkasbi atrofga alanglab oldi-da, hayajon bilan javob berdi:
— Eshitmadim dema. Mehmonxonaga yangi boshliq tayinlanibdi. Aytishlaricha, u Janob Jeonning o‘g‘li ekan.
— Ha-a... — dedi Kayla bosh irg‘ab.
Aslida uning xayoli butunlay boshqa yerda edi.Ertalabdan beri miyasini bir savol tinch qo‘ymayotgandi.U biroz ikkilanib turdi-da, sekin so‘radi:
— Haligi... men kecha uyga qanday ketganimni ko‘rmadingmi?
Hamkasbi birdan jim bo‘lib qoldi.
So‘ng Kaylaga xuddi g‘alati savol eshitgandek qaradi.
— Nega? Esingda yo‘qmi?
— Yo‘q...
— Seni Yoongi aka olib ketgandi.
Kayla bir zum qotib qoldi.
Yoongi?
Nahotki Yoongi uni olib ketgan bo‘lsa?
Bu fikrning o‘zi unga g‘alati tuyuldi. Hatto kecha tushida ham bunday narsani tasavvur qilolmagan bo‘lardi.Hamkasbi esa shu payt kimdir chaqirganini eshitib, shoshilib ketib qoldi.
Kayla esa o‘sha joyda bir necha soniya qimirlamay turdi.Xayolida esa faqat bitta gap aylanardi.
"Yoongi meni olib ketgan..."
Bu qanchalik g‘alati bo‘lmasin, yuragining bir chekkasida tushunarsiz iliqlik uyg‘onganini ham inkor qila olmadi.Ammo u bu haqda ortiq o‘ylamaslikka harakat qildi.Indamay kiyim almashtirish xonasiga kirib, ish formasini kiydi va yana ishiga qaytdi.
Bugun mehmonxonada ish odatdagidan ham ko‘p edi.Yangi direktorning kelishi munosabati bilan hamma joy tartibga keltirilayotgan, xodimlar esa tinimsiz tayyorgarlik ko‘rayotgandi.
Kayla ham bir ishni tugatmasidan boshqasi boshlanardi.Ammo ishlar orasida yana bir narsani payqadi.Hamkasblari unga deyarli gapirmay qo‘yishgandi.Aslida ular avval ham Kayla bilan yaqin bo‘lishmagan. Lekin o‘z ishlari qolib ketsa yoki biror yumushni unga topshirish kerak bo‘lsa, birdaniga mehribon bo‘lib qolishardi.
Bugun esa buning aksi edi.Hech kim undan yordam so‘ramas, hech kim unga ortiqcha gap qotmasdi.Go‘yo u o‘sha yerda yo‘qdek edi.
Kayla bunga e'tibor bermayotgandek ko‘rinsa ham, bu sovuq munosabatni sezmay qolmadi.
Ba'zan insonni haqorat qiladigan gaplar emas, balki butunlay yo‘qdek muomala qilishlari ko‘proq og‘ritardi.
Shunday bo‘lsa ham, u indamadi.Odatdagidek boshini egib, ishiga sho‘ng‘idi.Chunki bu hayotda u o‘rganib qolgan eng og‘ir narsa yolg‘izlik va hammasini ichiga yutish edi.
Kayla xayolga cho‘mgancha ishlarini bajarishda davom etardi.Shu payt yoniga hamkasblaridan biri kelib qoldi.
— Kayla, boshliq hammani yuqoriga chaqiryapti.
— Hozir chiqaman, — dedi u boshini qimirlatib.
Kayla hujjatlarni stol ustiga qo‘yib, lift tomon yurdi.Aynan shu paytda lift eshiklari yopilayotganini ko‘rib qoldi.
— To‘xtating! Iltimos, to‘xtatib turing! — deb baqirdi u.
Lift eshiklari deyarli yopilib bo‘lgandi. Ammo ichkaridan kimdir qo‘lini chiqarib, eshikni to‘xtatib qoldi.
Kayla yengil nafas olib, yugurgancha ichkariga kirib oldi.
— Rahmat - dedi qisqagina egilib quydi.
U shoshganidan atrofga ham qaramadi.Lift ichida bir nechta odam bor edi. Kayla esa odatdagidek e'tiborni o‘ziga qaratmaslik uchun burchakroqqa o‘tib turdi.Lift yuqoriga ko‘tarila boshladi.Bir necha soniyadan keyin esa u nimanidir sezdi.Kimdir unga qarab turardi.Bu oddiy qarash emasdi.Nigoh go‘yo undan uzilmayotgandek edi.Ichini tushunarsiz noqulaylik qopladi.
U boshini ko‘tarib qarashga jur'at qilolmadi.Yuragi negadir boshqacha ura boshlagandi.
"Qaramayotgandir...?
Balki menga shunday tuyulayotgandir..."
Lift qavatlarni birma-bir ortda qoldirardi.Kayla esa faqat 20-qavatga tezroq yetishni istardi.
Shu payt yonidan ovoz eshitildi.
— Yaxshi bo‘lib qoldingizmi?
Kayla seskanib tushdi.U asta boshini burdi.Va ko‘zlari katta ochilib ketdi.
Qarshisida kecha arxivda uchratgan o‘sha yigit turardi.O‘sha sirli mijoz.Kayla beixtiyor bir qadam ortga chekindi.
— Siz?..
Jungkookning lablarida yengil tabassum paydo bo‘ldi.
— Demak, bu safar hech bo‘lmasa meni eslayapsiz.
Kayla nima deyishni bilmay qoldi.Negadir uning qarshisida turgan bu yigitni ko‘rishi bilan kechagi voqealar xiralashgan xotirasi ravonlasha boshlagandi.
Eng g‘alatisi esa...
Bu safar Jungkookning nigohi undan umuman uzilmayotgandi.
Jungkook biroz qarab turib:
— Yaxshi bo‘lib qoldingizmi? — yana so‘radi u.
Kayla asta unga qarab:
— Hmm. - Deb quydi.
— Shifokor boshqa fikrda edi.
Kayla oxiri unga qarab qoshlarini chimirdi.
— Menimcha, bu sizni qiziqtirmaydi.
Jungkook kulimsiradi.
— Siz har doim shunday gapirasizmi?
— Siz esa har doim begona odamlarning ishiga aralashasizmi?
Lift ichidagi bir necha odam ularning suhbatiga qiziqib qarab qo‘ydi.Jungkook esa xotirjam turardi.
— Kecha sizni kim uyga olib ketganini bilasizmi?
Bu savolni Kayla kutmagandi. Lekin qisqa qilib.
Kayla endi bu savoldan hayratda edi.Chunki o‘zi ham buni bilmasdi.
— Siz arxivda hushdan ketganizda, — dedi Jungkook.
— Keyingi safar kasal bo‘lsangiz, hushdan ketguningizcha ishlamang.
Uning xiralashgan xotiralari ancha aniq boʻla boshlagandi.
— Men...
Ammo shu payt lift eshiklari ochildi.
20-qavat.
Jungkook unga bir qarab qo‘ydi-da, indamay tashqariga chiqib ketdi.Kayla esa ortidan qarab qoldi.Negadir yuragi odatdagidan gʻalatiroq ura boshlagandi.
Katta majlislar zalida deyarli barcha xodimlar yig‘ilgan edi.Hamma hayajonda yangi direktor haqida gapirardi.Kimdir uni qattiqqo‘l deyardi.Kimdir yosh ekanini aytardi.Kimdir esa Janob Jeonning yagona vorisi deb pichirlardi.
Kayla esa oxirgi qatordagi o‘rindiqlardan biriga o‘tirib oldi.Oradan bir necha daqiqa o‘tdi.So‘ng zal eshiklari ochildi.Bir zumda hamma jim bo‘lib qoldi.Barcha o‘rinlaridan turdi.Kayla ham ularga ergashib o‘rnidan turdi.Eshikdan bir nechta boshqaruv xodimlari kirib keldi.
Ularning ortidan esa...
Kaylaning nafasi ichiga tushib ketdi.Ko‘zlari katta ochildi.Yuragi go‘yo urishni unutgandek bo‘ldi.
Ahir....
Bu...
Arxivdagi yigit.
Liftdagi yigit.
U esa xuddi hech narsa bo‘lmagandek zalning old tomoniga yurib bordi.Bir necha soniya ichida butun zal qarsaklarga to‘ldi.
— Sizlarga yangi direktorimizni tanishtiraman. Janob Jeon Jungkook.
Kayla eshitgan gapiga ishonolmadi.Direktor?
Nahotki u direktor bo‘lsa?
Nahotki u kechadan beri oddiy mijoz deb yurgan odam shu mehmonxonaning yangi rahbari bo‘lsa?Jungkook minbarga chiqdi.So‘ng minglab odamlar orasidan aynan uni topgandek nigohini Kaylaga qaratdi. Bir soniya..
Ularning ko‘zlari to‘qnashdi.Kayla darhol nigohini olib qochdi.
Jungkook esa labining bir chetida sezilar-sezilmas tabassum bilan nutqini boshladi.
— Bugundan boshlab bu mehmonxonada ko‘p narsalar o‘zgaradi.
Kayla yuragidagi g‘alati bezovtalikni bosolmay qoldi.Negadir u bu gapni faqat mehmonxona haqida aytmayotgandek tuyuldi.
Tadbir davom etayotgan bo‘lsa-da, Jungkookning aytayotgan gaplaridan birortasi qulog‘iga kirmayotgandi. Xayolida faqat bitta savol aylanardi.
Nega u o‘zini oddiy mijoz qilib ko‘rsatgan?
Tadbir tugashini u bazo‘r kutdi.Nihoyat yig‘ilish yakunlangach, xodimlar birin-ketin zalni tark eta boshlashdi. Ammo bu safar odatdagi suhbatlar emas, pichirlashlar ko‘proq edi.
— Nahotki yangi direktor o‘sha yigit bo‘lsa?
— Men uni bir necha kundan beri mehmon deb yuribman.
— Demak, hammasini yashirin kuzatgan ekan-da...
— Kecha arxivdagi voqeani eshitdingmi?
Turli gaplar koridor bo‘ylab tarqalib ketayotgandi.Ayniqsa, Jungkookning Kayla bilan birga ko‘rilganini bilgan xodimlar yanada hayratda edi.Ba'zilari qizga qiziqib qarashar, ba'zilari esa allaqachon o‘zlaricha xulosa chiqarib bo‘lishgandi.Kayla esa ularning qarashlaridan qochishga urinardi.
Go‘yo butun mehmonxona birdan unga tikilib qolgandek edi.U tezroq ish joyiga qaytishni istadi.Lekin koridorga chiqqan zahoti qadamlari sekinlashdi.
Uzoqroqdagi oynalar yonida Jungkook bir nechta rahbarlar bilan gaplashib turardi.
Endi u kechagi oddiy mijozga umuman o‘xshamasdi.
Qimmatbaho kostyum, qat'iy nigoh va atrofidagilar unga ko‘rsatayotgan hurmat uning kimligini yaqqol ko‘rsatib turardi.
Kayla beixtiyor liftdagi gaplarini esladi.
"Siz mehmonsiz. Menimcha, sog‘lig‘im sizni qiziqtirmasa kerak."
Agar yer yorilib ketsa, ichiga kirib ketishga ham rozi bo‘lardi.Xuddi shu payt Jungkook boshini burdi.
Ularning ko‘zlari yana to‘qnashdi.
Bu safar Kayla birinchi bo‘lib nigohini olib qochdi.Yuragi esa yana tushunarsiz ravishda gʻalati urishni boshladi.U o‘ziga-o‘zi tanbeh berdi.Axir bu shunchaki yangi direktor edi.
Lekin negadir Jungkook unga qaragan har safar, yuragidagi osoyishtalik biroz buzilib ketayotgandek tuyulardi.Kayla bundan qanchalik qochishga urinsa ham, taqdir uni yana va yana o‘sha yigitning yo‘liga chiqarayotgandek edi.
Kayla pastki qavatga tusharkan, xayollari butunlay parishon edi.
Atrofidagi shovqinlar, odamlarning gap-so‘zlari unga uzoqdan eshitilayotgandek tuyulardi.Uning fikri faqat kechagi voqealarda edi.
Arxiv...
Jungkook...
Hushidan ketishi...
Va shifokor.Jungkookning "Shifokor boshqa fikrda edi" degan gapi xayolidan ketmayotgandi.
Asta-sekin kechagi parchalar yodiga tusha boshlagandi uzi. O‘sha payt yiqilayotganida kimdir uni ushlab qolgani...
Bu Jungkook edi.Demak, u hushidan ketganidan keyin ham yonida bo‘lganmi?Unda shifokorni ham u chaqirganmi?Unda Yoongi qayerdan paydo bo‘lgan?
Kayla yurishini ham unutdi goʻyo."Nahotki..."
Xayoliga kelgan fikrdan o‘zi cho‘chib ketdi."Nahotki meni xonasiga olib chiqqan bo‘lsa?"Darhol boshini qimirlatdi.
— Yo‘q... bo‘lishi mumkin emas...
Ammo yuragi negadir buning aksini aytayotgandek edi.
Shu payt xodimlar orasida shovqin ko‘tarildi.
— Yangi direktor kelyapti!
— Hamma joyiga tursin!
— Ishlarni tekshirarkan!
Bir zumda hamma tartibga tushib qoldi.
Oradan ko‘p o‘tmay Janob Jeon Jungkook qabulxona tomon kirib keldi.
Yonida bir necha rahbarlar ham bor edi.U har bir xodim bilan alohida tanishar, qilayotgan ishlarini so‘rar va diqqat bilan kuzatardi.Suzy esa imkoniyatni qo‘ldan chiqarmadi.
U bir necha marta Jungkook yoniga borib, ortiqcha muloyimlik bilan gaplashdi. Hatto kerak bo‘lmagan joyda ham kulib, e'tiborini tortishga urinardi.
Atrofdagi xodimlar esa pichirlashardi.
— Voy, juda kelishgan ekan...
— Televizordagi aktyorlarga o‘xshaydi.
— Shunaqa yosh direktor bo‘ladimi?
Kayla esa boshini ko‘tarmadi.
Navbat unga kelganda ham nigohini yerdan uzmagan holda o‘zini tanishtirdi va vazifalarini qisqacha aytib o‘tdi.Lekin u Jungkookning nigohi o‘zida ekanini his qilib turardi.Jungkook barcha bilan tanishib bo‘lgach, bosh irg‘adi.
— Tanishganimdan xursandman.
So‘ng ortiga burildi.Bir necha qadam yurgach esa to‘xtadi.Atrofdagilar ham beixtiyor unga qarashdi.Jungkook boshini burib, to‘g‘ri Kaylaga qaradi.
— Kayla xonim.
Qiz beixtiyor boshini ko‘tardi.
— Ishingizni tugatgach, xonamga kiring.
Bir lahza butun qabulxona jimib qolgandek bo‘ldi.Kayla qotib qoldi.Jungkook esa uning javobini ham kutmadi.Orqasiga o‘girilib, xotirjam qadamlar bilan uzoqlashib ketdi.
Ketishidan oldin esa ularning nigohlari yana bir bor to‘qnashdi.
Bu safar birinchi bo‘lib Jungkook nigohini uzdi.
Ortidan esa pichirlashlar boshlanib ketdi.
— Nega aynan Kayla?
— Nima gap ekan?
— Kecha ham nimadir bo‘lganga o‘xshaydi...
Kayla esa o‘zini eshitmagandek ko‘rsatib, ishiga qaytdi.
Ammo yuragi allaqachon bezovta bo‘lib ulgurgandi.
Bir necha daqiqadan keyin u direktor xonasi oldida turardi.
Qo‘li eshik tutqichiga borib yana qaytar, kirish yoki kirmaslik haqida o‘ylardi.
Jungkook uni nima uchun chaqirgan?
Kechagi voqeani aytmoqchimi?
Yoki...
Yana nimadir bormi?
Shu payt ortidan bir qo‘l uzalib, eshikni yengil taqillatdi.
Kayla cho‘chib ortiga o‘girildi. Ortida.....