🕊AMOR FATI🕊 Ep3
Jungkook divan yonida o‘tirib, uxlab yotgan qizga bir muddat termulib qoldi.Nega bu qiz haqida bunchalik o‘ylayotganini o‘zi ham tushunmasdi.Shu payt shifokor qoldirib ketgan qog‘ozlar ko‘ziga tashlandi.Unda olib kelinishi kerak bo‘lgan dori-darmonlar yozilgan edi.Kayla hali uzoq vaqt uyg‘onmasligini o‘ylab, Jungkook dorilarni o‘zi olib kelishga qaror qildi.Tashqarida yomg‘ir yana kuchaygan edi.Yo‘ldagi tirbandliklar va dorixonadagi navbat sabab u o‘ylaganidan ancha kech qaytdi. Mashinada kelgan bo‘lsa ham, dorixonaga kirib chiqishi va mehmonxonaga qaytguncha kiyimlari nam tortib ulgurgandi.Qabulxonadan o‘tayotganda ayrim xodimlar yana pichirlashayotganini sezdi.Ammo bunga e'tibor bermadi.Xonaga qaytganida Kayla hali ham uxlayotgan edi.Isitmasi tushgandek, yuzi ham avvalgidan ancha yaxshi ko‘rinardi. Faqat yuzidagi charchoq izlari hali ham yo‘qolmagan edi.Jungkook telefoni va dorilarni stol ustiga qo‘ydi-da, nam kiyimlarini almashtirish uchun yuvinish xonasiga kirdi.Oradan ko‘p o‘tmay dushdan chiqdi.
Aynan shu paytda stol ustida qolgan telefoni jiringlab qoldi.
— Ota? — dedi u qo‘ng‘iroqqa javob berib.
— Sheriklarimizdan biri bugun hujjatlarni olib keladi. Men yuborgan shartnomalarni ko‘rib chiq. Imzolashdan oldin hammasini tekshir, — dedi Jeon Hyunseok.
— Tushundim.
Jungkook suhbatni tugatib, hujjatlarni ko‘zdan kechira boshladi.U hali sochlari nam, egniga kiyim kiyishga hali ulgurmagan edi.Shu payt xonaning eshigi kutilmaganda ochildi.Jungkook boshini ko‘tardi.Eshik oldida Min Yoongi turardi.
Yoongining nigohi avval Jungkookka, keyin divanda uxlab yotgan Kaylaga tushdi.Bir lahzada uning yuzi o‘zgarib ketdi.
Xona ichidagi manzara tashqaridan qaraganda mutlaqo boshqacha ko‘rinardi.
Begona yigit.
Kun bo‘yi xavotir bilan oʻylab yurgan qizi shu yerda edi. Begona yigitning xonasida.Ustiga ustak, yigitning kiyimlari ham yuq edi.Yoongining tomirlarida qon qaynab ketdi.
Va hech narsa demasdan borib unga bir musht 👊🏻 tushurdi
— Men tushuntirib bera olaman. - Dedi Jungkook vazmin holatda.
— Tushuntirasanmi?
Yoongi divanda yotgan Kaylaga qaradi va Jungkookni kiyimsiz holatiga ishora qilib.Qiz hushsiz uxlab yotardi.Bu manzara uning g‘azabini yanada kuchaytirdi.
— Kayla bu yerda nima qilyapti?!
— Avval tinchlaning. Siz o‘ylayotgan narsa emas.
Jungkook gapini tugatishga ham ulgurmay qoldi.
Yoongi bir necha qadam tashlab uning oldiga kelib, yana musht tushirdi.
Zarbadan Jungkook yon tomonga tisarilib ketdi.
Xona ichida og‘ir sukunat cho‘kdi.
Yoongining ko‘kragi tez-tez ko‘tarilib tushardi.
— Bir qizni shu ahvolda xonangga olib chiqishga qanday jur'at topding?! — dedi u g‘azab bilan.
Jungkook esa labining chetiga tekkan qonni qo‘li bilan artdi.
Har qanday odam bo‘lsa ham, bunga shunday javob qaytarishiga aniq edi. Shunga Jungkook bunga javob qaytarmadi, oʻzini bosib turishga harakat qildi.
Lekin u Yoongining ko‘zlaridagi xavotirni ko‘rdi.Bu shunchaki g‘azab emas edi.U qiz uchun xavotir olayotgan edi.
— Mushtingiz tugagan bo‘lsa, endi meni eshiting, — dedi Jungkook sovuqqonlik bilan.
— Menga yolg‘on gapirmaman deb oʻylama ham!
— Men gapirmay turib, yolg‘onligini qayerdan bildingiz?
Yoongi yana oldinga qadam tashladi.Jungkook esa divanda yotgan qizga bir qarab qo‘ydi.
— Agar baqirishni davom ettirsangiz, uni uyg‘otib yuborasiz.Bu gap Yoongini biroz jim qildi.
Jungkook sekin tushuntira boshladi.
— U arxivda hushidan ketdi. Isitmasi baland edi.Tez yordam chaqirdim. Dorilarni ham olib keldim.
Jungkook stol ustidagi dorilar tomon ishora qildi.
— Agar ishonmasangiz, shifokorga qo‘ng‘iroq qilib berishim mumkin? Savol tariqasida Yoongiga qaradi.
Yoongini so‘ng nigohi stol ustidagi dorilarga, ukol qadoqlariga va shifokor qoldirib ketgan qog‘ozlarga tushdi.Xonadagi manzara biroz yengillashganday koʻrina boshladi.Ammo u hali ham Jungkookka toʻliq ishonaa olmas edi.
U divanda yotgan Kaylaning yoniga keldi va bir muddat jim turib qoldi. Qizning yuzi odatdagidan ham oqarib ketgan, uyquda bo‘lsa ham juda holdan toygan ko‘rinardi.Yoongi undan bir muddat ko‘z uzolmay qoldi.Odatda u Kaylaga uncha e'tibor bermasdi.Uyda ham ular kam gaplashardi. Hatto Yoongi o‘zini Kaylaning hayoti bilan qiziqmayman deb o‘ylardi.Lekin hozir negadir yuragi bezovta edi.Bu kun bo‘yi uni qidirib yurganidanmi, ertalabki ahvolini ko‘rganidanmi yoki qizni begona erkakning xonasida topganidanmi, o‘zi ham tushunmasdi.Qizga biroz tikilib turgach, uni ehtiyotkorlik bilan qo‘liga oldi.Kayla ukollar ta'sirida chuqur uxlayotgan edi.Yoongi hech narsa demay, qizni ko‘tarib xonadan chiqib ketdi.
Pastga tushayotganida qabulxona yonida Suzy u yoqdan bu yoqqa borib keladiganini ko‘rdi. Go‘yo nimanidir kutayotgandek edi.Suzyning ko‘zlari darhol Yoongiga tushdi.Ammo uning qo‘lida hushsiz yotgan Kaylani ko‘rishi bilan yuzidagi tabassum so‘ndi.
U butunlay boshqa natija kutgandi.
Yoongi unga etibor bermasdan, mehmonxona eshiklaridan chiqib ketdi. Kaylani mashinasining orqa o‘rindig‘iga ehtiyotkorlik bilan joylashtirdi va mashinani yurgizdi.
Ko‘p o‘tmay mashina yomg‘irli ko‘chalar bo‘ylab ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Jungkook esa xonada yolg‘iz qolgandi.Bir necha daqiqa oldin Kayla yotgan divanga qarab uzoq vaqt jim qoldi.Xonadagi sukunat birdan juda g‘alati tuyuldi. Labining chetidagi og‘riq endi sezila boshlagandi.Jungkook chuqur xo‘rsindi.
Nega o‘zi?
Nega umuman tanimaydigan bir qiz uchun bunday ahvolga tushib qoldi?
Nega uni kasal holda tashlab ketolmadi?
Nega bir necha kundan beri xayolidan chiqmayapti?
Bu savollarning birortasiga javob topa olmadi.Faqat bir narsa aniq edi. Bugun sababini ham bilmay, begona qiz tufayli musht yedi. Shu fikr xayolidan o‘tishi bilan labida istehzoli kulgi paydo bo‘ldi.
— Yaxshi... endi Kaylaning ishga qaytishini kutamiz.
Va bu voqeaning hisobini bir kun albatta so‘raymiz.. — dedi u past ovozda.
Yoongi uyga yetib kelganida uy bo‘m-bo‘sh edi.
Ertalab nonushta paytida Min Taesung muhim yig‘ilish sabab xizmat safariga ketishini aytgan, Min Yejinni ham o‘zi bilan olib ketgandi. Yuna esa Yoongiga xabar yozib qoldirgan edi: "Darsdan keyin dugonamnikida qolaman." Aslida Yuna dadasi yo‘qligida uyda qolishni istamagan edi. Ayniqsa Kayla bilan bir uyda yolg‘iz qolishni.
Yoongi esa bunga e'tibor bermasligini bilardi, shunga Yuna uyda qolishni hohlamadi. Kaylani ehtiyotkorlik bilan qo‘liga oldi va uyga olib kirdi.Qiz hali ham uxlayotgan edi.Yotoqxonasiga kirib, uni sekin karavotga yotqizdi.Yoongi bir muddat uning yonida yana qarab turib qoldi.Qizning yuzi avvalgidan ancha yaxshi ko‘rinsa-da, undagi charchoq izlari hali ham sezilib turardi.
Yoongi asta ko‘rpani olib, uning ustini yopdi.
— O‘zingni bunchalik qiynashing shart emas edi... — dedi juda past ovozda.
Albatta, Kayla bu gapni eshitmadi. Yoongi keyin chiroqni pasaytirib, xonadan sekingina chiqib ketdi.