Xamsa-o'zbek badiy taffakurining cho'qqisi
MUNDARIJA
* Alisher Navoiy-so'z mulking sultoni
* Xamsa-millatimiz xazinasi
* Topshiriqlar
* Yakuniy xulosa
Alisher Navoi- so'z mulking sultoni
Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yildan 3-yanvar 1501-yilgacha umr koʻrgan) — oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Gʻarbda Chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi.
Tarixchi Ali Yazdiy nazariga tushgan, shoir Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.
Xamsa-millatimiz xazinasi
“Xamsa” – beshlik- 5 ta mustaqil dostondan iborat bo`lgan yaxlit asar sanalib, har bir doston ma`lum bir mavzu voqealarni atroflicha va keng usulda masnaviy yo`lida yoritib beradi. Sharq adabiyotida bu an`anani buyuk Ozarbayjonlik shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. Uning “Xamsa” si quyidagi dostonlardan iborat edi:
Maxzan ul-asror (1173-1179).
Xusrav va Shirin (1180-1181).
Layli va Majnun (1188).
Haft paykar (1196).
Iskandarnoma (1196-1201).
28 yil davomida yozilgan bu 5 doston “Panj ganj” nomi bilan shuhrat topadi.
Oradan 100 yil o`tgach, asli Shahrizabzlik bo`lgan, mug’ul yag’mosi davrida Hindistonga borib qolgan Xusrav Dehlaviy Nizomiy ishini davom ettirdi. U 1299-1301-yillarda “Matla` ul-anvor”, “Shirin va Xusrav”, “Layli va Majnun”, “Hasht behisht”, “Oyinai Iskandariy” dostonlarini yaratdi va Sharq adabiyotida xamsachilik an`anasining paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. An`anaga ko`ra, har bir asar “Xamsa” deb atalmog’i uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo`lishi kerak:
Beshta dostondan tashkil topishi;
1- doston pand-nasihat ruhidagi ta`limiy-axloqiy, falsafiy bo`lishi;
3-doston Xusrav va Shirin mojorolariga bag’ishlanishi;
3- doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olishi;
4- doston Bahrom, 5 doston Iskandar haqida bo`lishi shart edi.
Xusrav Dehlaviydan keyin xamsachilik an`anasini ishqiy-axloqiy, tasavvufiy mavzularda dostonlar yaratgan Eron shoiri Xoju Kirmoniy davom ettirdi. Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida aytilishicha, uning asari “Xamsai Xoju” deb nomlangan
Keyinchalik esa Alisher Navoiy o'z Xamsasini yaratdi. Shu tariqa Xamsachilik an'anasi vujudga keldi. Alisher Navoiyning "Xamsa" asari quyidagilardan iborat:
Hayrat ul-abror
Farhod va Shirin
Layli va Majnun
Sabʼai sayyor
Saddi Iskandariy
Topshiriqlar
Sharti: berilgan krossvorddagi so'zlarni topib joy-joyiga qo'ying
Eniga: 1. Alisher Navoiy tavallud topgan shahar. 2. Hirot hukmdori, Abulqosim... 4. Shox va shoir. 8. “Bade’ul-vasat” devoniga kiritilgan chistondan biri. 9. “Shashmaqom” tarkibidagi uchinchi maqom. 13. XVI asr xattotlik maktabi mavjud bo‘lgan shaharlardan biri. 14. Navoiyga zamondosh shoir. 15. “Navoiy” romani muallifi Oybek o‘qigan maktab. 17. “Alisher va talaba” she’ri muallifi. 20. Besh dostondan iborat asar. 22. Navoiyga ergashib, “Xamsa” yozganlardan biri – Hoji... 23. Navoiy zamondoshi, xurosonlik bastakor, ustod. 24. “Sab’ayi Sayyor” dostonida johil hokim Jaypurning vaziri. 25. Qadimiy sport turi.
Bo‘yiga: 2. Navoiy bolalik chog‘ida tarixchi, “Zafarnoma” asari muallifi Ali Yazdiy bilan uchrashgan hudud. 3. Buyuk bobomiz Navoiy qadami yetgan yurtimizdagi tabarruk shahar. 4. Ikki puddan o‘n bir pudgacha og‘irlik o‘lchovi. 5. (XIX asr) yozuvchi, “Farhod va Shirin” dostonining nasriy bayonini yaratgan... Boqiyning ismi. 6. “Navoiynoma” asari muallifi...(?) Boyqobilov. 7. Navoiyning forscha devonidagi taxallusi. 11. “Majolis un-nafois” asarida tilga olingan mavlono, faqat muammo yozish bilan shug‘ullangan shoir. 12. “Navoiy” dostonidagi mukammal ayol obrazi. 15. Tarixchi Xondamirning nazmdagi taxallusi. 16. Aristotelning Sharqdagi nomi. 17. Alisher bolaligidagi xalq saylida o‘ynalgan bolalar o‘yini. 18. Navoiy egallagan lavozimlardan biri. 19. Yozuv quroli, qalamning sinonimi. 21. Maktub tarzida yozilgan badiiy asar, adabiy janr.