October 9, 2023

ZARMED Universitetda ta'sischi grantiga tanlov boshlandi.

ZARMED Universitetda ta'sischi granti uchun tanlov boshlandi.

Tanlov ishtirokchilari quyidagi talablar asosida baholanadi:

- IELTS yoki TOEFL sertifikatiga ega bo’lish – maksimal 15 ball:

5,5-6,5 ball (ekvivalent TOEFL ballari) - 10 ball
6,5 dan yuqori - 15 ball

- Talabalar o'rtasida mutaxassislik fanlaridan biri bo'yicha to'garakka faol qatnashish (ilmiy ishlar bo'limidan tavsiyanoma) – maksimal 10 ball (to’garakda faollik darajasiga qarab 5-10 ball)

- Semestrini a'lo bahoga yopish – maksimal 20 ball

91-100 - 20 ball
86-90 - 15 ball
81-85 - 10 ball

- Talabalar o'rtasida bir o'quv yili davomida bitta yoki undan ko'p ma'naviy, ma'rifiy tadbir o'tkazish va tadbirda faol ishtirok etish (foto-videohisobot, tadbir bayonnomasi nusxasi) – maksimal 15 ball:

3 ta tadbirda faol ishtirok etish va kamida 1 ta tadbir o’z tashabbusi bilan tashkillashtirish-15 ball,
3 ta tadbirda faol ishtirok etish va o’z tashabbusi bilan tadbir tashkil qilmaganligi – 7.5 ball

- OAK tasarrufidagi jurnalda Zarmed Universiteti nomidan bitta yoki undan ko'p maqola chop etish – maksimal 20 ball

4 ta va undan ortiq OAK jurnallarida maqola – 20 ball
3 tagacha – 15 ball
1 ta maqola-7,5 ball

- Respublika fan olimpiadalarida yoki sport musobaqalarda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritish – maksimal 20 ball

Respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiada va musobaqalarda 1-o’rinni egallagani uchun – 20 ball
2 va 3 o’rin uchun - 15 ball,
sertifikat va nomnatsiyalar uchun - 10 ball