November 29, 2023

TALABALARGA ESLATMA!

- Universitetda tasdiqlangan “Odob-axloq qoidalari” ga rioya eting;

- Baland ovozda so‘zlashmang va atrofdagilarga xalaqit bermang;

- Bir-biringizga nisbatan hurmatda bo‘ling;

- Kiyinish madaniyatiga e’tibor qiling;

- Jamoa a’zosining sha’ni va qadr qimmati hurmat qiling;

- Binoga kirish joylarida professor-o‘qituvchilar va xodimlarni oldin o‘tkazib yuboring;

- Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki Universitetning ichki muammolariga taaluqli masalalarni Internet tarmog‘iga joylashtirmang;

- Universitetda har qanday huquqbuzarlik sodir etish ta’qiqlanadi;

- Dars mashg‘ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish taqiqlanadi;

- Hududni ifloslantirmang va chiqindilarni faqat joylardagi urnalarga tashlang;

- Ustozlar bilan duch kelganda salom bering;

- O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmang;

- Universitet mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘ling;

- Auditoriyada ovqatlanmang, saqich chaynamang;

- Yolg‘on gapirmang, g‘irromlik yoki professor-o‘qituvchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarni amalga oshirmang;

- Mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormang yoki kechikib kelmang;

- Mashg‘ulotlar vaqtida professor-o‘qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketmang;

- Universitet xizmatchisi va farroshi mehnatini hurmat qiling;

- Yuqoridagi talablarni buzganlar Univeristetda tasdiqlangan “Odob-axloq qoidalari” ni buzgan hisoblanadi hamda u talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin.