May 1, 2023

Ta’sischi nutqi

Shukurlayev Dilshod Dalerovich 1968-yil 5-sentabrda Samarqand viloyati, Samarqand tumani Chordara qishlog‘ida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy, Samarqand Davlat arxitektura-qurilish institutining “Fuqarolik sanoati qurilishi” fakultetida “Qurilish” yo‘nalishida 1985-1992 yillarda tahsil olgan. 1998-2001-yy. – Samarqand iqtisodiyot va servis institutida moliyachi-hisobchi ixtisoslik bo‘yicha ikkinchi mutaxassislikka ega. 1997-yildan buyon tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkor. Faoliyati davomida: Samarqandda “Xursheda Nasimova” diagnostika davolash markazi (1997), “ZARMED” (2010, 2021-yilda Ozbek-Hind “ZARMED-PRATIKSHA BOG‘ISHAMOL” qo‘shma loyihaga aylangan), Buxoroda – “SOFMED” (2010), Qarshida – “NURMED” (2015) va Shahrisabzda - “ZARMED” (2021) kabi zamonaviy diagnostik markazlarni ochib, hozirgi kunda umumiy “ZARMED” tarmog‘i sifatida xalqga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
2022-yil avgust oyidan boshlab, ta’sischi sifatida D.D. Shukurlayev Buxoro shahrida ZARMED Universitetining ilk kampusini ishga tushurgan, va hozirgi kunda ushbu muassasada 5400 dan ziyod talaba tahsil olmoqdalar. 2023-yil sentabr oyidan universitetning Samarqand shahridagi kampusi ishga tushurilishi rejalashtirilgan.

Zamonaviy sivilizatsiyaga tammadum toshini qo‘yib ko‘plab aniq va gumanitar fanlarga asos solgan buyuk ajdodlarimizning davomchisi sifatida, zamonning barcha chaqiriq va imkoniyatlariga tayyor turish hamda oliy ta’lim sohasini tinmay rivojlantirishga intilish bizning oliy burchimizdir.

ZARMED Universiteti ta’lim tizimini mamlakat rahbariyatining so‘nggi innovatsion g‘oya va islohotlari ruhida rivojlantirishga astoyidil harakat qiladi. Universitet ochilishidan bosh maqsad, O‘zbekistonning ilmiy salohiyatini oshirish, tibbiyot, iqtisod, qurilish va boshqa dolzarb sohalarda malakali kadrlar yetkazib berish hamda eng asosiysi, Yangi O‘zbekiston asoslarini amalda tatbiq etishga o‘z hissasini qo‘shish sanaladi.

Bizning vazifamiz orzularini ro‘yobga chiqarish va o‘z kelajagini qurishiga astoyidil harakat qilayotgan yosh avlod uchun ZARMED universitetida barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdir.

Jamoamiz bilan birgalikda, o‘zimning bor kuch-quvvat va salohiyatimni yuqoridagi maqsad vazifalarni amalga oshirishni o‘zimning Vatan oldidagi muqaddas burchim deb bilaman.

ZARMED Universiteti asoschisi sifatida, bor e’tiborimni birinchi galda ta’lim tizimini “aniq faoliyat turlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash” tamoyili asosida rivojlantirishga qarataman. Universitet muvaffaqiyati, barchamiz jamiyat ravnaqi yo‘lida intilishimiz zarur bo‘lgan, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning ramzi bo‘lib xizmat qiladi.

ZARMED Universiteti ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalar va ta’lim dasturlarini qo‘llash orqali yondashadi. Boshqaruv tizimidagi islohotlar, qulay infratuzilma va universitetning sadoqatli siyosati ZARMED universitetida o‘quv jarayonida innovatsion ko‘nikma va texnologiyalar qo‘llanilishining kichik bir misoli xolos.