Buzilishlar ⏳
Hozirgi dunyo. Birinchi hafta.
Sohwe qalamni tutgan qo‘lini qisdi. Bugun darsda birinchi marta vaqtdan ilgarilab, javob aytgan edi. Ammo bu odatiy hol emasdi. U qalbida allaqanday titroq sezgan, yuragi tez urgan. Har safar vaqtga bo‘lgan sezuvchanligi kuchayib borayotganini his qilardi.
Areum esa dars oxirida o‘tirib, derazadan tashqariga tikildi. Kimdir yig‘layotgandek, lekin tashqarida hech kim yo‘q edi. Suv shishasiga qaradi — ichidagi suv tebranayotgan edi. Qiziq...
Minji esa yana energiyaga to‘lib toshardi. Har doim bo‘lgani kabi, lekin bu safar hatto lyustra tebranib ketganini ko‘rdi. Uni boshqalar sezmagan bo‘lsa-da, u bir soniya ichida nimanidir buzib yuborgandek tuyuldi.
Ular endi "Ardor Akademiyasi" deb ataluvchi maxsus o‘quv markaziga qatnashardi — go‘yoki iqtidorli yoshlar uchun sirli, ammo nufuzli dars markazi. U yerda faqat tanlab olinganlar o‘qir, darslar esa noodatiy metodlarda o‘tardi.
O‘sha yerda ular bir-birini yaqindan tanib borishdi.
Haejin tushlarida ko‘rgan joylarning ayrimlarini bu akademiyada yana ko‘rishni boshladi.
Sena — sinfdoshlarning fikrlarini eshitayotgandek tuyuldi. Fikrlar xira, ammo real edi.
Daun esa qo‘liga teggan har bir sovuq narsadan vaqt “sekinlashayotganini” his qilayotgandi.
Kechqurun ular markaz hovlisida uchrashishdi. Har birining yuzida tushunmovchilik. Suhbatlar, taxminlar, hayrat.
– Sizlardayam g‘alati narsa bo‘layaptimi? – dedi Sohwe.
– Ha… Men suvga qiziqib qoldim. Suv bilan bog‘liq nimadir bor menda, – dedi Areum.
– Men esa tushlarimda bir makonni ko‘raman… u yer notanish, lekin tanish… – dedi Haejin.
Ular asta-sekin “bir xil yo‘lga” tushib qolganini tushunishdi. Va bu boshlanishi edi.
RM: – Belgilar boshlandi. Ular uyg‘onmoqda.
Jin: – Kiko yana harakatga kelmoqda. U so‘nggi bor 13 yildan keyin qaytmoqda.
Suga: – Daun muz kuchini sezgan bo‘lsa, bu – so‘nggi signal.
Jimin: – Sohwe vaqtdan his qilmoqda. Bu – juda xavfli daraja.
Taehyung: – Ularga yordam kerak bo‘ladi. Ammo hammasi hozircha o‘z yo‘lida.
Jungkook: – Men Minjini nazorat qilaman. U kuchini to‘g‘ri ishlatmasa, muammo bo‘ladi.
RM: – Va eng muhimi... Kiko bu safar yolg‘iz emas. Unga yangi qudrat hamroh.
Jin: – Va ular... Tanlangan yettilik. Ular hozircha bilmaydi, lekin taqdir ularni o‘zgartiradi.
Ularning telefonlariga noma’lum raqamdan SMS keladi:
"Sizlar tanlanganlarsiz. Sehr uyg‘onmoqda. O‘zingizga ishoning. Kelasi bosqich boshlanmoqda."
Ular bir-biriga qarashdi. Endi bu oddiy hol emasdi. Bu – haqiqat edi.
SMS olganlaridan so‘ng, qizlarning har biri alohida xonaga chaqirildi. Bu xona – "Belgilar Zali" deb nomlangan sirli joy edi. Har bir devorda g‘ayrioddiy yozuvlar, qadimiy belgilar, va markazda – porlayotgan, aylanib turgan kristall orb.
Ular xonaga birma-bir kirishdi.
Sohwe kirganida xona asta-sekin qorong‘ilashdi. Faqat markazdagi kristall ko‘k rangda tovlanib turardi. Birdan, u ko‘z oldida qandaydir tasvirlar ko‘rindi: u vaqtni to‘xtatayotgan, hatto vaqtni orqaga qaytaryotgan edi. Yuragi tez ura boshladi.
– Men... vaqtni boshqarayapmanmi?
Areum xonaga kirgach, orb suvday suzayotganini sezdi. U hovurga o‘xshash tuman orasidan ovozlar eshitdi:
– Yuraging toza, Areum. Suv seni tanladi.
U qo‘lini orbga tekkizdi — xona birdan suv tovushlari bilan to‘ldi. Hamma narsa jim bo‘ldi, faqat yuragi urayotganini eshitardi.
Minji kirganda orb qizil rangda yonib chiqdi. Harorat oshdi. U asta-sekin hovur chiqarayotganini, hatto devorni titratayotganini sezdi. Ko‘zlarida olov chaqnadi.
– Sen kuchsan, Minji. Ammo kuch har doim boshqarilishi lozim. Ehtiyot bo‘l.
Daun, Haejin, Sena – har biri o‘z sinovidan o‘tdi. Ularga qandaydir ichki quvvat taqdim etilayotgandek edi. Va ular his qila boshladi – bu oddiy dars emas, bu ularning haqiqiy yo‘li.
Bu orada BTS yigitlari yana yig‘ilishda edi. Ular maxfiy ekranlar orqali qizlarni kuzatishar, har bir harakatlarini tahlil qilishar edi.
RM: – Ular muvaffaqiyatli uyg‘onmoqda.
Jin: – Ammo Kiko ularning birini ko‘ra boshladi.
Jungkook: – Kimni?
Suga: – Minjini. U kuchni shunchalik tez ochmoqdaki, Kiko uni ko‘rib qoldi.
Jimin: – Demak, u ilk nishon bo‘ladi.
Taehyung: – Bizga shoshilish kerak. Ularga yordam kerak bo‘ladi.
Mish-mishlar. Akademiya ichida.
So‘nggi paytda akademiyada g‘alati mish-mishlar tarqaldi:
> – Eshitdingmi? Markaz ostida yerosti yo‘laklari bor emish.
– Ha, u yerdan har hafta tunda kimdir chiqadi deyishdi.
– Men esa Kiko degan kimsa haqida eshitdim. U ilgari akademiyada bo‘lgan, ammo yo‘qolgan. Endi esa qaytib kelayotgani haqida gap-so‘zlar yuribdi.
– Kiko… Men uning ko‘zlarimni orqadan tomosha qilayotganini his qilgandek bo‘ldim.
Qizlar bu mish-mishlarni eshitgach, bir-birlariga qaradi. Demak, bu sirli kuchlar atrofidagi faqat ulargagina tegishli narsa emasdi. Katta bir o‘yin, katta bir sir boshlanayotgan edi.
Qizlar o‘zaro gaplashib, do‘stlashishni boshlagan edi. Birinchi marta ular o‘zlarini yolg‘iz emasdek his qilishdi.
Areum: – Biz endi bitta jamoamiz.
Sohwe: – Ha, nima bo‘lishidan qat’iy nazar, birgamiz.
Minji: – Va biz kuchlimiz. Juda kuchlimiz.
Sena: – Faqat bu kuchni qanday ishlatishni o‘rganishimiz kerak.
Haejin: – Va bizni kuzatayotganlar bor.
Daun: – Bilaman… Ular oramizda.
Ular boshlarini ko‘tardi. Osmonda to‘lin oy porlab turardi. Va uzoqda, qorong‘ilikda… bir juft ko‘z ularni kuzatardi.
WRITTER Chantrea
#Chantrea
🦋🦋 yoqqan boʻlsa hursandman va reaksiya kutaman 🦋🦋
☘☘bizni kuzatishda davom eting va bundanda zoʻr fanficlarni yozishda davom ettiramiz ☘☘
🫧🫧 Eng zoʻr Fanficlarni bizning kanaldan topasiz 🫧🫧
Bizning kanal ✨ NISU FANFIC ✨