Muhabbatga aylangan faryod Ep 1
Arin : qarang dada oyim koʻrsatuvga chiqibdi
Jk qizini yoniga oʻtirib televizorga qarar ekan Xesuni koʻrib qotib qolgandi va bor eʼtiborini koʻrsatuvga qaratib qizni kuzatib turardi
Koʻrsatuvda Xesu boshlovchi bilan oʻtirar ekan boshlovchi deyarli har hil savollar berardi
Boshlovchi : Xesu siz yosh boʻlishizga qaramasdan ancha isteʼdodli aktrisa boʻldingiz va juda tez mashhurlikka erisha oldingiz buni siri nimada
Xesu ortga suyangan holda biroz oʻylanib yonida turgan daraxtni bargini olib oʻynab javob berdi
Xesu : nega aynan koʻrsatuv uchun tabiatni tanladingiz
Boshlovchi Xesuni bunday gapirishini kutmagandi va biroz hayron boʻlib gap topa olmay qoldi Xesu esa qolidagi bargni oʻynagancha qarab turarkan suratga olyatganlar hammasi hayron edi bu toʻgʻridan toʻgri jonli efir boʻlgani uchun hech qanday uzilish qilisha olmasdi . Boshlovchi biroz oʻylanib chuqur nafas olgancha gapirdi
Boshlovchi : chunki hozir ayni yoz fasli havo ochiq tabiat juda chiroyli shunga shu yerni tanladik
Xesu kulib ~ endi savolizga javob bersam buni eng katta chiroyimda buni tan olaman qancha mexnat qilsangiz ham chiroyli boʻlmasangiz qabul qilinmaysiz hech qayerga
Boshlovchi hayron boʻlib ~ demak chiroydami hamma gap
Xesu kulib ~ albatta chiroy , pul , aql va mexnat men ham oʻzimdan oʻzim mashhur boʻlib qolmadim qanchalik qiyin boʻlganini faqat bitta inson biladi
Boshlovchi : siz juda sirli aktrisasiz Xesu shu bilan yana ham jozibali koʻrinasiz
Xesu : bu iliq soʻzlar uchun raxmat
Boshlovchi qoʻlidagi planshetdagi habarlarni oʻqir ekan hammasini birin ketin qizga aytib berarkan Xesu ham dadillik bilan javob berardi
Boshlovchi : sizga eng yaqin odam kim hozirgi kunda
Boshlovchi : Xesu nega sizni akangiz bilan bir xil emassiz
Xesu qosh qoqib ~ bu bilan nima demoqchisiz
Boshlovchi : koʻpchilik qaysidir feʼl atvori oʻxshash boʻladi lekin sizni muxlislariz akangiz bilan solishtirib koʻrsa umuman boshqa
Xesu : bu muhim emas hammani oʻzini shaxsiy hayoti boʻladi
Boshlovchi : Xesu toʻgʻri hammani ham shaxsiy hayoti boʻladi keling yaxshisi boshqa savollarga oʻtamiz
Boshlovchi dam etarkan birdan savolni koʻrib bir Xesuga bir savolga qarab aytishga biroz hijolat boʻldi biroz oʻylanib soʻradi
Boshlovchi : koʻpchilik muxlislariz sizni munosabatda tormoz deb oʻylashadi shundaymi
Xesu : ha lekin aslida unday emas
Boshlovchi : yaʼni siz unday emassiz shundaymi
Xesu : ha agar men chin dildan sevib qolsam unday emasman
Boshlovchi : kimnidir sevib qolganmisiz
Shu tariqa koʻrsatuv bir soat davom etdi koʻrsatuvni Arin ham Jk ham diqqat bilan kuzatib turgandi. Koʻrsatuv tugagandan soʻng Arin Jkga umid koʻzlari bilan qarab turar edi
Arin : dadajon oyimni qachon olib kelasiz men ularni juda ham sogʻindim
Jk qizini gaplarini eshitar ekan yuragi boshqacha urdi lekin qizga bildirishni istamas edi . Jk qizini koʻtarib quchogʻiga olib sochidan silab peshonasidan oʻpib qoʻydi
Jk : malikam oying albatta keladi va oldingidek birga yashemiz
Arin hursand boʻlib Jkni mahkam quchoqlab oldi ~ sizni juda juda yaxshi koʻraman dadajon
Jk kulib : men ham seni yaxshi koʻraman malikam endi esa yaxshi qiz boʻlib oʻtirib tur men ishlarim bor uyga kech qaytaman
Arin : sizni kutmemi lekin dada men oʻzim qoʻrqaman
Jk qizini sochlarini silab ~ malikam uyda enagang borku Kim xonim bilan qolasan meni kutmasdan kechki ovqatni yeb esli qiz boʻlib uxla
Jk shu deb qizni yuzidan oʻpib Arindi divanga qoʻyib oʻrnidan turib stol ustidan telefonini olib kimnidur nomerini qidirgancha chiqib ketdi tashqariga chiqib oxiri qidirgan odamini topib qoʻngʻiroq qildi
Jk : menga bir soatni ichida aktrisa Xesu degan qizni hamma maʼlumotlarni topib ber
Jk : yoʻq lekin bir soat vaqt agar topa olmasang tamomsan meni shundingmi
X : xoʻp boʻladi harakat qilaman
Jk jahl bilan ~ nima qilsang ham hamma maʼlumotlar bir soatda qoʻlimda boʻlsin
Jk shu degancha odamni gapini eshitmasdan oʻchirib qoʻydi soʻng moshinaga oʻtirib divigatelni yoqib asta sekin uyidan uzoqlashib haydab ketarkan hayolidan koʻrsatuvdagi qiz ketmasdi
Nahotki oʻsha qiz Xesu boʻlsa lekin u oʻlgan edi men oʻz koʻzlarim bilan koʻrgan edim yoʻq Jk esingni yigʻ bu yerda boshqa gap bor qiz juda oʻxshash hattoki ismi ham . Yuragim u Xes deyapti albatta yuragim sezayapti u Xesu oʻsha kulishlari oʻsha koʻrinish balogʻatga yetib yana ham chiroyli va oʻziga ishonchi ortgan kuchli qiz boʻlgan. Nima boʻlsa ham u meni va Arindi eslashi kerak meni sevib qolyatgan ediku nega Xesu boʻlsa yonimga qaytib kelmadi hattoki Arin uchun ota onasidan kechgan edi bu yerda nimadur bor uni maʼlumotlarini bilganimdan soʻng bir qarorga kelaman bir soat kutaman shuncha vaqt kutgan bir soat hech narsa emas nima boʻlsa ham iltimos Xesu sen boʻl agar sen bolsang seni hech qachon boshqa qoʻyib yubormayman doim yonimda saqlayman sen boʻlishingga umid qilaman
Jk shu degancha kampaniyasiga ketdi va toʻgʻri oʻzini honasiga kirib oʻz ishlari bilan shugʻullanib ketdi
Xesu moshinada ketar ekan kotibasini sira ham tinch qoʻymay soʻkib ketardi
Xesu : ax Yesol nega bunday qilding
Yesol moshinani haydagancha moshina oynasidan Xesuga qarab qoʻyardi
Yesol : soatlar almashib qolibdi holosku Xesu nega vahima qilasan buncha
Xesu jahl qilib ~ yaxshi ham dugonamsan boʻlmasam aniq haydagan boʻlardim
Yesol : oʻzingga oʻxshaganman Xesu yoʻq adashdim senchalik emasman men
Xesu qosh qoqib ~ qanday ekanman men
Yesol : oʻzingga kibr qoʻygan tannoz honimsan hafa boʻlma yana
Xesu jahl bilan ~ yoʻgʻe shunaqa degin oʻzing qanday ekansan unda miyyasida hech narsa yoʻq qurigan boshsan
Qizil chiroq yonib Yesol qizil chiroqda toʻxtab Xesuga qaradi
Yesol : bunday gaplarni qaydan olasan Xesu hayronman
Xesu : senga nima oldinga qara oʻzi kech qolib boʻldim
Yesol : koʻproq oʻtir edi gaplashib
Xesu : aysh oʻzi gapirib qoldi keta olmadim endi akamga nima deyman
Yesol : buni oʻzing bilasan axir u seni akang lekin akang vapshe kelishganda
Xesu qoshlarini chimirib ~ ha yoqib qoldimi deyman
Yesol teskari qarab yashil chiroq yongandan keyin moshinani ishga tushirdi va asta sekin oʻt oldirib gapira boshladi
Yesol : a yoʻgʻe shunchaki aytdim
Xesu haydovchi oʻrindiqdan qoʻllarni oʻtkazib Yesolni asabini buza boshladi
Xesu : yolgʻon aytma Yesolcham aniq yoqadimi akam hohlasang gaplashib beraman
Yesol qizdan koʻzlarini olib qochib eʼtiborini yoʻlga qaratdi
Yesol : Xesu chalgʻityapsan meni
Xesu : baxona qilma Yesol sen aniq akamni sevib qolgansan
Yesol : sevmayman nega sevishim kerak ekan ~ moshinani burgancha javob berdi
Xesu : nega sevmas ekansan akam kelishgan aqilli va boy ideal erkak
Yesol : barbir bu boshqa gap sevmayman dedimmi Xesu majbur qilma meni sevmayman akangni
Xesu : unda kecha nega uyga erta kelding keyin akam bilan gaplashib oʻtirganda koʻzlaring porlab turgandi sevmagan odam unday qaramaydi Yesolcham
Yesol ux tortgancha chuqur nafas olib ~ ha sevaman nima qilibdi shunga
Xesu hursand boʻlib ~ men nima degandim aniq sevasan degan edimku
Yesol : faqat buni akang bilmasin
Xesu : harakat qilaman lekin vada bermayman
Nihoyat uyga yetib kelishgandan soʻng moshina katta qasr oldida toʻxtadi Xesu eshikni ochib tashqariga tushdi ortidan esa Yesol tushdi
Xesu : ichkariga kir akam bilan gaplashar edingmi ~ kesatib gapirardi
Yesol : raxmat shart emas men ham uyga boray endi ertaga olib ketgani kelaman
Xesu : yaxshi ertaga koʻrishguncha
Yesol hayr degancha moshinani ishga tushirib burilib chiqib ketdi Xesu dugonasini ketishini kuzatib turdi moshina koʻrinmay qolgandan keyin kulgancha ichkariga kirdi . Ichkariga kirib toʻgʻri mexmonxonaga kirarkan akasi kitob oʻqib oʻtirarkan Xesu sumkasini yelkasini orqasiga tashlab akasini yoniga oʻtirdi birdan qiz kelib oʻtirgandan yigit biroz qoʻrqib ketib kitobni stol ustiga qoʻyib Xesuga qarab kulib qoʻydi va qizni sochlarini silab peshonasidan oʻpib qoʻydi
Xesu tabassum qilgancha akasini yuzidan oʻpib qoʻydi ~ ha aka keldim
Xesu : koʻrsatuvni koʻrdizmi shuni deb kech qolib ketdim
X : yaxshi unda borib kiyimlarini almashtirib tush kechki ovqat qilamiz
Jk boshini orqaga qilib koʻzlarini yumgancha oʻrindiqqa suyanib oʻtirar ekan hech qancha oʻtmay birdan telefoni jiringladi Jk boshini koʻtargancha qoʻngʻiroqqa javob berdi
X : janob qiz haqida hamma maʼlumotlarni topdim telegramdan tashlab qoʻydim
Jk : yaxshi degancha goʻshakni qoʻyib telefonga kelgan habarni koʻrdi bir nechta rasmlar va toʻliq maʼlumot bor edi
Park Xesu yoshi 19 da kasbi aktrisa hozirgi kundan ancha mashhur boʻlgan ota onasi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq bitta akasi bor . Bitta yashirin maʼlumot bor deyarli buni hech kim bilmaydi qiz ikki yil oldin avta halokatga uchragan va boshqa davlatga ketgan ikki yildan keyin qaytib kelgan akasi esa oʻzini haqiqiy akasi emas yana qiz hotirasini ham yoʻqotgan boʻlishi mumkin janob bu yashirin maʼlumot topganim shu
Jk bu maʼlumotni oʻqir ekan yuragi boshqacha ura boshladi va ichida umid hissi uygʻongan edi koʻzlari quvonchga toʻlib koʻzlari biroz yoshlandi
Men buni qancha kutgandim nihoyat Xesu seni tirik ekanligi yuragim sezardi nihoyat Xesu seni topdim endi seni hech qachon qoʻyib yubormayman nima boʻlishidan qatʼiy nazar senga hamma narsani oʻzim eslataman . Senga vada beraman mushukcham seni albatta yonimga qaytaraman yana oldingidek boʻlamiz sen men va qizimiz Arin seni sogʻindim oz qoldi kut sevgilim albatta yoningga boraman