Sukutdagi faryod Final
Xesuni teliga kelgan sms bu Minkyudan edi
Kelgan sms : Xesu iltimos sendan seni oxirgi marta koʻrmoqchiman yonimga kel men oʻsha doim uchrashadigan biz sevgan parkda kutaman . Sensiz menga juda qiyin boʻlyapti iltimos sendan oʻlishimdan oldin bir bor yuzingni koʻrib ketay
Xesu buni oʻqib chiqarkan gʻalati boʻlib butun badani muzlab qolgandek boʻlgandi goʻyo Xesu hech narsani oʻylamay tezda yigitga qoʻngʻiroq qildi telefon bir ikki jiringlagandan soʻng Minkyu qoʻngʻiroqqa javob berdi
Xesu shuncha paytdan keyin yigitini gapini eshitib biroz titrab ketdi keyin tezda oʻziga kelib gapini davom etdi
Xesu : sen aqldan ozdingmi nega bunday deysan bunga haqqing bormi Minkyu ayt menga
Minkyu : seni sevardim buni bilarding sensiz yashay olmasdim bir kun koʻrmasam tamom boʻlardim lekin sen nima qilding boshqasiga yosh boʻlib tegib ketding Xesu
Xesu bundan koʻzlariga yosh keldi yigit ichida bor gapni aytgandi Xesuni nafasi boʻgʻziga tiqilib qoldi hech narsa deya olmasdi biroz sukut saqladi soʻng oxiri Xesu ham chidab tura olmadi
Xesu : nima qilishim kerak edi meni ham oʻyladingmi nima men oʻzim hohlabmanmi oʻzimdan ancha yoshi katta odamga turmushga chiqishni ayt menga oson ekanmi . Sen shunchaki oʻylaysan tegib ketib yashab yuribdi deb ayt Minkyu menga osonmi men seni sevardim sendan kam sevmagan edim . Ammo ota onam uchun majbur boʻldim ota onam uchun sevgimdan kechdim nima qilay ayt menga nima qilishim kerak edi
Xesu shularni aytib yigʻlar ekan buni eshitgan Minkyuni yuragi battar ezilib oʻzini tuta olmay koʻzlaridan yosh dumaladi
Minkyu : agar meni rostdan sevgan boʻlsang kel eski joyimizga hozir yarim soatda kelmasang senga vada beraman shu yerdagi eng baland minoradan tashlayman oʻzimni menga sensiz hayot qiziq emas
Xesu : qayerdasan boraman yigʻlab javob berdi
Minkyu : biz birinchi marta uchrashgan joyimizdagi minorada
Xesu : hech narsa qila koʻrma yarim soatda yetib boraman Minkyu
Minkyu : kutaman Xesu agar yetib kelmasang senga vada beraman shu yerdan tashlayman oʻzimni
Xesu : senga vada beraman albatta boraman faqat iltimos meni kut
Minkyu yuzidagi koʻz yoshlarini artib ~ atirgulim seni sogʻindim tezroq kel
Xesu shu degancha qoʻngʻiroqni qoʻydi va hech narsaga qaramay telefonini qoʻliga oldi va yugurib honadan chiqib ketdi . Xesu hozir hayolida hech narsa yoʻq edi faqat Minkyuni hayotini qutqarib qolish edi , Xesu yugurib ketarkan koʻzlaridagi yosh hech toʻxtamasdi . Qiz yugurib kasalxonadan chiqib ketdi Xesuni chiqib ketganini hech kim sezmay qoldi Xesu esa hech narsaga eʼtibor bermay yugurib ketar ekan deyarli katta yoʻlda . Park kasalxonadan uncha uzoq emasdi 15 minutlik yoʻl boʻlgani uchun yugurib borsa ulgurardi . Xesu yugurib ketar ekan hayollari umuman boshqa joyda edi
Men toʻgʻri qilyapmanmi bilmayman lekin men uni asrab qolishim kerak meni deb bitta odam oʻldi endi boʻlib ham Minkyu meni deb oʻlishiga yoʻl qoʻymayman axir unga hozir ham his tuygʻularim borku . Lekin Jk u bilsa nima qiladi yana eski holiga qaytadimi bu menga qorongʻu lekin yuragim boshqacha uryapti huddi nimadir boʻladi. Men Arindi tashlab ketmayman shunchaki Minkyuni hayotini saqlab qolib qizimni yoniga qaytaman meni hayotimni bir boʻlagiga aylangan qizni tashlab keta olmayman. Qiz meni onasidek koʻradi Jk ham menga mexr bera boshladi men albatta qaytaman shunchaki Minkyuni hayotini saqlab qolib uni bu yoʻldan qaytarib yana Jk va Arindi yoniga qaytaman . Lekin Minkyuchi u nima qiladi axir nega axir endi baxtga yetdim degan paytim yana qandaydir baxtsizlik boʻlib tursa meni nima aybim bor qayerda hato qildim
Xesu shularni oʻylab yugirib ketarkan hech narsa koʻziga koʻribmasdi toʻgʻrisidan kelayotgan sport moshinasini bilmagan ham edi . Moshinani boshqarib kelyatgan odam esa mast boʻlib katta tezlikda haydab kelarkan Xesu ham bir hayolda unga qarab yugurardi . Moshina kelarkan juda ham yaqin edi roldagi odam shunchalar mast ediki hatto moshina katta tezlikda qanday haydab kelyatganini bilmasdi va oxiri Xesu koʻz oʻngida yorugʻ nurni koʻrib joyida toʻxtab qoldi lekin juda ham kech boʻlgandi moshina katta tezlikda kelib qizni urdi Xesu uncha ogʻir boʻlmagani uchun yoʻlni oldiga uchib tushdi haydovchi bundan dovdirab qoldi va moshinani toʻxtalib qarar ekan moshinani orqa tomoniga oʻtib koʻrgan manzarasidan qotib qoldi
Yigit asta sekin boshini ushlab pastga tushib moshinani orqasiga bordi va yerda qonga belangan qizni koʻrib joyida toshdek qotib qoldi nima qilishni bilmay qizni yoniga borib dovdirab turarkan bu axvolni koʻrib deyarli mastligi esidan chiqqan edi . Nima qilishni bilmasdan Xesuni yoniga borib oʻtirdi va qoʻlidan ushlab yurak urishini tekshirdi yurak juda sust urardi lekin yashashdan umid bor edi . Yigit nima qilishni bilmay biroz oʻylanib qoldi agar Xesuni u yerda tashlab ketsa qiz oʻladi agar kasalxonaga olib borsa uni soʻroq qilib qamab qoʻyishlari mumkin
Ayni shu payt Marin bilan Taehyung hursand boʻlib yoʻlda gaplashib kelishardi Tae biroz uzoqroqda boshini ushlab nima qilishni bilmay turgan yigitni va yerda qonga belangan qizni koʻrib hayron boʻldi bundan Marin ham chetda qolmadi Marin qosh qoqib Taega qarab qoʻydi
Marin : Tae tushib koʻrasanmi menimcha yigit qizni bosib yuborgan
Tae : ha biroz yaqinroq borelik koʻraman
Birozdan soʻng Tae yigitni yonida toʻxtab moshinadan tushar ekan sochlari toʻzgʻib yuzini yopib turgan Xesuni tanimadi va yigitni yoniga bordi
Yigit Taeini koʻrib qoʻrqib ketdi ~ men bilmay qoldim mast edim qiz ham yoʻlimdan chiqib qoldi endi nima boʻladi
Tae : hoziroq kasalxonaga olib borish kerak kasalxona ham deyarli uncha uzoq emas tezda yetib borasiz
Tae yigit bilan gaplashib unga yoʻl koʻrsatar ekan Marin qiziqib moshinadan tushib asta sekin ularni yoniga bordi
Marin : Tae qizni kasalxonaga olib borish kerak
Tae : ha oldin yuragi uryaptimi tekshirib koʻrish kerak
Marin : bilasan men doktorman oʻzim tekshirib koʻraman
Marin asta sekin qizga yaqin kelarkan negadur yuragi boshqacha urib gʻalati boʻlib ketarkan buni Tae koʻrib Marindi qoʻlidan ushladi
Marin : bilmayman negadur birdan yuragim boshqacha urib ketyapti negadur koʻnglim gʻash
Tae : bu holatni birinchi marta koʻrib turganing uchun boʻlsa kerak kel unda oʻzim tekshirib koʻraman
Marin : yoʻq oʻzim qila olaman
Marin asta sekin engashib oʻtirar ekan Maringa tanish atir hidi sochlar rangi ham Marin asta sekin qizni sochlarini yuzidan olarkan Xesuni koʻrib joyida qotib qoldi nima qilishni bilmay huddi hushsiz odam kabi boʻlib qoldi Marin lablari titrab koʻzlari yoshga toʻlib hech narsa qila olmasdi bunga Tae qarar ekan u ham qizni koʻrib shokka tushib qoldi Marin qoʻllari titrab jonsiz yotgan qizni boshini oyoqlariga qoʻyar ekan hech narsa demay faqat yigʻlardi huddiki boʻgʻziga nimadur tiqilib qolgandek boʻlgandi
Marin titrab ~ s..sen Xe..su singiljon i... ilti.m..mos koʻz....larini och m..me..ni ta....shlab k...keta ol...olmay....san
Marin Xesuni ushlab turarkan Tae kelib koʻzlaridan biroz yosh oqib Marindi yoniga kelib oʻtirdi
Tae : Marin sevgilim Xesuni kasalxonaga olib borishimiz kerak
Marin hech narsa demadi faqat jim oʻtirarkan Tae Marindi qoʻllaridan Xesuni olib asta sekinlik bilan koʻtarib moshinaga qoʻyguncha Marin bor gʻazabi bilan dovdirab qolgan bolani yoqasidan ushladi
Marin : seni deb boʻldi sen qilding agar unga nimadur boʻlsa seni sogʻ qoʻymayman oʻzim yoʻq qilaman
Tae tezda Xesuni moshinani orqa tomoniga qoʻyib tezda yugurib Marindi qoʻllaridan ushlab yigitni qizni qoʻllaridan ozod qildi
Tae : Marin oʻzingga kel hoziroq Xesuni kasalxonaga olib borishimiz kerak
Tae Marindi ushlab moshina olib chiqdi Marin orqa tomonga oʻtirib Xesuni boshini oyoqlariga qoʻyib singlisiga qararkan koʻzlari yoshga toʻlib oʻzini tuta olmasdi . Tae moshinani katta tezlikda haydab hech qancha oʻtmay kasalxonaga yetib kelishdi Tae tezda moshinadan tushib Marindi quchogʻidan Xesuni olib koʻtarib ichkariga kirarkan Marin ham Taeini ortidan yugurib bordi. Tae ichkariga kirishi bilan besh oltita gaplashib turgan hamshira qizlar Taeini qoʻlidagi qizni koʻrib tezda ikkitasi zambilni olib keldi bittasi esa yugurib borib doktorni chaqirish uchun yugurib ketdi Tae Xesuni avaylab zambilga qoʻydi hamshiralar zambilni yetalab ketarkan bitta hamshira soʻradi
Hamshira: janob qizga nima boʻldi
Hamshira hoʻp degancha ichkariga kirib ketdi va ularni ortidan eshik yopildi Marin kiraman degan payt eshikni yopyatgan hamshira toʻxtatib qoldi
Hamshira: kirish mumkin emas honim kechirasiz
Marin ularni gapiga quloq solmasdan kirib ketmoqchi boʻlgan payt Tae qizni mahkam quchoqlab ushlab qoldi
Tae : bilaman Marin hozir senga oson emas lekin kutishimiz kerak
Marin Taeini quchoqlab yigʻlaganidan koʻzlari qizarib ketgandi
Bu orada Jk qizni hamma joydan qidirib chiqdi lekin topa olmasdi oxiri boshqa boʻlimlardan ham qidirib koʻrishga qaror qilib bir chekadan qidirib chiqarkan hech qayerdan topa olmadi va qayta qayta qoʻngʻiroq qilmasin goʻshakni koʻtarmadi bundan Jk havotir olib u yoqdan bu yoqqa yurarkan birdan aperatsiya honasi yonida yigʻlab oʻtirgan Marindi koʻrib hayron boʻldi va ularni yoniga borib Taega gapirdi
Jk : nimadur boʻldimi nega ikkingiz bu axvolda turibsiz ayniqsa Marin
Tae nima deyishni bilmay oʻylanib qoldi Marin esa unga parvo qilmay faqat yigʻlardi Jk boʻlsa bundan negadur bezovta boʻlardi
Jk : javob bersangchi Tae nima boʻldi
Tae chuqur nafas olib ~ Xesu avtahalokga uchradi
Buni eshitgan Jk joyida qotib qoldi huddi boʻgʻziga pichoq sanchilib turgandek bir laxza gapini topa olmay qoldi
Jk : Tae nima sen hazil qilyapsanmi axir ertalab yaxshi ediku
Tae : bu xazil emas Jk biz yoʻlda koʻrib qoldik va kasalxonaga olib keldik
Tae : yaxshi niyyat qilaylik balki yaxshi chiqar javob
Jk hech narsa deya olmay hattoki qimirlay olmay qoldi faqat joyida qoʻzgʻalishsiz turardi
Minkyu qizni kutdi lekin hech qanday darak yoʻq edi oradan yarim soat oʻtdi lekin hali hamon hech narsa yoʻq. Minkyu baland minorani tepasiga chiqib oʻtirib oʻylanib qoldi
U meni aldadi men uni oxirgi marta koʻrmoqchi edim lekin u buni menga ravo koʻrmadi. Ex Xesu seni qanchalar sevardim sensiz telbaga aylandim sensiz oʻtgan har bir kunim huddiki men uchun olovda yonyatgan odamdek edim endi esa senga yana bir bor ishonib seni koʻrmoqchi boʻlgan paytim sen shuni ham menga koʻp koʻrding . Sen uchun hatto jonimni berishga tayyor edim Xesu bilmading mayli kim bilan boʻlsang ham baxtli boʻl senga bergan vadamni bajardim seni soʻngi nafasimgacha sevdim bundan keyin ham yuragimda faqat sen boʻlasan. Seni sevaman Xesu butun borligʻim bilan sensiz hayot menga qorongʻu sensiz yashay olmayman menga sensiz bu hayot kerak emas men bu gaplarni seni oʻzingga aytmoqchidim lekin sen kelmading ex meni soddagina atirgulim seni bir umr sevuvchi telba yigiting Minkyu
Minkyu shu gaplarni aytgancha oʻrnidan turdi va qoʻllarini ikki tomonga qilib koʻzlarini yumgancha asta sekin yurib tom chetiga keldi va oxirgi soʻzi ~ seni sevaman mening atirgulim shu gaplarni aytgancha oʻzini tepadan tashladi
Oradan uch soat oʻtdi hali ham aperatsiya davom etarkan tashqarida kutib turgan Jk butkul aqldan ozay derdi
Jk : nega hali ham chiqishmaydi uch soat boʻldi axir
Marin Jkni koʻrib battar yuragi siqilib oxiri chiday olmay hushidan ketdi Tae bundan qoʻrqib ketdi va tezda hamshirani chaqirdi hamshira ham tezda yetib kelib Marindi alohida honaga oldi va qizga tinchlantiruvchi dori ulab chiqib ketdi Tae hozir Marin bilan Jkni oʻrtasida qolib ketgandi hozir Marindi yonidan chiqib ketaman desa qiz turib qolishi mumkin edi lekin Jkni yoniga ham chiqishi kerak edi oxiri biroz oʻylanib qoldi va tashqariga chiqib bitta hamshirani chaqirdi
Tae : iltimos sizdan hotinimga qarab tura olasizmi
Hamshira: albatta janob bemalol ishlarizni qilib olishiz mumkin
Tae shu degancha Jkni yoniga yugurib bordi Tae Jkni yoniga borarkan Jk u tomondan bu tomonga yurardi
Jk : qanday qilib Tae agar Xesuga nimadur boʻlsa men nima qilaman Arindi oʻylayapsanmi
Tae hech narsa demay bir chetda Jkni kuzatib turarkan birozdan soʻng shifokorlar asta sekin aperatsiya honasidan chiqa boshladi buni koʻrgan Jk tezda shifokorni yoniga yugurib bordi
Jk : nima boʻldi doktor hotinimni axvoli yaxshimi
Shifokor boshini yerga egib Jkni yelkasiga qoʻlini qoʻyib ~ qizni saqlab qola olmadik sabr tilayman biz qoʻlimizdan kelganini qildik lekin avtahalokat jiddiy edi ekan
Shifokor shu degancha u yerdan ketdi Jk esa hech narsaga qaramay honaga yugurib ketdi hamshiralar qancha urinmasin kuchi yetmasdi Jk ularga parvo qilmay ichkariga qizni ustini oq doka bilan oʻrab qoʻygan joyga bordi va boshi tomonga borib dokani biroz ochar ekan Xesuni koʻrib qotib qoldi qoʻllari titrab zoʻrgʻa nafas olayatgandi goʻyo Jk qizni mahkam quchoqlab yigʻlab yubordi
Jk : Xesu koʻzlarini och nega birdan bundan boʻldi axir sen yaxshi edingku iltimos sendan oʻzingga kel agar sen ketsang men nima qilaman qizimiz nima qiladi Xesu Arindi oʻyla iltimos sendan . Senga shu shuncha azob berib qiynadim men axmoqlik qilgandim kechir meni koʻzlarini och nima desang shuni qilaman iltimos Xesu faqat oʻzingga kel bu tuh edi deb ayt menga . Iltimos sendan nima desang qilaman Arin uchun koʻzlarini och men senga endi koʻngil qoʻya boshlagandim endi seni sevgan paytim meni tashlab keta olmaysan yoʻq Xesu buncha haqqing yoʻq koʻzlarini och men bilan gaplash
Tae Jkni hech qachon bunday axvolda koʻrmagan edi hatto Yn oʻlgan payt bunchalik boʻlmagan edi Tae Jkni yoniga borib qanchalar tinchlantirishga urinmasin bari befoyda edi . Jk butkul aqlini yoʻqotib qizni jonsiz tanasi quchoqlab yigʻlardi
Jk : yoʻq u oʻlmagan Tae qara u hozir shunchaki oʻyin qilyapti men bilan oʻyin oʻynayapti hozir koʻzlarini ochadi Tae
Tae Jkni holini koʻrar ekan oxiri chiday olmay Jkga qarab baqirdi
Tae : Xesu yoʻq Jk u oʻldi endi qaytib kelmaydi oʻzingni qoʻlga ol yosh bola boʻlma sen Arin uchun kuchli boʻlishing kerak
Shu voqeadan keyin oradan ikki yil oʻtdi hamma narsa aksiga oʻzgardi Jk juda qiynaldi lekin Arin uchun oʻzini qoʻlga oldi Arin esa har kuni Jkdan Xesuni soʻrardi Jk esa doimgidek tez orada keladi uzoq joyga ketgan derdi . Arin katta boʻlib maktabga bora boshladi lekin Arin Xesuni oʻlimidan keyin butkul oʻzgardi kam kulib deyarli hech kimga qoʻshilmasdi maktabda ham doim oʻzi boʻlardi Jk qancha harakat qilsa ham eplay olmasdi . Arin faqat Jk va Kim xonim bilan gaplashib oʻtirardi unda ham koʻp emas 7 yoshli qiz oʻynab kuladigan payt edi lekin Arinda buni aksi boʻldi
Marin ham sovuqqon boʻlib qoldi oldingi quvnoq Marindan hech narsa qolmagandi Marin oʻsha payti qattiq stresga tushgani uchun bitta farzandidan ayrildi lekin ikkinchi juda yaxshi edi Tae doim Marindi koʻnglini koʻtarish uchun qancha harakat qilmasin bari befoyda edi Marin 2 yoshli oʻgʻli bilan oʻynardi baʼzi payt Xesu esiga tushib qolsa deyarli bolasiga ham etibor bermasdi
Xesuni ota onasi qizini oʻlimini eshitib otasi faqat oʻzini ayblaydi onasi esa erini axvolini koʻrib oʻzini oʻzi ado qilyatgan edi . Xesu vafot etgandan keyin ota onasi Marindi qabul qilishdi u bilan oldingidek yaxshi edi Lekin Xesuni otasi oʻzini butkul tamom qilgandi qizni oʻlimida faqat oʻzini ayblardi toʻyda uni erga bermasligim kerak edi deb har kuni oʻzini aybdor his qilib ichardi deyarli ichkilikka berilib ketgandi ham
Kunlar shu tariqa oʻta boshladi kunlardan bir kun Kim xonim Arindi biroz chalgʻishi uchun arang televizor koʻrgani majbur qildi Arin Kim xonimga yoʻq deya olmasdan ham rozi boʻlgandi . Qiz oʻtirib Kim xonim qoʻyib bergan multfilmni koʻrar ekan undan zerikib oʻzi pultni olib boshqa kanallarga oʻtkaza boshladi soʻng bitta koʻrsatuv boʻlyatgani uchun oʻsha koʻrsatuvga qizib koʻrar ekan birdan baland ovozda baqirdi buni eshitgan Jk tezda yugurib pastga tushdi
Jk : nima boʻldi Arin axvoling yaxshimi
Arin hursand boʻlib Jkni qoʻlidan ushlab yoniga oʻtkazdi
Jk : nima boʻldi malikam buncha hursand koʻrinasan
Arin : qarang dada oyim koʻrsatuvga chiqibdi
Nihoyat fanficni tugatib oldik shungacha men bilan boʻlgan hammaga raxmat fanfic sizlarga yoqdi degan umiddaman oʻqigan odamni har biridan fikr kutib qolaman
Toʻgʻri men juda koʻp fanfic yozganman lekin bu meni hayotimda boshqacha oʻrin egalladi . Hech qaysi yozgan fanficimda bunday taʼsirlanib yozmagandim men buni yozar ekanman qoʻllarim qaltirab koʻz yoshlarim toʻxtamay yozdim . Xesuni oʻlim saxnasini yozish men uchun oson boʻlmadi bu huddi oʻzimda boʻlgandek Marindi oʻrniga oʻzimni qoʻyib yozdim . Har bir hikoya oxiri yomonlik bilan tugamasligi kerak agar yomonlik bilan tugadimi albatta davomi boʻladi. Bu fanficni ham 2- fasli bor buni chiqib chiqmasligi esa sizlarga bogʻliq Sizlardan fanfic haqida chiroyli editlar kutib qolaman