Sukutdagi faryod Ep 16
Xesu biroz toʻgʻrisida turgan Maringa qarab qoʻydi va asta sekin opasini yoniga borib toʻxtadi , Marin Xesuni koʻrib hech narsa demay oʻziga tortib mahkam quchoqlab yigʻlab yubordi
Marin : men kechir Xesu iltimos sendan meni deb qancha qiyinchilik koʻrding bilmayman lekin hammasi meni deb boʻldi kechir meni hato qildim axmoq opangni kechir
Marin shularni aytgancha Xesuni mahkam quchoqlab yigʻlar ekan Xesu nima qilishni bilmay jim qarab turarkan Marin faqat singlisini quchoqlab yigʻlar edi bundan Jk hayron boʻlib ikkisiga qarar ekan Tae ham Arindi quchogʻida olib oʻtirib ularni tomosha qilarkan Jk Kim xonimni chaqirdi ayol tezda yetib keldi
Jk : Arindi xonasiga olib keting
Kim xonim: xoʻp deb Taeini quchogʻidan Arindi olib hech narsa demay tepaga chiqib ketdi . Arin ketgandan keyin Jk eʼtiborini Xesu bilan Maringa qaratib endi gapiraman degan payti Tae Jkni qoʻlidan ushlab toʻxtatib qoʻydi
Tae : Jk iltimos biroz vaqt ber
Tae : doʻstligimiz hurmati iltimos sendan biroz jim tur
Jk hech narsa demay Taeni yonidagi divanga oʻtirib Xesu bilan Marindi jim kuzatib turardi
Marin singlisini quchoqlab yigʻlar ekan Xesu jim qarab turganidan hayron boʻlib biroz Xesuni quchogʻidan chiqarib qizni koʻzlariga qarab turardi
Marin : iltimos Xesu axmoq opangni kechir nimadir de axir iltimos sendan
Xesu birdan opasini oʻzidan itarib uzoqlashdi koʻzlariga yosh kelib opasiga qarab turardi
Xesu : nima dey opa ayting nima dey siz oʻsha kuni qochib ketganiz uchun men qurbon boʻldim 17 yoshimda turmushga chiqdim ona boʻldim va hattoki Xesu boshqa gap gapira olmay yigʻlab yubordi
Marin singlisi bu axvolda koʻrib axvoli butkul yomon edi doim kulib yuradigan qiz hozir koʻz oldida huddi kulishni unutgan hissiz qiz boʻlib qolgandek edi keyin Marin kuch topib yana Xesuni yoniga bordi
Marin : yaxshi unda eshit haqiqatni men oʻsha kuni qochib ketishga majbur boʻldim Xesu chunki men homiladorman boʻlib ham qornimda bitta emas ikkita bola katta boʻlyapti
Xesu bu gaplarni eshitib biroz boshini opasi tomonga burib qaradi lekin hali ham koʻzlari yoshga toʻlib turardi
Xesu : hech boʻlmasa menga aytishiz kerak edi
Marin : ayta olmasdim Xesu bu qoʻlimdan kelmasdi kechir meni men axmoqlik qildim seni shu holga kelishingga men aybdorman
Xesu yuziga tushyatgan koʻz yoshlarini artib ~ opa endi kech juda kech
Marin ikki qadam yurib singlisini yoniga bordi va Xesu qarshilik qilishdan oldin qizni qoʻlidan ushlab qorniga qoʻydi
Marin : bularni his qilyapsanmi opengni ichida ikkita yurak uryapti Xesu men shular uchun qildim hammasini
Xesuni qoʻli opasini qorni ustida turar ekan qiz hech narsa demay jim qoldi . Chunki biron narsa deyishga kuchi qolmagandi negadur kechga yaqin holsizlanib oʻzini gʻalati his qilardi lekin hech kimga bildirishni hohlamasdi . Tae bilan Jk divanda oʻtirib ularni jimgina kuzatib turarkan hozirgi holatda Jk faqat eʼtiborini Xesuga qaratgandi qizni har bir harakatini kuzatib turardi . Xesu esa opasiga jim qarab turib hozirgi holida butkul harakat qilishni unutgan insondir jim turar ekan Marin yana gapira boshladi
Marin : Xesu men shular uchun majbur boʻldim
Xesu boshida jim boʻldi lekin birdan kaftlari orasida kichkina yurak urishini sezgandan keyin oʻylab oʻtirmay opasini mahkam quchoqlab oldi
Xesu : sizni sogʻindim opa juda sogʻindim sizsiz qiyin boʻldi
Marin singlisini bu gaplaridan koʻzlaridagi yosh asta sekin yuziga tusha boshladi
Marin : men ham seni sogʻindim Xesu juda ham sogʻindim meni kechir axmoq opengni kechir
Marin singlisini sochlaridan silab peshonasidan oʻpar ekan qiz oʻt boʻlib yonayotgan edi Marin tezda Xesuni quchogʻidan chiqib qoʻllarini Xesuni peshonasiga qoʻyarkan qiz huddi oʻt boʻlib yonayotgan edi goʻyo
Marin : Xesu olov boʻlib yonyapsan
Xesu tezda opasidan uzoqlashdi va unga boshidan beri yeb qoʻygudek qarab turgan Jkga bir qarab qoʻydi va tezda oʻzini oʻnglab oldi
Xesu : hech narsa boʻlgani yoʻq opa
Marin : Xesu yolgʻon gapirishiga urinma olov boʻlib yonyapsan sen qiz
Xesu : opa hech narsa boʻlgani yoʻq dedimku
Jk oxiri asablari buzilib Xesuga qarab oʻrnidan turdi va qizni yoniga borib toʻxtadi
Xesu Jkni gaplarini eshitib bir seskanib ketdi keyin Jk tomonga qaradi lekin hech qachon Jkni koʻziga tik qarashga jurat eta olmasdi hozir ham yerga qarab turardi
Jk : demak mendan shuncha narsa yashirding yana shundaymi
Xesu : men sizdan hech narsa yashirganim yoʻq
Jk qizga etibor bermay uzoqroqda turgan Maringa qaradi
Jk : xoʻsh demak meni xotinim Xesu emas sen boʻlishing kerak edimi
Marin boshini tik tutgancha javob berdi ~ ha
Jk : demak meni eng yaqin boʻlgan doʻstim janob Taehyung deb Taega qarab qoʻydi va davom etdi ~ toʻy kuni bilib turib ketdingmi
Tae endi jim turmas kerak ekanligini bildi va Marindi yoniga borib qizni yelkasidan qoʻlini oʻtkazib yaqin tutdi
Tae : ha Jk lekin biz Marin bilan ikki yildan beri birgamiz va sen bilan toʻyi boʻlishidan oldin boʻlgan bola
Jk : shunday degin nega buni menga oldin aytmagan eding
Tae : nima der edim oʻzi toʻying boʻlishini bir hafta oldin bilgandim nima der edim yoningga kelib Jk sen uylanmoqchi boʻlgan qiz meni sevganim qiz homilador der edimmi
Jk : nima boʻlganda ham aytishing kerak edi Tae
Tae : yoʻq Jk agar aytganimda sen nimadur boshlarding
Jk : endi nima qilay ayt Tae oʻzing vijdon bilan aytchi
Tae : nima qilasan Jk oʻzing juda oshirib yuboryapsan sen ham odamsan shun sal boʻlsa ham
Jk : aytishing kerak edi Tae nima boʻlsa ham
Tae : boʻlmasa nima aytmadim mana endi nima qilasan meni ham oʻldirasanmi yoki itlaringga yem qilasanmi
Jk Taeini bu gaplaridan jahli chiqib oʻsha yerda turgan stolga bor kuchi bilan urgandi Xesu bundan qoʻrqib bir sakrab tushdi
Jk : oʻchir ovozingni va daf boʻl koʻzimdan anavi hotiningni ham ol yoʻqol ikking ham
Tae ham jahl bilan Jkga qarab qoʻydi
Tae : jahl bitta senda bor emas Jk sen oʻzingni qoʻlga olishni oʻrgan degancha Marindi qoʻlidan ushlab olib ketmoqchi boʻlgan edi Marin joyida turdi Tae jahli chiqib turgani uchun Maringa sovuq va buyruqli qarab qoʻydi
Marin : yoʻq Tae singlimni bunday axvolda tashlab keta olmayman olov boʻlib yonyapti issigʻi baland
Tae endi gapiraman degan ham edi Xesu turgan joyida boshi aylanib koʻz oldi qorongʻu boʻla boshladi va boshi aylanib koʻzlari yumilib yerga yiqildi