August 8, 2025

Sukutdagi faryod Ep 15

Marin : nima qiladi bilib qolsa

Tae : agar yaxshilab shuntirmasa aniq asabidan qocha olmay qolamiz

Marin : ja unchalik emasdur

Tae : Marin sen uni jahli chiqan paytidagi holatini bilmaysanda

Marin bu gaplarni eshitib ichidan sovuq ter chiqib ketdi

Marin : nima men singlimni shunday yomon odamni qoʻliga berib keldimmi

Tae : Marin hali hammasi yaxshi boʻladi u yerdagi holatni esa borgandan keyin koʻramiz endi esa qani ketdik

Marin : Tae negadur yuragim boshqacha uryapti

Tae : nimadir boʻldimi sevgilim axvoling yaxshimi

Marin koʻzlariga yosh olib ~ men hato qildimmi

Tae qizni koʻzlaridagi asta sekin oqib tushyatgan koʻz yoshlarini artdi

Tae : hato qilganing yoʻq azizam axir sen qorningda osyatgan farzandlarimizni oʻylading

Marin : lekin hozirgi gaplaring Tae yuragimni siqyapti axir Xesu kichkina

Tae : Marin bilib boʻlmaydi qani tur aks holda samalyotga kech qolamiz

Tae shu degancha Marindi qoʻlidan ushlab oxista oʻrnidan turgazib oldi va peshonasidan oʻpib qoʻyib chamadonlarni olib pastga tushdi pastga ularni katta qora mashina kutib turardi Tae yuklarni orqaga qoʻydi va Marindi yon tomoniga oxista oʻtkazib oʻzi ham haydovchi oʻrindiqqa oʻtirib moshinani oʻt oldirib asta sekin uydan uzoqlashdilar . Marin yoʻlda ketarkan derazadan tashqariga qarab atrofni tomosha qilib ketardi

Marin pov

Men boshidan hato qildimmi bilmayman axir men ham bunday boʻlishini bilmagandim Taeini qanchalar sevmay Xesuni ham shunday yaxshi koʻraman lekin nima qilay qornimda oʻsib borayotgan chaqaloqlar uchun Taeini sevganim uchun hammasiga chidayman lekin Xesu juda kichkina u qanday chidaydi hozir qaysi axvolda ekan bilmayman ham agar uni axvoli yaxshi boʻlmasa men oʻzimni kechira olmayman hech qachon. U men uchun hamma narsaga tayyor edi doim men nimadir ayb qilsam oʻz boʻyniga olardi hech qachon meni yolgʻiz qoldirmagandi men esa Xesuga nohaqlik qildim ex meni kichkina farishtam sen huddi yerda yurgan kichkina farishtasan lekin seni kimga berib qoʻydim . Farishtani doimiy ravishda qiynab azob beradigan maxluqni qoʻliga tashlab qoʻymadim degan umiddaman u senga mexribon boʻlsin men oʻylagan hech qaysi biri boʻlmasin iloyim

Marin shularni oʻylab hattoki aeroportga yetib kelganini ham bilmay qoldi moshina asta sekin tashqariga toʻxtagandan keyin Tae Maringa qaradi

Tae : axvoling yaxshimi Marin

Marin : ha yaxshi ketdikmi

Tae : ha sevgilim

Tae shu degancha moshinani orqa tomonidan chamadonlarni oldi va Marin bilan ichkariga kirdi va roʻyxatdan oʻtishib samalyotga chiqishdi . Marin oyna tomonga oʻtirib tashqariga qarab turar ekan Tae havotir olib qizga qarab turardi

Tae : Marin axvoling yaxshimi

Marin : ha yaxshi

Tae : koʻp hayol surib qolyapsan

Marin : shunchaki oʻzim azizam hammasi yaxshi

Marin shunday deb Taega tabassum qilib qoʻydi va Taeini yelkasiga boshini qoʻyib oldi

Marin : sizni sevaman Tae

Tae tabassum qilgancha biroz pastlab Marindi sochlarini silab peshonasidan oʻpib qoʻydi

Tae : men ham seni sevaman sevgilim

Taehyung

Kechki payt soat 20³⁵ dan oʻtar ekan Jk mexmonxonada kompyuterni titkilab nimadur qilardi Xesu esa Arin bilan oʻsha yerda oʻynab oʻtirarkan birdan eshik jiringlay boshladi . Jk bundan biroz tabassum qilgancha kompyuterni oʻsha yerdagi stol yoniga qoʻydi Xesu esa unga eʼtibor bermay qiz bilan oʻynab oʻtirarkan Jk hech narsa demay tashqariga chiqib eshikni oʻzi borib ochar ekan qarshisida Tae bilan Marin turar edi . Jk Taeini koʻrib biroz boʻlsada kayfiyati koʻtarildi Tae esa oʻylab oʻtirmay Jkni bagʻriga bosdi

Tae : seni sogʻindim doʻstim nima sen meni sogʻinmadingmi

Jk : aniq emas lekin sogʻindim desa boʻladi

Tae : axmoq bola Arin qayerda

Jk : oyisi bilan oʻynayapti keyin Taeini yonida turgan Maringa bir qarab qoʻydi ~ bu qiz kim

Tae Marindi qoʻllarini ushlab ~ bu meni xotinim

Jk bir Maringa qarab qoʻydi ~ demak shu qizmi

Tae : ha

Jk : qani unda ichkariga kiringlar

Jk shu degancha biroz chetga oʻtdi va Marin bilan Taeini ichkariga kirishi uchun joy boʻshatdi

Marin ichkariga kirar ekan yuragi toʻxtovsiz urardi Tae buni bilib qizga dalda berish uchun Marindi qoʻlini ushlab turar ekan birdan mexmonxonadan Arin yugurib chiqib Taeini koʻrdi va yugurib kelib quchoqlab oldi Tae ham Marindi qoʻllarini qoʻyib yuborib qizni ushlab oldi

Arin : amakijon sizni juda sogʻindim

Tae : men ham seni sogʻindim malikam

Jk Aringa qarab qoʻydi ~ qizim oying qani

Arin : dadajon oyim negadur xonasiga chiqib ketdi

Arin

Jk : nega

Arin : bilmayman dada

Jk Taega qarab qoʻydi ~ sen mexmonxonaga kirib tur men xozir tushaman

Tae : yaxshi

Jk bir Taega qarab qoʻydi va hech narsa demay tepaga chiqib ketdi va toʻgʻri Xesuni honasiga kirdi soʻng eshikni ortidan qulflab oldi

Jk : nega pastda emassan

Xesu : men biroz gʻalati boʻldim shunga dam olish uchun chiqandim

Jk : hali erta uyqu paytiga qani yonimga tushchi

Xesu : iltimos Jungkook

Jk : asabimni buzyapsan Xesu

Xesu Jkga biroz boshini egib qararkan Jkni nigohida hech qanday baxsga oʻrin yoʻq ekanligini koʻrdi va sekin yurib Jkni yoniga bordi bundan Jk lablarini chetida kichik tabassum qilgancha

Jk : shunday davom et agar pastga tushganda bironta hunar koʻrsatsang yoki doʻstimga qarasang sogʻ qoʻymayman shundingmi

Xesu titrab ~ ha shundim

Xesu endi eshikni tutqichini ushlagan ham edi Jk qizni qoʻllarini ushlab oldi

Jk : koʻp gapirma faqat mano bilan gapir

Xesu : xoʻp

Keyin Jk Xesuni qoʻllarini qoʻyib yubordi va Xesuga biroz boʻsh joy qoʻyib uzoqlashdi Xesu Jkga etibor bermay zoʻrgʻa oyoqda turgancha xonadan chiqib katta zinalardan tushar ekan qiz borgan sari kuchsiz boʻlib qolayotgan edi goʻyoki Jk qizni orqasidan tushar ekan Xesuni holsiz boʻlib qolganini sezganday boʻldi lekin parvo qilmadi . Xesu nihoyat katta zinalardan tushib mexmonxonaga kirar ekan birdan opasini koʻrib joyida toshdek qotib qoldi , Marin ham singlisiga qarab turar ekan Xesuni yuzi oqarib ketganini koʻrib yuragi siqila boshladi .
Jk Xesuga qarab turarkan joyida hech qanday reaksiyasiz turgan koʻzlari faqat Maringa qaralgan qizni koʻrib asabi buzildi lekin Arindi yonida buni bildirishni istamay Xesuni yoniga borib qulogʻiga pichirladi

Jk : agar shunday bir joyda u qizga qarab tursang mushukcham ertaga shu oyoqlaring oʻzingga qarshi chiqib tura olmay qolasan endi esa borib qiz bilan koʻrish va Arindi yoniga oʻtir

Muallif : Park Xesu

Kanal : Bangtan Tales