January 25, 2021

Websayt qanday ochiladi.

Bizga bitta html sahifa kodi kerak bo'ladi. Tayyor Kirill-lotin sayt kodini bu link orqali yuklab olishingiz mumkin. Agar sizda tayyor html site kodi bo'lsa osha saytingiz kodini ishlatsangiz ham bo'ladi.

Hosting ga joylashtiramiz.

Hosting - Bu saytni saqlab turuvchi kompyuter deb deb hisoblasak ham bo'ladi. Qachonki kimdur sayt ochishni hohlasa hosting sorov jo'natga odamga sayt contentini jo'natib beradi.

Netlify.com ga kiramiz

Saytning yuqori o'ng tarafidagi "Sign up" tugmasini bosamiz. Email orqali ro'yxatdan o'tamiz.

Ro'yxatdan o'tgandan so'ng ochilgan sayt margazida kodimizi joylash uchun maydon ochiladi o'sha yerga proyektimiz faylini ustiga sichqonchaning chap tugmasini bosib qo'yib yubormasdan kursorni olib boramiz va qo'yib yuboramiz.

Yuqoridagini bajarganimizdan keyin bizi saytimiz ochiladi. Keyin saytimiz nomini o'zgartiramiz. Buning uchun ochilgan sahifada site settings tugmasini bosamiz.

Mana saytimiz ham tayyor endi saytnomi.netlify.app ga kirsangiz saytingiz ochiladi.