Today

“Misguided Feelings”

ep-4

yo'lni qayeriga keldim , qaysi bekatda tushib qolishim kerak edi , keyingi bekatgacha yana qancha yurishim kerak , bilmayabman , men hech narsani bilmayabman .... miyyamda ming xil o'y hayol va men ularni tartiblay olmayabman , bir eshikni ochsam ikkinchisi yopilyabdi , bir chiroqni yoqsam boshqasi o'chyabdi , oldinga bitta qadam tashlasam , 10 qadam orqaga qaytyabman , zulmat meni yengyabdi yorug'likka yetishish uchun qo'limdan hech narsa kelmayabdi ... yo'lni o'rtasidaman menimcha oxirim shu ! keyingi bekatga ham yetib borishga kuchim qolmadi .

Qorong'ilik...

Sovuq...

Jimjitlik...

Jungkook hushsiz yotgan bo'lsa ham, xotiralari birin-ketin ko'z oldidan kino tasmasidek o'ta boshladi.


22 yil oldin.

Olti yoshli Jungkook Jeonlar qarorgohining hovlisida akasi Jimin bilan quvlashmachoq o'ynab yurardi.

— Aka, ushlayman!

Jimin kulgancha qochardi.

— Avval ushlab ko'r!

Jungkook kulib uning ortidan yugurdi.

Jimin yashirinish uchun hovlidagi eski omborga kirib ketdi.

— Endi topolmaydi...

U shosha-pisha yashirinadigan joy qidirayotgan paytda oyog'i yerda yotgan arqonga ilinib ketdi.

— Voy!

Gurs!

Jimin boshi bilan polga yiqildi.

Bir zumda peshonasidan qon oqa boshladi.

Eshik oldida turgan Jungkookning rangi oqarib ketdi.

— Aka!

U yugurib bordi.

— Aka, ko'zingizni oching!

Jimin javob bermadi.

Qo'rquvdan yig'lab yuborgan Jungkook uy tomonga yugurdi.

— Oyi! Dada! Akam!


Jiminni shoshilinch shifokorga olib ketishdi.

Yarasiga chok qo'yilib, bir necha soatdan keyin uyga qaytishdi.

Jungkook esa hamon yig'lab akasining yoniga yugurmoqchi edi.

Shu payt Jeon xonim uning qo'lidan qattiq ushladi.

— Hammasiga sen aybdorsan!

— Oyi... men...

Gapini tugatishga ham ulgurmay, ayolning qattiq koyishi va jazosi uni larzaga soldi.

Jungkook yig'lagancha bosh chayqardi.

— Men atay qilmaganman...

Ammo Jeon xonim uni eski yerto'laga olib bordi.

Eshik ochildi.

— Shu yerda o'tirib, qilgan ishingni o'ylab ol!

Sharaq!

Eshik yopildi.

Qulf ovozi butun xonada aks-sado berdi.

— Oyi!

Jungkook eshikni mushtlay boshladi.

— Oyi, iltimos! Oching!

Javob bo'lmadi.

Atrof zim-ziyo edi.

Kichkina Jungkook burchakka qisilib o'tirdi.

Ko'z yoshlarini to'xtata olmasdi.

Har bir soya unga dahshatli narsadek tuyulardi.

Yuragi tez ura boshladi.

— Oyi...

— Iltimos...

— Qo'rqyapman...

Vaqt o'tardi.

Har bir daqiqa unga bir soatdek tuyulardi.

Nafasi bo'g'ziga tiqildi.

Yig'idan ovozi ham chiqmay qoldi.

Oradan qariyb bir yarim soat o'tgach...

Qirs...

Eshik sekin ochildi.

Yorug'lik ichkariga tushdi.

Eshik oldida bir ayol turardi.

U shoshilib Jungkookning yoniga yugurdi.

— Jungkook!

Ayol uni bag'riga bosdi.

— Endi qo'rqma... Men keldim.

Kichkina Jungkook yig'lagancha ayolning quchog'iga yopishib oldi.


Xotira birdan uzildi.

Yerto'ladagi sovuq yana uni o'rab oldi.

Hushsiz yotgan Jungkook lablarini zo'rg'a qimirlatdi.

— Oyi...

— Iltimos...

— Meni olib keting...

Ammo bu safar hech kim kelmadi.

Vahima xuruji tobora kuchayib, ko'z oldidagi soyalar qo'rqinchli tus ola boshladi.

U haqiqat bilan tasavvurni ajrata olmay qoldi.

Nafasi qisildi.

Tanasi qaltiray boshladi.

Va oxirgi kuchini ham yo'qotib, butunlay hushsiz qoldi.

jk koziga nimalar koringan , girls bundan qorqinchli rasmlar qoymoqchidim lekin qoyalmadim duximgamasakan😂

Williamning yuzi oqarib ketdi.

— ...Janob... nima dedingiz? Yerto'ladami?

Taehyung qahvasidan xotirjam ho'pladi.

— Ha.

— Qachondan beri?

— Kechadan.

Williamning qo'lidagi papka yerga tushib ketdi.

— Janob! Kichik janobning kuchli qorong'ilik fobiyasi bor! U yopiq va qorong'i joyda vahima xurujiga uchraydi!

Shu gapdan keyin Taehyungning qo'lidagi finjon gurs etib stolga urildi.

Bir lahza...

Hech narsa eshitilmadi.

Faqat kechagi ovoz miyasida qayta-qayta jaranglardi.

"Taehyung... faqat bu emas... menda fobiya bor..."

Taehyungning jag'i qattiq qisildi.

— La'nat...

William allaqachon yerto'la tomon yugurib ketgandi.

Bu safar Taehyung ham uning ortidan deyarli yugurdi.


William polga tushib yotgan kalitni titroq qo'llari bilan oldi.

Qulfga tiqib, eshikni shoshilib ochdi.

Eshik sharaqlab ochilishi bilan Taehyung birinchi bo'lib ichkariga kirdi.

...va joyida qotib qoldi.

Jungkook sovuq beton pol ustida hushsiz yotardi.

Yuzi oppoq.

Lablari oqarib ketgan.

Peshonasidan oqib tushgan qon allaqachon qotib qolgan edi.

Ammo Taehyungni eng qo'rqitgani bu emasdi.

Jungkookning yuzida vahima qotib qolgandi.

Go'yo hushini yo'qotishidan oldin dahshatli narsani ko'rgandek edi.

Taehyungning yuragi bir urishga to'xtab qolgandek bo'ldi.

— ...Jeon?

Javob bo'lmadi.

William uning yoniga yugurdi.

— Janob Jeon!

U egilmoqchi bo'lganida Taehyung keskin ovozda baqirdi:

— Tegma!

William joyida muzlab qoldi.

Taehyungning o'zi tiz cho'kdi.

Kaftini Jungkookning peshonasiga tekkizdi.

Tanasi o'tdek yonardi.

— La'nat... isitmasi juda baland...

U bir soniya ham yo'qotmadi.

Jungkookni ehtiyotkorlik bilan bag'riga ko'tardi.

William hayrat bilan unga qarab qoldi.

U Taehyungni bolaligidan bilardi.

Ammo uning ko'zlarida ilk bor shunday vahimani ko'rayotgandi.

— Doktorni chaqiring! Hozirning o'zida!

Taehyung zinadan deyarli yugurib yuqoriga chiqdi.

Jungkookning boshi uning yelkasiga osilib turardi.

Har bir qadami bilan miyasida bitta savol aylana boshladi.

"Agar unga biror narsa bo'lsa-chi?"

Bu savolning o'zi Taehyungni g'azablantirdi.

Chunki u nega bunday xavotir olayotganini hali o'zi ham tushunmasdi.

jungkookni shunaqa qilib tasavur qiylar
jungkookni shunaqa qilib tasavur qiylar
jungkookni shunaqa qilib tasavur qiylar
tae bratanimiz

Taehyung Jungkookni bag'riga olgancha zinadan shoshilib yuqoriga ko'tarilardi.

Har bir qadami bilan yuragi g'alati siqilardi.

Nega bunchalik bezovta bo'layotganini o'zi ham tushunmasdi.

Axir bag'rida ko'tarib ketayotgan inson... u hayotida eng ko'p nafratlangan odam edi.

Ammo shu damda miyasida faqat bitta o'y aylanardi.

"Iltimos... kech bo'lmagan bo'lsin..."

Xonaga kirishi bilan uni ehtiyotkorlik bilan karavotga yotqizdi.

Bir soniya ham yo'qotmay hammomga kirdi.

Vannaga iliq suv to'ldirib, Jungkookning isitmasini tushirish uchun tayyorladi.

So'ng uni asta vannaga tushirdi.

Taxminan yarim soat o'tgach, Jungkookning tanasi avvalgidek kuydirib yubormasdi.

Taehyung uni yana ehtiyotkorlik bilan ko'tarib chiqdi.

Sochiqqa o'rab karavotga yotqizdi.

Shkafdan futbolka va shorti olib, indamay kiydirib qo'ydi.

Hammasini tugatgach, xonadan chiqdi.

Koridorda William kutib turardi.

Taehyungning sabri allaqachon tugayotgan edi.

— Doktor qani?

William xotirjam javob berishga urindi.

— Janob Taehyung, doktor oroldagi asosiy korpusda emas ekan. Yo'lda. Taxminan bir soat ichida yetib keladi.

Taehyungning qoshi chimirildi.

— Bir soat?

William boshini quyi soldi.

— Ha, janob.

Taehyung hech narsa demadi.

Faqat jahl bilan mushtini tugib, yana xonaga qaytdi.

Karavot yoniga kelib, uzoq vaqt Jungkookning yuziga tikilib qoldi.

Rangi oqarib ketgan.

Lablari oqarib qolgan.

Nafasi esa zo'rg'a bilinardi.

Taehyung beixtiyor o'ylab qoldi.

"Agar... rostdan ham kech bo'lganida-chi?"

Bu o'y uning o'zini ham cho'chitdi.

— Nimalarni o'ylayapman o'zi...

U boshini chayqadi.

Karavot chetiga o'tirib, Jungkookning peshonasiga kaftini qo'ydi.

Isitma biroz tushgandi.

Taehyung chuqur nafas oldi.

Oradan qariyb bir soat o'tgach, koridordan shoshilgan qadam tovushlari eshitildi.

William shifokor bilan xonaga kirib keldi.

Doktor hech narsani so'ramadi.

William telefonda vaziyatni batafsil tushuntirib ulgurgandi.

U termometrni olib, Jungkookning isitmasini o'lchadi.

— O'ttiz sakkiz butun yetti.

Shifokor dorilarini tayyorlab, tomir orqali yuboriladigan muolajani boshladi.

Hammasi tugagach, Taehyung tomonga o'girildi.

— Bu dorilarni uch mahal, ikki-uch kun davomida ichirsangiz, isitmasi to'liq tushadi.

U stol ustiga dori qutisini qo'ydi.

— U uyg'onganidan keyin birinchi dozani bering.

Shifokor biroz o'ylanib, yana qo'shib qo'ydi.

— Va iloji bo'lsa, uni hozircha yolg'iz qoldirmang. Kuchli vahima xurujidan keyin o'ziga kelishi uchun tinch muhit kerak bo'ladi. Xonada ham yorug'likni o'chirmang.

Taehyung indamay bosh irg'adi.

— Agar isitmasi yana ko'tarilsa, darhol menga qo'ng'iroq qiling.

Shifokor va William xonadan chiqib ketishdi.

Bir muddat o'tgach, Taehyung oshxonaga tushdi.

Oddiy nonushta tayyorlab, patnisni ko'targancha yana xonaga qaytdi.

Eshikni ochishi bilan qadamlari sekinlashdi.

Jungkook uyg'ongan edi.

U hech qanday hissiz, qo'lidagi tomchilatib yuborilgan muolaja tugagan ignaga tikilib o'tirardi.

Taehyung patnisni stol ustiga qo'ydi.

Indamay uning yoniga bordi.

Ignani ehtiyotkorlik bilan yechib oldi va chiqindi qutisiga tashladi.

So'ng Jungkookni sekin o'tqazib, orqasiga yostiq tiradi.

Patnisni olib, uning oldiga qo'ydi.

— Ovqat ye.

Jungkook bir necha soniya ovqatga qarab turdi.

Keyin nigohini Taehyungga qaratdi.

Hech narsa demasdan patnisni itarib yubordi.

Likopcha yerga tushib, shovqin bilan sindi.

Xona yana jimib qoldi.

Taehyung sekin uning oldiga bordi.

Jungkookning iyagidan ushlab, nigohini o'ziga qaratdi.

Ovozi odatdagidan ham past edi.

— Ko'zimga qara, Jeon.

Jungkook indamadi.

— Meni sinama.

Bir lahza sukut saqladi.

— Kechagi qilganlarimni afsusdan deb o'ylama. Men senga achinmayman.

Jungkookning ko'zlari yoshlanib ketdi.

U kulimsiragandek bo'ldi.

— Unda... bobong ko'rishi uchun ham menga soxta mehr ko'rsatma.

Bu safar Taehyungning nigohi yanada sovuqlashdi.

U qo'lini sekin qo'yib yubordi.

— Yaxshi.

Orqasiga burilib, sinib yotgan likopchalarga ishora qildi.

— Qaytganimda bu yer tartibli bo'lsin.

Shu so'zlarni aytib, eshikni ochdi va chiqib ketdi

chilar darhol uning oldiga yugurishdi.

— Nima bo'ldi?

Jungkook hansirab javob berdi.

— Janob Kim... dengizda qolib ketdi... tezroq!

Ikki qo'riqchi vaqtni boy bermay motorli qayiqni ishga tushirdi.

Bir necha daqiqadan so'ng ular Taehyungni topib, villa tomon olib qaytishdi.

Jungkook yerda sinib yotgan likopchalarga, har tomonga sochilib ketgan ovqatga bir qarab qo'ydi.

Bir necha soniya jim turdi.

So'ng yelka qisib qo'ydi.

— O'zing yig'ishtir.

U hech narsaga e'tibor bermay karavotga qayta yotdi.

Ko'rpani boshigacha tortib, ko'zlarini yumdi.

Oradan ko'p o'tmay uxlab qoldi.


Taehyung esa villadan chiqishi bilan Williamga qo'ng'iroq qildi.

— Uyga bitta xizmatkor yuboring.

— Tushunarli, janob.

— Xonani yig'ishtirsin. Ovqat ham tayyorlasin.

Taehyung qo'ng'iroqni uzdi.

U Jungkook baribir xonani yig'ishtirmasligini oldindan bilardi.

Mashinaga o'tirib, oroldagi asosiy korpus tomon yo'l oldi.

Kun bo'yi u yerda ishlarni tekshirdi.

Yangi buyurtmalar, xavfsizlik masalalari va ishlab chiqarishdagi muammolarni birma-bir ko'rib chiqdi.

Korpus orolning eng muhim hududi bo'lib, u yerda noqonuniy qurol ishlab chiqarilar, keyinchalik turli mafiya guruhlari va xorijdagi xaridorlarga yashirin yo'llar bilan yetkazib berilardi.

Taehyung deyarli yarim kunini shu yerda o'tkazdi.

Soat uch yarimlarga yaqin William bilan birga villaga qaytdi.

Uyga kirishi bilan to'g'ri Jungkook yotgan xonaga yo'l oldi.

Eshikni ochib ichkariga qaradi.

Jungkook chuqur uyquda edi.

Uning tinchgina uxlayotganiga bir lahza tikilib turdi.

Hech narsa demay, hammomga kirib ketdi.


Bu orada xizmatkor ayol xonaga kirib, sekin Jungkookni uyg'otdi.

— Kichik janob...

Jungkook ko'zlarini sekin ochdi.

— Janob Kim qaytdilar. Ovqat ham tayyor.

Jungkook indamay bosh irg'adi.

Shkafdan futbolka va shorti olib, pastki qavatdagi hammomga tushdi.

Tezda dush qabul qilib chiqdi.

Oshxonaga kirganida Taehyung va William allaqachon ovqatlanayotgan edi.

Jungkook indamay stolga o'tirdi.

Hech kimga qaramasdan ovqat yeyishni boshladi.

Sukunatni William buzdi.

— Janob Kim, bugun quyosh botishidan oldin sohilga borishingiz kerak. Janob Kim sizlarning qayiqda tushgan suratlaringizni kutyaptilar.

Taehyung beparvo bosh irg'adi.

— Mayli.

Jungkook esa ichida ming'irladi.

— Yana qanday balo ekan...


Bir necha daqiqadan so'ng ular mashinada sohil tomon yo'l olishdi.

Butun yo'l davomida ikkalasi ham qarama-qarshi tomonga qarab o'tirdi.

Mashina ichidagi sukunat dvigatel ovozidan boshqa hech narsa bilan buzilmadi.

Sohilga yetib kelishgach, ular oddiy yog'och qayiqka chiqishdi.

William soatiga qarab dedi:

— Men korpusga qaytishim kerak. Sizlar bilan ikki nafar qo'riqchi qoladi.

Taehyung bosh irg'adi.

— Mayli.

William ketgach, qayiq asta-sekin qirg'oqdan uzoqlasha boshladi.

Quyosh ufqqa yaqinlashib, dengiz yuzini oltin rangga bo'yayotgandi.

Taehyung telefonini chiqardi.

— Rasmga tushamiz.

Jungkook darrov norozi bo'ldi.

— Kerak emas.

— Bu senga emas, bobomga kerak.

Taehyung uning yoniga kelib, belidan ushladi.

Jungkook darrov uning qo'lini siltab tashladi.

— Qo'lingni tort.

Taehyung istehzoli kuldi.

— Bobom so'ramaganida qiyshiq belingga tegib ham o'tirmasdim.

Jungkook qoshlarini chimirdi.

— Kimning beli qiyshiq ekanini ko'rib qo'yganga o'xshaysan.

Taehyung javob bermadi.

Yana belidan ushlab, o'ziga yaqin tortdi.

Bir-ikki surat tushdi.

Jungkookning jahli chiqib, keskin o'rnidan turdi.

Taehyungning ovozi birdan jiddiylashdi.

— Qimirlama.

Jungkook e'tibor bermadi.

Shu on qayiq qattiq chayqaldi.

Muvozanat buzildi.

Ikkalasi ham bir tomonga og'ib ketdi.

Shalop!

Qayiq ag'darilib ketdi.

Sovuq dengiz suvi ularni bir zumda yutib yubordi.

Taehyungning boshi qayiq chetiga qattiq urildi.

U og'riqdan tishini tishiga bosdi.

Suv yuziga chiqib, qayiqni to'g'rilashga urindi.

Ammo foydasi bo'lmadi.

Telefon ham, aloqa moslamasi ham suvga tushib ishlamay qolgandi.

Taehyung chuqur nafas oldi.

— Jeon.

Jungkook unga qaradi.

— Sen qirg'oqqacha suzib borishing kerak.

— Sen-chi?

— Men ortingdan borolmayman. Qo'lim lat yegan.

Jungkook uning jarohatlangan qo'liga qaradi.

Bir soniya ikkilanib turdi.

So'ng bosh irg'adi.

— Kut.

U bor kuchini yig'ib, qirg'oq tomon suza boshladi.

Masofa uzoq edi.

Har bir harakat tobora qiyinlashardi.

Ammo u to'xtamadi.

Nihoyat qirg'oqqa yetib, zo'rg'a qum ustiga chiqdi.

Qo'riq

qo'riqchilar darhol uning oldiga yugurishdi.

— Nima bo'ldi?

Jungkook hansirab javob berdi.

— Janob Kim... dengizda qolib ketdi... tezroq!

Ikki qo'riqchi vaqtni boy bermay motorli qayiqni ishga tushirdi.

bir necha daqiqadan song tae ham qirg'oqqa yetib keldi

daraxtga urulib portlagan deb tasavur qiylar