“Misguided Feelings”
yo'lni qayeriga keldim , qaysi bekatda tushib qolishim kerak edi , keyingi bekatgacha yana qancha yurishim kerak , bilmayabman , men hech narsani bilmayabman .... miyyamda ming xil o'y hayol va men ularni tartiblay olmayabman , bir eshikni ochsam ikkinchisi yopilyabdi , bir chiroqni yoqsam boshqasi o'chyabdi , oldinga bitta qadam tashlasam , 10 qadam orqaga qaytyabman , zulmat meni yengyabdi yorug'likka yetishish uchun qo'limdan hech narsa kelmayabdi ... yo'lni o'rtasidaman menimcha oxirim shu ! keyingi bekatga ham yetib borishga kuchim qolmadi .
Tungi soat 1 yarim kimlardir ozining koshonasida shirin uyquda , kimlardir ko'chada savdoidek xuddi yashashga ishtiyoqi yoq yana, kimlardir klubda kayfu safo bilan band dunyo, ish ,oila bilan ishi yoq
korea kochalaring birida katta tezlikda ketyotgan jungkook qancha gazni bosib orqasidan tengma teng kelayotgan mashinalardan qutilish uchun xarakat qilardi
jkpov: bastard Taehyung dunyodagi jamiyki qarg'ish so'kishlarni senga atadim , jungkook ozingni qolga ol ahir sen poygalarda kop qatnashgansankuu aa hayajonlanma ozingga ishon , ... asshole lekin hech kim orqamdan bu fuck off bitch Taehyungga oxshab odamlari bilan quvlamagan
Jungkook mashinasini tezlikda haydab ketayotgan edi. Orqasidan esa beshta mashina tinmay quvib kelardi. U qancha qochishga urinmasin, oxiri ular Jungkookning mashinasini har tomondan qurshab oldi. Endi oldinga ham, orqaga ham yurishning iloji yo'q edi.
Bir necha soniyadan so'ng, ro'paradagi mashinadan Taehyung tushdi. U xotirjam qadamlar bilan Jungkookning mashinasi oldiga kelib, oyna tomon egildi va barmoqlari bilan oynani ikki marta taqillatdi.
Jungkook mashina eshigini sekin ochishi bilan Taehyung bir zumda uning yoqasidan ushlab oldi-da, mashina kuzoviga qattiq tirab qo'ydi.
— Qayergacha qochaman deb o'ylading? Shu no'xatdek miyyang bilan mendan qutulaman, deb o'yladingmi? — dedi u sovuq ohangda.
Gapini tugatishi bilan Taehyung Jungkookning qorniga ketma-ket ikki marta musht tushirdi. Jungkook og'riqdan beixtiyor bukchayib, chuqur nafas oldi.
Taehyung yonida turgan yigitlardan biriga qaradi.
— Jungkookning mashinasini uyiga olib borib qo'y, — dedi u qisqa buyruq ohangida.
So'ng qolganlarga ko'z yugurtirdi.
— Qolganlaring men bilan. Eski omborga ketamiz.
Erkaklar indamay bosh irg'ashdi. Ulardan biri Jungkookning mashinasiga o'tirdi, qolganlari esa Taehyungning ortidan o'z mashinalari tomon yo'l olishdi. Bir necha daqiqadan so'ng mashinalar eski ombor tomon yo'lga tushdi.
Eski omborga yetib kelishgach, Jungkookni ikki qo'riqchi qo'ltiqlab, deyarli sudragancha ichkariga olib kirishdi. Taehyung esa xotirjam qadamlar bilan ularning ortidan kirdi.
Ichkariga kirishi bilan u odamlariga qarab buyruq berdi.
— Jiminni olib chiqing.
Oradan bir necha soniya o'tib, ikki yigit Jiminni yetaklab chiqdi.
Jungkook uni ko'rishi bilan ko'zlari katta-katta ochilib ketdi. Akasining yuzi ko'kargan, labi yorilgan, kiyimlari chang bosgan edi. Uni zo'rg'a tanisa bo'lardi.
Taehyung istehzoli kuldi.
— Men senga aytgandim-ku. Agar to'yga rozi bo'lmasang, akangni o'lgandan battar ahvolga solaman, degan edim. Qara, seni deb akangning ahvoli nima bo'ldi.
U sovuqqina ohangda qo'riqchilariga qaradi.
— Davom eting.
Qo'riqchilar Jimin tomon yurishdi.
— Bo'ldi, Taehyung! — Jungkook baland ovozda baqirdi. — Ularga tegmasin. Men roziman. Nikoh shartnomasiga hozirning o'zida qo'l qo'yaman. Faqat akamga boshqa tegmang.
Jimin boshini ko'tarib, zo'rg'a gapirdi.
— Jungkook... rozi bo'lma... Unga ishonma. Baribir qo'lidan hech narsa kelmaydi...
Taehyung Jimin tomon sovuq nigoh tashladi.
— Jimin, sen jim turganing ma'qul. Hozir ovozini chiqarmasligi kerak bo'lgan oxirgi odam sensan. Menimcha, olgan saboqlaring hali yetarli bo'lmagan shekilli.
Shundan so'ng Taehyung paltosining ichki cho'ntagidan ruchka va nikoh shartnomasini olib, Jungkookning qo'liga tutqazdi.
— Ol. Agar boshidanoq aqlli bola bo'lganingda, na sen, na akang bu ahvolga tushmasdi. Endi esa vaqtni bekorga cho'zma. Qo'l qo'y.
Jungkook oppoq kostyum-shimda oyna qarshisida turardi. U uzoq vaqt o'z aksiga tikilib qoldi. Ko'zlarida na hayajon, na quvonch bor edi. Faqat charchoq va ichki kurash...
U achchiq kulib, past ovozda o'ziga gapirdi.
— Jin ursin... Hech qachon yigirma sakkiz yoshimda shunday kunni ko'raman, deb o'ylamagandim. Men erkakman... lekin bugun boshqa bir erkakka turmush qurishga majbur bo'lyapman.
U chuqur xo'rsinib, nigohini oynadan uzmadi.
— Hayotimda bunday munosabatlarni hech qachon o'zim uchun tasavvur ham qilmagan edim. Endi esa... taqdir meni aynan shu vaziyatga olib keldi.
Jungkook mushtlarini mahkam tugdi.
— Qanday qilib hayotim bir haftada bunchalik o'zgarib ketdi?..
Xonaga janob Jeon kirib keldi. U bir muddat o'g'liga tikilib turdi-da, ohista gap boshladi.
— O'g'lim... agar fikring o'zgargan bo'lsa, hozir ham kech emas. Men bu to'yni to'xtataman. O'zingni majburlashing shart emas.
Jungkook otasiga mayin kulimsiradi.
— Dada... men bunga majburman. Aks holda Jiminga bundan battar boladi Balki sizga ham zarar yetkazishi mumkin.
U kostyumining yenglarini to'g'rilab qo'ydi.
— Xavotir olmang. O'g'lingiz nimjon qiz bola emas-ku. Kerak bo'lsa, Taehyungni bitta urib ag'darib qo'yaman.
Ikkalasi ham yengil kulib yuborishdi. Ammo bu kulgining ortida qancha og'riq yashiringanini ikkalasi ham yaxshi bilardi.
Bir necha daqiqadan so'ng janob Jeon Jungkookning qo'lidan ushlab, uni to'y marosimi bo'layotgan zalga olib kirdi.
Taehyung allaqachon marosim joyida kutib turardi.
Janob Jeon o'g'lining qo'lini sekin Taehyungning qo'liga tutqazdi. So'ng indamay bir qadam ortga chekindi.
Marosim boshlandi.
Rasmiy nikoh o'qildi. Ikkalasi ham majburan rozilik bildirdi.
Shundan so'ng uzuklar taqildi.
Marosim yakunida Taehyung Jungkookka yaqinlashib, uning peshonasidan qisqa o'pib qo'ydi. Jungkook esa hech qanday javob qaytarmadi.
To'y davom etardi.
Zalda qarindoshlar, taniqli biznesmenlar va mehmonlar bir-biri bilan suhbatlashib, yangi turmush qurgan juftlikni tabriklashardi. Taehyung ham mehmonlar bilan salomlashib, ularni tanishtirib yurardi.
Shu payt...
Zalning katta eshiklari sekin ochildi.
Ichkariga kimdir kirib keldi.
Bir lahzada butun zal jimib qoldi.
Hamma eshik tomonga qarab qotib qoldi.
Taehyungning chehrasi birdan o'zgardi. Jag'lari qattiq qisildi, ko'zlaridagi sovuqlik yanada kuchaydi.
Ammo Jungkook...
U eshik tomonga qarashi bilan ko'zlari chaqnab ketdi.
Lablarida uzoq vaqtdan beri yo'qolgan tabassum paydo bo'ldi.
Ko'zlariga esa beixtiyor quvonch yosh qalqidi.