June 29

“Misguided Feelings”

ep-2

yo'lni qayeriga keldim , qaysi bekatda tushib qolishim kerak edi , keyingi bekatgacha yana qancha yurishim kerak , bilmayabman , men hech narsani bilmayabman .... miyyamda ming xil o'y hayol va men ularni tartiblay olmayabman , bir eshikni ochsam ikkinchisi yopilyabdi , bir chiroqni yoqsam boshqasi o'chyabdi , oldinga bitta qadam tashlasam , 10 qadam orqaga qaytyabman , zulmat meni yengyabdi yorug'likka yetishish uchun qo'limdan hech narsa kelmayabdi ... yo'lni o'rtasidaman menimcha oxirim shu ! keyingi bekatga ham yetib borishga kuchim qolmadi .

Eshikdan kirib kelgan odamni ko'rishi bilan zal bir zumda jimib qoldi.

Hamma hayrat bilan eshik tomonga qaradi.

Bu... Jimin edi.

Qo'li gipsda, yuzidagi ko'karishlar hali ham ketmagan, labidagi jarohatlar ham yaqqol bilinib turardi. Shunga qaramay, u tik qadam tashlab ichkariga kirib keldi.

kaltaklangan holini tasavur qililar😁

Jungkook uni ko'rishi bilan ko'zlarniga yosh qalqdi.

— Aka...
Jimin kulimsirab ukasiga yaqinlashdi.

— Yagona ukamning to'yini o'tkazib yuborarmidim?

Jungkook yugurib borib akasini mahkam quchoqladi.

Jimin ham uni bag'riga bosib, yelkasiga ohista qoqdi.

Bu manzarani kuzatib turgan Taehyungning yuzi asta-sekin tundlashdi.

U sekin kulimsirab, istehzoli ohangda gapirdi:

— Ooh... aziz rafiqamning akasi. Azizim Jimin, qarasam, bir haftada ancha tuzalib qolibsan. Attang...

Jimin esa go'yo Taehyungning ovozini umuman eshitmagandek, unga bir marta ham qaramadi.
U butun e'tiborini Jungkookka qaratib, ukasining ahvolini so'rashda davom etdi.

Taehyung esa bu bepisandlikdan jag'ini qattiq qisdi. Uning ko'zlaridagi sovuq nigoh Jiminni tark etmasdi.

Jungkook ko'z yoshlarini artib, Jimin tomonga kulib qaradi.

— Aka... qarang-a Yagona ukangiz uylanishi kerak bo'lgan paytda, turmushga chiqyapti.

U hazillashgandek gapirdi, ammo ovozidagi achchiqlikni yashira olmadi.

Jimin yengil kulimsirab, ukasining yelkasiga qoqdi.

— Qanday bo'lmasin, bugun sening yoningdaman.

Shu payt fotograf balandroq ovozda gapirdi.

— Iltimos, hamma oila a'zolari shu yerga yig'ilsin. Oilaviy suratga tushamiz.

Birinchi bo'lib janob Jeon Jiminning yoniga kelib turdi.
Taehyung esa Jungkookning yonidan joy oldi.
Oradan ko'p o'tmay Taehyungning otasi va bobosi ham kelib, ularning yoniga turishdi.
Fotograf hammaning joylashib olganiga ishonch hosil qilgach, kamerani ko'tardi.

— Hamma kamera tomonga qarang... Bir... ikki... uch!

Kamera chaqnadi.
Yana bir necha marta suratga olindi.
Shu tariqa ikki oilaning ilk oilaviy surati olindi.
Tashqaridan qaraganda hammasi mukammaldek ko'rinardi. Ammo o'sha surat ortida majburiy nikoh, yashirilgan og'riqlar va hali ochilmagan sirlar yashirin edi.

Shu tariqa to'y ham yakunlandi.

Mehmonlar asta-sekin tarqala boshlashdi.

Taehyung va Jungkook esa mashinaga o'tirib, mehmon xona tomon yo'l olishdi.

Mashina ichida sukunat hukm surardi.

Jungkookning tog'risiga o'tirar, ko'zini undan bir lahza ham uzmay qarab turardi.

Bir necha daqiqa o'tgach, Jungkook bunga chiday olmadi.

U Taehyungga g'ijinib qaradi.

— Menga bunaqa tikilib qarashni bas qil. Men erkakman, qiz bola emas. Yana shunday qarasang, hozir ko'zingga qo'limni tiqib yuboraman bir yo'la ko'r bolib qolasan.

Taehyung miyig'ida kulib qo'ydi.

— Qanday qaramay?

Jungkook labini burib, deraza tomonga o'girildi.

— Ana shu... hirs to'la ko'zlaring bilan qaramagin.

Taehyungning kulgisi yanada kengaydi.

— Men hali hech narsa qilganim ham yo'q-ku.
Jungkook esa indamay derazadan tashqariga qarab o'tirardi. Uning lablari hali ham norozi tarzda burilgan,

Taehyung esa bundan ichida kulib qo'yardi.

mashinada tipa shunaqa qarayabdi
labini burib derazaga qarab ketyabdi broo

Mashina mehmonxona oldida to'xtashi bilan Jungkook hech kimni kutmay eshikni ochdi-da, tez-tez qadam tashlagancha ichkariga kirib ketdi.

Taehyung esa uning ortidan qarab, miyig'ida kulib qo'ydi.

— Qiziq bola...

U resepsiya tomon yurdi.

— Xush kelibsiz, janob Kim. Sizga qanday yordam bera olaman?

— Kim Taehyung nomiga band qilingan xonani tekshirib bera olasizmi?

Resepsionist kompyuterga bir necha soniya tikilib turdi.

— Ha, janob Kim. 26-qavat, 356-xona tayyor.

U ikki dona xona kartasini Taehyungga uzatdi.

— Rahmat.

Taehyung Jungkookning oldiga borib, kartalardan birini unga uzatdi.

— Sen xonaga chiqib tur. Mening ozgina ishim bor. Tez qaytaman.

Jungkook indamay kartani oldi-da, lift tomon yurdi.


Xonaga kirishi bilan Jungkookning jahli chiqdi.

Pol bo'ylab qizil atirgul yaproqlari sochilgan, har tomonda shamlar yonib turardi.

— Jin ursin...

U ularga e'tibor bermaslikka harakat qilib, yotoqxona tomon yurdi.

Ammo karavotni ko'rishi bilan sabri tugadi.

To'shak atrofi ham gullar bilan bezatilgan, o'rtasiga esa qizil ipak tungi xalat qo'yilgan edi.

— Bularning hammasi nima o'zi?!

U gullarni yerga uloqtirdi, shamlarni bir chetga surdi, qizil xalatni esa jahl bilan polga otdi.

— Men bunaqa tentak o'yinlarga umuman qo'shilmayman!

Chuqur nafas olib, o'zini tinchlantirishga urindi.

— E'tibor berma... shunchaki e'tibor berma...

U shkaf tomon yurdi.

Shkaf eshigini ochishi bilan qotib qoldi.

Ichida turli rangdagi tungi kiyimlar osig'liq turardi.

Bir necha soniya indamay qarab turdi.

Keyin birdan qah-qah otib kulib yubordi.

— Bular... men bilan hazillashyaptimi?

Kulishi tobora balandlashardi.

— Zo'r... juda zo'r...

Birdan kulgisi to'xtadi.

— Yetar!

U bor ovozi bilan baqirib yubordi.

Shkafdagi kiyimlarni bittalab sug'urib olib, polga ota boshladi.

Ba'zilarini yirtib tashladi, ba'zilarini esa xonaning narigi burchagiga uloqtirdi.

Oradan ko'p o'tmay xona ag'dar-to'ntar bo'lib ketdi.

Jungkook esa jahl bilan hammom eshigini ochib, ichkariga kirib ketdi.


Oradan bir necha daqiqa o'tib, Taehyung xonaga kirib keldi.

Atrofga ko'z yugurtirdi.

Polda gullar, yirtilgan kiyimlar...

U asabiy kulib yubordi.

— Bobo... bularni o'zingiz tayyorlatganingiz bilinib turibdi.

U telefonini olib resepsiyaga qo'ng'iroq qildi.

— Menga ikkita xona xizmatchisini yuboring.

Ko'p o'tmay ikki nafar xizmatchi kirib keldi.

Taehyung ularga qarab:

— Xonani tartibga keltiring. Yana ikkita oddiy kiyim ham olib keling. Erkaklar uchun.

— Xo'p, janob Kim.

Ular tezda xonani yig'ishtirib, yangi kiyimlarni olib kelishdi.

Taehyung kiyimlarni olib, bosh irg'adi.

— Rahmat.

Xizmatchilar chiqib ketishdi.

Taehyung ham kiyimini almashtirib, qora futbolka va sport shimda divanga o'tirdi.

Xuddi shu paytda hammom eshigi ochildi.

Jungkook tashqariga chiqdi.

Xonaning yana ozoda holatga kelganini ko'rib, yengil jilmaydi.

— Nihoyat...

U karavotga borib, o'zini tashladi.

Taehyung unga qarab kuldi.

— Karavot juda katta ekan.

— Menga farqi yo'q.

— Men ham shu yerda yotaman.

— Divan bo'sh-ku.

— Karavot qulayroq.

— Unda narigi chetida yot. Menga yaqinlashma.

Taehyung indamay karavotning narigi tomoniga chiqdi.

Ikkalasi ham bir-biriga orqa qilib yotishdi.

Bir necha soniyadan keyin Jungkook ko'rpani o'ziga tortdi.

Taehyung ham narigi chetidan ushladi.

— Qo'yib yubor.

— O'zing qo'yib yubor.

— Men birinchi olganman.

— Menga baribir.

Ikkalasi ham ko'rpani tortishda davom etdi.

Birdan Jungkook qo'lini qo'yib yubordi.

Taehyung muvozanatini yo'qotib, karavotdan gurs etib polga yiqildi.

— Voy...

Belini ushlab o'rnidan turdi.

— Haziling zo'r ekan.

— O'zing aybdorsan.

Taehyung jahli chiqib, Jungkookning oyog'idan tortdi.

— Hoy!

Jungkook ham tortishib ketdi.

— Qo'limni tekkizma!

— Unda tinchgina yot!

— Buyruq berma menga!

Taehyung uning ikki qo'lidan ushlab, karavotga bosib turdi.

— Jim yot. Bo'lmasa bugun ikkovimiz ham uxlamaymiz.

Jungkook unga tikilib qoldi.

Taehyungning nigohi esa beixtiyor Jungkookning ko'zlariga tushdi.

Bir necha soniya indamay qarab turdi.

Keyin nigohi asta uning lablariga ko'chdi.

jungkook buni sezib, qoshini chimirdi.

— Nima bo'ldi? Nega qotib qolding?

Taehyung javob bermadi.

Shu zahoti Jungkook oyog'i bilan uni qattiq itarib yubordi.

— Hushingni yig'!

Taehyung ortga tisarilib ketdi.

Jungkook yostiqni bag'riga bosib, miyig'ida kuldi.

— Yana shunaqa tikilib qolsang, keyingisi bundan ham kuchliroq bo'ladi.

Taehyung chuqur xo'rsinib boshini chayqadi.

— Sen bilan yashash oson bo'lmaydi shekilli, Jeon Jungkook.

— Men ham xuddi shuni aytmoqchi edim.

Ertasi kuni ertalab.

Qora mashina Kimlar qarorgohi hovlisiga kirib keldi.

Mashinadan birinchi bo'lib Taehyung tushdi. Ortidan esa Jungkook ham indamay tushib, ikkalasi uy tomon yo'l olishdi.

Uy ichiga kirishlari bilan nonushta allaqachon tayyor edi.

Stol atrofida janob Kim, Taehyungning otasi va bobosi o'tirishardi.

Taehyung ham, Jungkook ham indamay joylariga o'tirishdi.

Bir necha daqiqa davomida stol atrofini faqat idish-tovoq tovushlari egalladi.

Sukunatni bobosi buzdi.

— Xo'sh... yaxshi dam oldinglarmi?

Jungkook qo'lidagi qoshiqni stolga qo'ydi.

Taehyung esa sovuq ohangda javob berdi.

— Savolingizga javobni o'zingiz bilasiz.

Bobosi miyig'ida kuldi.

— Demak, navbatdagi ishni ham hal qilish vaqti kelibdi.

Taehyung qoshini chimirdi.

— Yana nima?

— Asal oyiga borasizlar.

Bu gapni eshitishi bilan Jungkook ham, Taehyung ham bir paytning o'zida bobosiga qarashdi.

— Nima?! — dedi ikkalasi deyarli baravar.

Taehyung jahli chiqib, stul suyanchig'iga suyanib o'tirdi.

— Men bilan o'yin o'ynamang, bobo. Siz "Jungkookga uylanasan", dedingiz. Uylandim. Endi va'dangizda turing. Merosni nomimga o'tkazing.

Bobosi xotirjam choyidan bir ho'plam ichdi.

— Ha, uylanding.

U bir lahza sukut saqladi.

— Lekin kim menga olti oydan keyin ajrashmasligingga kafolat beradi?

Taehyungning jag'i qattiq qisildi.

— Siz...

— Shoshilma.

Bobosi uning gapini bo'ldi.

— Olti oy birga yashaysanlar. Shundan keyin merosni o'tkazaman.

Taehyung asabiy kulib yubordi.

— Balki yana farzandli ham bo'linglar, dersiz?

Bu gapni eshitgan Jungkook ovqatiga tiqilib qoldi.

U yo'talib, suv ichdi-da, kulimsirab boboga qaradi.

— Menimcha, buning uchun noto'g'ri odamni tanlagansiz.

Hamma unga qaradi.

— Men erkakman. Ayol emas. Tabiatga qarshi chiqib bo'lmaydi.

Boboning chehrasi birdan jiddiylashdi.

U kafti bilan stolga qattiq urdi.

Tars!

Stol atrofidagilarning hammasi seskanib ketdi.

— Maynavozchilikni bas qiling!

Xonani yana sukunat qopladi.

Bobosi qat'iy ohangda davom etdi.

— Gap tamom. Asal oyiga borasizlar. Aks holda, Taehyung, meros haqida boshqa og'iz ochma.

Shu payt u xizmatkorlardan biriga qaradi.

— Chiptalarni olib kel.

— Xo'p, janob.

Oradan ko'p o'tmay yosh xizmatkor qiz ikkita aviachipta va bir papkani olib keldi.

Bobosi ularni Taehyungga uzatdi.

Taehyung papkani ochib, manzilga bir qaradi-da, indamay yopdi.

Jungkook esa chuqur xo'rsindi.

Ikkalasi ham rozi bo'lishni istamasdi.

Ammo boshqa ilojlari ham yo'q edi.

Taehyung bobosiga sovuq nigoh tashladi.

— Yaxshi.

U o'rnidan turdi-da, xonadan chiqib ketdi.

Koridorga chiqishi bilan labida ayyor kulgi paydo bo'ldi.

— Asal oyi, demoqchimisiz...

U chiptaga yana bir qarab qo'ydi.

— Mayli... unda bu safar Jeon Jungkookni biroz "ko'nglini yozaman".

Miyasida esa allaqachon Jungkookni jahlidan chiqaradigan turli rejalar aylana boshlagandi.