“Misguided Feelings”
yo'lni qayeriga keldim , qaysi bekatda tushib qolishim kerak edi , keyingi bekatgacha yana qancha yurishim kerak , bilmayabman , men hech narsani bilmayabman .... miyyamda ming xil o'y hayol va men ularni tartiblay olmayabman , bir eshikni ochsam ikkinchisi yopilyabdi , bir chiroqni yoqsam boshqasi o'chyabdi , oldinga bitta qadam tashlasam , 10 qadam orqaga qaytyabman , zulmat meni yengyabdi yorug'likka yetishish uchun qo'limdan hech narsa kelmayabdi ... yo'lni o'rtasidaman menimcha oxirim shu ! keyingi bekatga ham yetib borishga kuchim qolmadi .
Jungkook xonasida karavot chetida o'tirgancha chuqur xo'rsinardi.
Nigohi stol ustida turgan aviachiptalarga tushdi.
U papkani qo'liga olib, ichini ochdi.
Bir necha soniya jim turdi-da, boshini orqaga tashlab kulimsiradi.
— Eh, Jeon Jungkook... Senga Taehyungning o'zi kamlik qilgandek, endi uning bobosi ham asabingni buzadigan bo'ldi. Ikkovlari aniq kelishib olishgan.
U chiptani yana stol ustiga tashlab qo'ydi.
Kechga yaqin hamma kechki ovqat uchun ovqat xonasiga yig'ildi.
Oradan ko'p o'tmay Taehyung ham ishdan qaytdi.
U indamay xonasiga kirib, kiyimini almashtirdi. Bir necha daqiqadan so'ng qora uy kiyimida stolga kelib o'tirdi.
Faqat idish-tovoq ovozlari eshitilib turardi.
— Reys ertaga soat to'qqiz yarimda. Umid qilamanki, ikkalangiz ham chiptalarni ko'rgansiz.
Taehyung indamay ovqatlanishda davom etdi.
Bobosi esa yonida turgan xizmatkorga qaradi.
— Taehyung bilan Jungkookning chamadonlarini tayyorlang.
Jungkook shu zahoti boshini ko'tardi.
Kechagi mehmonxonadagi "tayyorgarlik" ko'z oldiga kelishi bilan qoshi tirishdi.
— Taehyungnikini tayyorlasangiz bo'ladi. O'zimnikini o'zim yig'aman.
Taehyung miyig'ida kulib qo'ydi.
Jungkook buni ko'rib, norozi ohangda dedi:
— Ishontirish niyatim ham yo'q.
Jungkook ko'zlarini aylantirib, ovqatini davom ettirdi.
Kechki ovqat tugagach, ikkalasi yana yo'lakda bir-biriga duch kelishdi.
— Bu uyda hamma senga yo'l berishi shart emas.
— Sen ham o'zingni bu uyning egasi deb o'ylama.
Yana bir necha daqiqa mayda tortishuv davom etdi.
Oxiri ikkalasi ham jahli chiqqancha xonasiga kirib ketishdi.
Kimlar qarorgohi odatdagidan ertaroq uyg'ondi.
Jungkook oq futbolka, sportcha shortik va oq krossovkada pastga tushdi.
Taehyung esa qora futbolka, qora klassik shim va qora soatda odatdagidek saranjom ko'rinardi.
Bir-biriga salom ham bermay mashinaga o'tirishdi.
Oradan ko'p o'tmay ular aeroportga yetib kelishdi.
Oddiy terminal emas, balki Taehyungning shaxsiy samolyoti ularni kutib turardi.
Samolyotga chiqishgach, Jungkook deraza yonidagi o'rindiqqa o'tirdi.
Taehyung esa uning qarshisiga joylashdi.
— Jim o'tirolmaysanmi? — dedi Taehyung.
— Men tinchgina o'tiribman. Gapni sen boshlading.
— Sening ovozingning o'zi asabga tegadi.
— Demak, bu borada fikrimiz bir ekan.
Samolyot havoga ko'tarilgach, u derazadan tashqariga bir muddat qarab o'tirdi.
Oradan ko'p o'tmay ko'zlari yumila boshladi.
Bir necha daqiqada u o'rindiqqa suyangancha uxlab qoldi.
Taehyung beixtiyor unga qaradi.
Jungkook uxlaganida odatdagidek jahl qilmas, xuddi beozor quyonchaga o'xshab qolardi.
Taehyungning labida sezilar-sezilmas tabassum paydo bo'ldi.
"Qaniydi... o'sha kuni hammasi boshqacha bo'lganida... Shunchaki uyingda qolganingda, ehtimol hammamizning hayotimiz boshqacha kechardi..."
Bir necha soniyadan so'ng u chuqur nafas olib, nigohini derazaga burdi.
Yuzidagi mayin tabassum yana odatdagi sovuq va jiddiy ifodaga almashdi.
Bir necha soatdan so'ng samolyot orolga qo'ndi.
Ularni villa Taehyungni odamlari kutib olishdi.
Taehyung hech kimga e'tibor bermay mashinaga o'tirdi.
Jungkook ham indamay uning ortidan bordi.
Mashina orolning ichkarisiga kirib, dengiz bo'yidagi ulkan villa oldida to'xtadi.
Taehyung eshik ochilishi bilan mashinadan tushdi-da, Jungkookni kutmasdan uy ichiga kirib ketdi.
Jungkook esa chuqur xo'rsindi.
— Bir soniya kutsa o'ladimi...
U chamadonini olib, sekin villa tomon yurdi.
Eshikni ochishi bilan ichkaridan kulgi ovozi eshitildi.
Jungkook ovoz kelayotgan tomonga qaradi.
Taehyung hovli tomonidagi katta zalda bir nechta ulkan itlar bilan bemalol o'ynab o'tirardi.
Itlar egasining atrofida quvnoq yugurishar, Taehyung esa ularning boshini silab, kulib qo'yardi.
Ammo Jungkook ichkariga kirgan zahoti vaziyat o'zgardi.
Itlarning bari birdan unga qarab qoldi.
Keyingi soniyada ular Jungkook tomon yugurishdi.
Jungkook cho'chib ortga tisarildi.
Itlar uning atrofini o'rab olib, tinmay hurishni boshlashdi.
Jungkook qorquvdan yugurdi va qattiq yiqilb tushdi oyog' ba qollari shilinib ketdi.
— Ularni olib ket Taehyung iltimos
Taehyung esa bir chetda qo'llarini cho'ntagiga solgancha bu holatni zavq bilan kuzatib turardi.
Labining chetida kulgi paydo bo'ldi.
Jungkook javob ham bera olmadi.
Itlarning baland hurishi uni battar sarosimaga solgandi. Qo'rquvdan ko'zlariga yosh qalqdi.
Taehyung bir muddat sukut saqlab turdi shunda ko'zi qo'riqchilarga tushdi ular Jungkookga g'alati ko'z bilan qarab turishardi . Taehyungni bundan jaxli chiqib ketdi lekin bildirmaslikka xarakat qildi.
So'ng xotirjam ovozda hushtak chaldi.
Itlar darhol egasining oldiga qaytishdi.
Taehyung ularning boshini silab qo'ydi-da, Jungkookga sovuq nigoh tashladi.
— Xavotir olma. Ruxsat bermasam, ular hech kimga tegmaydi.
Jungkook og'ir nafas olib, hali ham o'ziga kelolmay turardi.
— Lekin ... Menga tegdi , Sen... rostdan ham jinnisan.
— Endi bildingmi? Itlarga kelsak ular shunchaki xuradi holos tishlamadi.
Uning labida sovuq tabassum paydo bo'ldi.
— Asal oyimizning azobli kunlariga ..
Jungkook jag'ini qattiq qisdi.
— Pushaymon bo'ladigan odamni noto'g'ri tanlading.
— Bu orolda bobomni topishing yoki seni himoya qiladiganini topishingni iloji yoq boshqa hech kim tarafingni olmaydi. Shuni esingdan chiqarmagin.
Shunday deb, Taehyung Jungkookning yelkasiga qasddan yengil urilib o'tib ketdi.
Jungkook esa uning ortidan tikilib qoldi.
Ichida bitta o'y aylanardi.
"Qasam ichaman, Kim Taehyung... bir kun kelib seni shu kibrlaring uchun tiz cho'ktiraman."
Jungkook indamay o'rnidan turdi-da, chamadonini sudragancha villa ichiga kirib ketdi.
Taehyung esa hovlida qolib, qo'riqchilarni yoniga chaqirdi.
Qo'riqchilar boshlig'i oroldagi navbatchilik, xavfsizlik va tashqi hudud bo'yicha qisqacha hisobot bera boshladi.
Suhbat davom etayotgan paytda ellik yoshlardagi bir kishi ularga yaqinlashdi.
Kimlar oilasiga yillar davomida xizmat qilgan, boboning eng ishongan odami.
Taehyung bosh irg'ab salomiga javob qaytardi.
William xotirjam ohangda gap boshladi.
— Janob Kimning buyrug'iga ko'ra qo'riqchilar va xizmatkorlarga ikki kunlik ta'til berildi.
— Menimcha, siz bilan janob Jeonning munosabatlari yaxshilanishini xohlaganlar.
Taehyung istehzoli kulib qo'ydi.
— Bobom hali ham mo''jizalarga ishonarkan.
Taehyung qo'riqchilarga oxirgi topshiriqlarini berdi-da, villa ichiga kirdi.
Yotoqxona eshigini sekin ochdi.
Jungkook allaqachon dush qabul qilib, uxlab qolgan edi.
Taehyung chamadonini bir chetga qo'yar ekan, ko'zi Jungkookning qo'li va oyog'idagi shilingan joylarga tushdi.
Bir necha soniya indamay qarab turdi.
So'ng indamay hammomga kirib, birinchi yordam qutisini olib chiqdi.
Karavot yoniga o'tirib, yaralarni ehtiyotkorlik bilan tozaladi.
Bintni bog'layotib past ovozda ming'irladi.
— Bu ahvoling bilan uzoqqa bormaysan, Jeon.
Bog'lab bo'lgach, bir lahza unga tikilib turdi.
Keyin hech narsa demay o'rnidan turdi.
Shkafdan qora futbolka va keng shim olib, hammomga kirib ketdi.
Suvning shovqini Jungkookni uyg'otib yubordi.
U sekin ko'zlarini ochib, qo'lidagi bintni ko'rdi.
Labida kinoyali kulgi paydo bo'ldi.
Boshini yostiqqa qo'yib, shipga tikildi.
— Hecham senga tushunmayman, Kim Taehyung...
Shunga qaramay, yuragidagi g'azab orasida g'alati bir xotirjamlik paydo bo'lganini o'zi ham inkor qila olmadi.
Oradan ko'p o'tmay hammom eshigi ochildi.
Sochlarini sochiq bilan artdi, ammo Jungkook tomonga bir marta ham qaramadi.
Pastki qavatdagi stol ustida kechki ovqat allaqachon tayyor edi.
Xizmatkorlar ovqatni tayyorlab, villani tark etishgan.
Bir necha daqiqadan so'ng Jungkook ham pastga tushdi.
Taehyung allaqachon stol boshida o'tirib ovqatlanayotgan edi.
Jungkook uning ro'parasidagi stulga o'tirdi.
Faqat qoshiq va likopchalarning mayin tovushi eshitilib turardi.
Jungkook uchun bugungi kun, kutilganidan ko'ra, tinchroq o'tdi.
Faqat hovlida itlar tashlanganini hisobga olmasa...
Taehyung esa kun bo'yi ortiqcha gapirmadi.
Hatto yaralarini bog'lab qo'ygani ham Jungkookni hayron qoldirgandi.
Har holda, bugun Taehyung odatdagidek asabini buzmagani uchun Jungkookning ham kayfiyati biroz joyiga tushgandi.
Kechki ovqat tugagach, Taehyung indamay tashqariga chiqib ketdi.
Jungkook esa dasturxonni yig'ishtira boshladi.
Likopchalarni oshxonaga olib kirib, bittama-bitta yuvdi.
Bir payt o'ziga o'zi kulib yubordi.
— Voy, Jeon Jungkook... sal qoldi, ayol kishiga aylanib qolishing.
U qo'lidagi likopchani chayarkan, yana ming'irladi.
— Idish ham yuvdim... Yaqinda butun villani ham o'zim tozalab yurmasam bo'ldi.
Keyin qo'lidagi bintga ko'zi tushdi.
— Agar yaramni bog'lamaganida, shu idishlarning hammasini o'ziga yuvdirardim.
Ammo ich-ichida Taehyungning nega bunday qilganini haligacha tushunolmayotgandi.
Jungkook xonasiga kirgach, karavotga cho'zildi.
Telefonini qo'liga olib, ijtimoiy tarmoqlarni bir-ikki soat varaqladi.
Ko'zlari yumila boshlagach, telefonni chetga qo'yib, uxlab qoldi.
— Men zaldagi divanda uxlayman, — deb xonadan chiqib ketgandi.
Qandaydir taqillagan ovoz Jungkookni uyg'otib yubordi.
U boshini ko'tarib, quloq soldi.
Jungkook karavotdan tushib, xonadan chiqdi.
Ovoz pastki qavatdan kelayotgandek edi.
U sekin zinadan tusha boshladi.
Taqillash tobora aniqroq eshitila boshladi.
Go'yo villa yerto'lasi tomondan kelayotgandi.
Jungkook yana bir qadam tashlaganida...
Butun villaning chiroqlari o'chib qoldi.
U darhol telefonining chirog'ini yoqdi.
Qo'llari beixtiyor titray boshladi.
Kimdir orqasidan qattiq turtib yubordi.
Jungkook muvozanatini yo'qotib, zinadan pastga yumalab tushdi.
Ko'z oldi bir zum qorong'ilashdi.
U hali o'rnidan turishga ulgurmay, kimdir yoqasidan tortib, yerto'ladagi xonalardan biriga sudrab kirdi.
Jungkook og'ir nafas olib, qarshisidagi odamga tikildi.
Telefon chirog'ining xira nurida u Taehyungni tanidi.
Taehyungning nigohi odatdagidan ham sovuq edi.
U Jungkookning yoqasidan mahkam ushladi.
— Nima, bir-ikki marta yaxshi muomala qilsam, hammasini unutadi deb o'yladingmi, Jeon?
Taehyungning ovozi yanada sovuqlashdi.
— Sen mening onamni mendan tortib olding.
— Men buni hech qachon unutmayman.
Jungkook boshini qiyinchilik bilan chayqadi.
— Men... bunday qilmaganman...
Taehyung uning gapini bo'lib yubordi.
— Bobomning ko'ziga yaxshi ko'rinish uchun senga tegmay yurgandim. Meros masalasi hal bo'lguncha o'zimni bosdim.
— Lekin u ham meni o'ynatyapti.
— Men... onangni men ham yaxshi ko'rardim... Uni onamdek ko'rardim...
— Meni qotil... dema... Axir u hali...
Uning nafasi bo'g'ziga tiqildi.
Taehyungning jag'i qattiq qisildi.
Bir lahza Jungkookga tikilib turdi.
So'ng jahl bilan qorniga arqama arqa musht tushurib telefonini yerdan oldi.
— Bugunchalik maroqli tunni shu yerda o'tkazasan.
U tashqariga chiqib, eshikni qulfladi.
Qadam tovushlari uzoqlasha boshladi.
Jungkook eshik tomon sudraldi.
Yerto'lani yana sukunat egalladi.
Jungkookning nafasi tezlashib, ko'kragi siqila boshladi.