Today

“Misguided Feelings”

ep-4 davomi

girls sorry bu joyi teletype bolmay qolibdu

Jungkook bilan Taehyung bitta mashinaga o'tirishdi.

Qo'riqchilar esa ularning ortidan boshqa mashinada yo'lga tushishdi.

Taehyung rul tomon yurarkan, Jungkook unga qaradi.

— Tush. Men haydayman.

Taehyung qoshini chimirdi.

— Nima?

— Qo'ling yaralangan. Boshing ham lat yegan. Rostini aytsam, bugun o'lib ketish niyatim yo'q.

Taehyungning jag' muskullari qattiq tortildi.

Bir necha soniya Jungkookga tikilib turdi-da, indamay yo'lovchi o'rindig'iga o'tirdi.

Mashina sukunatda harakatlanardi.

Oradan bir necha daqiqa o'tgach, Taehyung orqa oynaga qaradi.

Ketma-ket kelayotgan qora mashinalar soni tobora ko'payib borardi.

Nigohi keskinlashdi.

— Jeon...

Jungkook ham orqa oynaga qaradi.

— Nima bo'ldi?

— Orqadagilar bizni kuzatyapti...

Shu lahzaning o'zida birinchi o'q ovozi yangradi.

Bang!

Keyin yana biri.

Va bir zumda atrofni o'q yomg'iri qopladi.

Dushman mashinalari son jihatdan ham, qurol jihatdan ham ustun edi.

Qo'riqchilar ketayotgan mashinaning shinalariga ketma-ket o'qlar yog'ildi.

Mashina boshqaruvni yo'qotib, yo'ldan chiqib ketdi.

Jungkookning yuzi oqarib ketdi.

— Taehyung!

Taehyung o'rindiq ostidan qurolini oldi.

Mashina oynasini tushirib, javob o'qi uza boshladi.

Ketma-ket o'q ovozlari yangradi.

Birinchi mashina yo'ldan chiqdi.

Ikkinchisi ham nazoratni yo'qotdi.

Uchinchisi to'qnashib, harakatdan to'xtadi.

Taehyung to'rtinchi mashinaga nishon olgan paytda...

Bang!

O'q uning yaralangan qo'liga tegdi.

Qurol qo'lidan sirg'alib tushdi.

Jungkookning yuragi orqaga tortilgandek bo'ldi.

— Taehyung!

Taehyung og'riqqa qaramay topponchani ushlab turishga harakat qildi.

— Rulni ushlab tura olasanmi? — dedi Jungkook shoshilib.

Taehyung tishini tishiga bosdi.

— Urinaman...

U qurolni Jungkookga uzatdi.

Jungkook o'qdonni tekshirdi.

Atigi ikkita o'q qolgan edi.

U chuqur nafas oldi.

Mashina oynasidan mo'ljal oldi.

Birinchi o'q dushman mashinasining old oynasiga tegdi.

Ikkinchi o'q esa old shinani teshib o'tdi.

Bir necha soniyadan so'ng mashina muvozanatini yo'qotib, yo'l chetiga ag'darildi.

Jungkook joyiga qayta o'tirdi.

Shu payt u tormozni bosdi.

Mashina sekinlashmadi.

Aksincha, tezligi yana oshdi.

Yana bosdi.

Hech qanday natija bo'lmadi.

Jungkookning yuragi shuv etib ketdi.

— Taehyung...

Taehyung yordam kuchlarini chaqirishga ulgurgan edi.

— Nima?

Jungkookning ovozi bu safar jiddiy edi.

— Tormoz ishlamayapti.

Taehyung kulimsiragandek bo'ldi.

— Bunaqa hazillarning vaqt emas.

Jungkook unga tikildi.

Nigohi hammasini aytib turardi.

Tae: Bugun juda ham kop kongilsizlikka uchramadikmi aa nima deysan Jeon

Taehyungning chehrasidagi kulgi bir zumda yo'qoldi.

U yana tormozni bosib ko'rdi.

Hech narsa...

Mashina tobora tezlashib borardi.

Oldinda esa yol yoq yagona chora daraxtga urulish yoki sakrash .

Jungkook chuqur nafas oldi.

— Taehyung...

— Eshitaman.

— Sakrashimiz kerak.

Taehyung bosh irg'adi.

— Uchgacha sanayman.

Jungkook rulni mahkam ushladi.

— Bir...

— Ikki...

— Uch!

Taehyung eshikni ochib mashinadan sakradi.

Jungkook ham sakramoqchi bo'ldi.

Ammo eshik ochilmadi.

— La'nat!

U tutqichni qayta-qayta tortdi.

Foydasi bo'lmadi.

Mashina esa to'g'ri ulkan daraxt tomon uchib borardi.

Gurs!

Kuchli zarbadan butun mashina larzaga keldi.

Taehyung yerga yiqilgan zahoti ortiga o'girildi.

Ko'z oldidagi manzara yuragini muzlatib yubordi.

— Jeon!

U hech narsani o'ylamay mashina tomon yugurdi.

Yaqinlashishi bilan tirsagi bilan yon oynani sindirdi.

Singan oynalar qo'lini kesib yubordi.

Ammo u bunga e'tibor ham bermadi.

Jungkookni ehtiyotkorlik bilan tashqariga tortib oldi.

Uni bag'riga ko'tarib endigina bir necha qadam uzoqlashgandi...

Orqadan dahshatli portlash ovozi yangradi.

BOOOM!

Birinchi portlash ketidan ikkinchisi...

So'ng uchinchisi.

Olov tillari osmon sari o'rildi.

daraxtga urulib portlagan deb tasavur qiylar