Buyuk Britaniyadagi mavsumiy ishchilar dasturining 2019-yildan boshlab MDH davlatlari fuqarolari uchun rivojlanishi
2019-yil: Dastur boshlanishi
MDH davlatlari fuqarolari uchun mavsumiy ishchilar dasturi 2019-yilda rasmiy ravishda ishga tushdi. Britaniya Ichki ishlar vazirligi birinchi marta Pro-Force va Concordia kabi yollash agentliklariga litsenziya berdi. Bu yil kvota 2500 kishiga belgilangan edi, va asosan Ukrainaning fuqarolari dasturga qatnashdi.
2020-yil: Dastur kengayishi
2020-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning ortishi sababli kvota 10,000 kishiga oshirildi. ProForce kabi operatorlar AgriHR agentligi bilan hamkorlikni boshladi, va Rossiya fuqarolari ham dasturga jalb qilindi. Bu nafaqat rossiyaliklar, balki boshqa MDH davlatlaridan, jumladan, O‘zbekistondan ham ko‘plab ishchilarni jalb qilish imkonini berdi.
2021-yil: Kvota oshishi va yangi operatorlar
2021-yilda kvota yana oshdi, bu yil 30,000 kishiga yetdi. Shu bilan birga yangi operatorlar — Fruitful Jobs va AG Recruitment ham dasturga qo‘shildi. Biroq, bu davrda noqonuniy ishchilarni yollash bilan bog‘liq muammolar ham yuzaga keldi. Masalan, 30 nafar O‘zbekistonlik ishchi, vizalarini olgan holda, Londonda noqonuniy ravishda qurilish ishlarida ishlashga kirishdi, bu esa dasturga nisbatan qat’iy cheklovlar qo‘yilishiga olib keldi.
2022-yil: Ukrainadagi urushning ta’siri
▪️2022-yilda Rossiya va Ukrainadagi urush sababli Ukrainadan va Rossiyadan ishchi kuchi oqimi to‘xtab qoldi. Natijada, AG Recruitment, Fruitful Jobs va Concordia kabi operatorlar 2022-yil mart oyidan boshlab O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan ishchilarni yollashni boshladilar. 2022-yilda kvota yana oshdi, bu yil 40,000 kishiga yetdi.
▪️2022-yil May oyining oxirida ProForce operatori O'zbekistonning Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan memorandum imzoladi, bu esa noqonuniy migratsiya bilan bog'liq holatlarni tartibga solish maqsadida amalga oshirildi. Ishchilarni noqonuniy holatga tushib qolmasligi uchun uch tomonlama shartnoma joriy qilindi. Bu shartnomaga ko'ra, ishchidan tashqari, uning yaqin qarindoshi kafillik qilishga majbur edi. Agar ishchi Buyuk Britaniyada noqonuniy bo'lib qolsa, kafillik qilgan qarindosh 10 000 dollargacha jarima to'lashga majbur bo'lishi kerak edi.
▪️2022-yil Avgustda Buyuk Britaniyaning Ichki ishlar vazirligi yangi operatorlarga litsenziya berish uchun tender o'tkazdi. 2022-yil kuzida ikki yangi litsenziya berildi:
1️⃣ Hops Labor Solutions agentligiga, bu agentlik qishloq xo'jaligi sohasida ishchilarni ishga olishga ixtisoslashgan,
2️⃣ Re People LTD va ProForce agentliklariga, ular esa parrandachilik sanoatida ishchilarni ishga olishga ixtisoslashgan. Parranda sanoatida ishlash faqat 2,5 oy (oktyabr oyi oxiridan 31 dekabrgacha) davom etishi mumkin.
2023-yil: Qattiqlashgan talablar va yangi qoidalar
▪️2023-yilda Buyuk Britaniyaning Ichki ishlar vazirligi qishloq xo‘jaligida ishchilarni yollash uchun 45 000 kvota, parranda yetishtirish sohasida esa qo‘shimcha 2 000 kvota ajratdi. Agar qo‘shimcha ishchilar zarur bo‘lsa, yana 10 000 kvota kiritish imkoniyati mavjud edi. Lekin shu bilan birga dasturga qatnashish talablari qattiqlashdi. Operatorlar O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilishda, agar ular o‘z vatanlariga qaytishni kafolatlay olmaydigan bo‘lsa, ularni yollashni cheklashdi. AG Recruitment kabi operatorlarning litsenziyalari, ishchilarga o‘z yurtlariga qaytishni kafolatlamagani sababli, to‘xtatildi.
▪️2023-yili Yanvar oyida, Buyuk Britaniyaning Ichki ishlar vazirligi AgriHR agentligiga qishloq xo‘jaligida mavsumiy ishchilarni ishga olish uchun litsenziya berdi. Avvalroq, bu agentlik Fruitful Jobs operatoriga yordamchi sifatida faoliyat yuritgan edi.
▪️2022-yil oxirida esa AG Recruitment operatorining litsenziyasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan to‘xtatildi va 2023-yil boshida bekor qilindi. Sababi, ushbu operator o‘zining Nepal provayderlari orqali ishchilarni yollashda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan edi. Nepal ishchilari bu provayderlardan shikoyat qilib, ularning 5 000 funt sterlinggacha pul talab qilganini ma’lum qilishdi. Mavsumiy ishchilarni ishga olish dasturi Buyuk Britaniyaning Ichki ishlar vazirligi tomonidan homiylik qilinadi va ishchilardan homiylik uchun pul talab qilish qat’iyan taqiqlanadi. Ishchilar faqat viza va parvoz xarajatlarini qoplashi kerak.
▪️2023-yili Fevral oyida Hops Labor Solutions operatori O‘zbekistonning Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan memorandum imzoladi. Har yili bahor va kuz oylarida ushbu operator O‘zbekistonda tanlovlar o‘tkazadi.
▪️2023-yili Mart oyida: yanvar oyi AG Recruitment litsenziyasi bekor qilingach, Ichki ishlar vazirligi yangi operator ethero Ltd (Telpasc) agentligiga mavsumiy ishchilarni ishga olish uchun litsenziya berdi. Ushbu operator O‘zbekiston fuqarolarini faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali qabul qilardi. Bu tartib operatorlar uchun xavfsizlik va litsenziyani saqlab qolish kafolati sifatida ko‘rilgan edi. Tartibsiz yollash natijasida o‘zbek fuqarolarining noqonuniy holatga tushib qolish ehtimoli yuqori bo‘lgani sababli, operatorlar ushbu amaliyotga qat’iy rioya qilishgan.
▪️2023-yili mart oyida, Fruitful Jobs operatori litsenziyasini vaqtincha to'xtatildi. Sababi, ba’zi O‘zbekistonlik ishchilar vizalari tugagach, uyga qaytishini tasdiqlovchi qaytish chiptasini taqdim etmagan edi. Ushbu litsenziya 1,5 oy davomida to‘xtatildi, keyinchalik esa qaytarildi. Yangi qoida sifatida ishchilardan ketish va qaytish chiptalarini oldindan sotib olish talab qilindi.
▪️2023-yili Hops Labor Solutions operatori orqali kuzda yangi nomzodlar uchun tanlovlar boshlandi, bunda O‘zbekistondan nomzodlar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali qatnashdi.
Bundan tashqari, Tashq mehnat migratsiya agentligi oldingi operatorlarning tanlovlaridan o‘tgan, biroq ob-havo sharoitlari yoki boshqa sabablar tufayli Buyuk Britaniyaga bora olmagan ishchilarni Telpasc operatori orqali yubordi.
▪️2023-yili Dekabr oyida, ProForce operatori yopiq tanlov o‘tkazdi. Unda faqat o‘tgan yillardagi muvaffaqiyatli ishchilar tomonidan tavsiya etilgan yangi nomzodlar qatnasha oldi. Hozirgi kunda ushbu operator orqali yangi qabul jarayonlari e’lon qilinmaydi va barcha jarayonlar ichki tavsiyalar orqali amalga oshirilmoqda.
2024-yil Buyuk Britaniya mavsumiy ishchilar dasturi natijalari
2024-yilda Britaniya Ichki ishlar vazirligi mavsumiy ishchilar dasturiga 43,000 ishchini va 2,000 ishchini parrandachilikka jalb qilishga kvota ajratildi. Shuningdek, yollash jarayoni yanada qiyinlashdi va barcha yangi nomzodlar qat’iy tekshiruvlardan o‘tishi kerak edi. Home Office operatorlardan Ishchilarni qaytish vaqti kelganda, ularning o‘z yurtlariga qaytishini kafolatlash talab etildi.
- 2024-yil may oyida dastur muddati 2029-yilgacha uzaytirilgani e’lon qilindi, ammo har yili kvotalar bosqichma-bosqich kamayib boradi.
Operatorlarning tanlovlari
▪️O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Telpasc bilan hamkorlikda tanlov o‘tkazdi. Juda qisqa vaqt ichida ko‘plab nomzodlar anketalarini to‘ldirishdi va tanlov yopildi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan ishchilar Buyuk Britaniyaga olti oylik ish uchun jo‘nab ketishdi.
▪️ Hops Labor Solutions tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali tanlov o‘tkazdi. Yangi nomzodlar ishtirok etishdi, muvaffaqiyatli o‘tganlar esa 2024-yil iyun-dekabr oylarida ishga joylashtirish rejalashtirilgan edi.
2024-yil fevral yoki mart oyida:
ProForce operatori yopiq tanlov o‘tkazdi. Unda faqat o‘tgan yillardagi muvaffaqiyatli ishchilar tomonidan tavsiya etilgan yangi nomzodlar qatnasha oldi. Hozirgi kunda ushbu operator orqali yangi qabul jarayonlari e’lon qilinmaydi va barcha jarayonlar ichki tavsiyalar orqali amalga oshirilmoqda.
▪️ Telpasc operatorining litsenziyasi to‘xtatildi. Avgust oyida litsenziya butunlay bekor qilindi, sababi ko‘plab fermalarda ish joylari yetarli emas edi. Ayrim ishchilar atigi 1,5 oy ishlashdi va uylariga qaytishga majbur bo‘lishdi.
▪️ ProForce operatori yopiq tanlov o‘tkazdi. Unda faqat o‘tgan yillardagi muvaffaqiyatli ishchilar tomonidan tavsiya etilgan yangi nomzodlar qatnasha oldi
Hozirgi holat
- Hozir Buyuk Britaniyada mavsumiy ishchilarni qabul qiluvchi 6 ta operator mavjud:
- Hops Labor Solutions va ProForce O‘zbekiston Tashqo mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlik qiladi va bu orqali ishchilarni qonuniy yollash kafolatlanadi.
- Agri HR, Fruitful Jobs, Concordia O‘zbekistonlik ishchilarni o‘z saytlari yoki agentlari orqali yollaydi.
- Re People Ltd (parrandachilik sohasi) esa hozircha O‘zbekistonliklarni ishga qabul qilgani haqida ma’lumot yo‘q.
- Har yili dasturga qatnashish tobora qiyinlashib bormoqda.
- Ba’zi xususiy bandlik agentliklarining yollash qoidalariga rioya qilmasligi operatorlarning litsenziyadan mahrum bo‘lishiga olib kelishi mumkin, bu AG Recruitment bilan sodir bo‘lganidek
Dastur ishtirokchilari duch kelgan muammolar
Har yili dasturning ishtirokchilari turli qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Eng katta muammo bu — ishchilarning Britaniyadan o‘z yurtlariga qaytmasligi. Ba’zi ishchilar viza muddati tugaganidan keyin noqonuniy ravishda ishlashni davom ettirmoqda, bu esa dasturga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda va operatorlarning litsenziyalari olib qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, qaytish uchun qaydnomalarni taqdim etish va qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tish talablarining ortishi ishtirokchilar uchun qiyinchiliklar yaratmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston fuqarolari uchun dasturda qatnashish jarayonida turli cheklovlar va byurokratik to‘siqlar mavjud.
Ishga joylashtirish agentliklarining roli
Ishga joylashtirish agentliklari dasturda muhim rol o‘ynaydi. Ular nafaqat fermalarga ishchilarni topish, balki viza va mehnat qonunlari bilan bog‘liq barcha talablarni bajarilishini ta’minlashadi.
Shuningdek, 2022-yilda va 2023 yili ProForce va Hops Labor Solutions O‘zbekistonning tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan imzolangan memorandumlar, noqonuniy ishchilar oqimini kamaytirish va mehnat yollash jarayonlarini tartibga solish uchun muhim qadam bo‘ldi.
Xulosa
Buyuk Britaniyada MDH davlatlari fuqarolari uchun mavsumiy ishchilar dasturining rivojlanishi 2019-yildan boshlab turli siyosiy va iqtisodiy sharoitlarga moslashganligini ko‘rsatmoqda. Biroq, muammolar va qiyinchiliklar mavjud bo‘lsa ham, dastur davom etmoqda va Britaniyadagi qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Bu dastur nafaqat Britaniya iqtisodiyoti, balki O‘zbekiston fuqarolari kabi migratsiya uchun ish izlovchilar uchun ham muhim ahamiyatga ega.
❗️Agar ushbu maqolani blog yoki kanalingizda ulashmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, Zoir UK (https://t.me/ZoirUK) ni manba sifatida yozishni unutmang! Birgalikda ko‘proq odamlarga yordam bera olamiz!
🔖Brightway Consulting: Mavsumiy ishchimisiz? Pay Tax soliqlaringizni qaytarib oling. Murojaat qilish uchun ushbu havolani bosing.
👉 https://t.me/m/EryaWVCkOTg0 👈
👉+447435604403👈
🙅♂️ Oldindan to'lov YO‘Q 🙅♂️