PULSE — Zomin Resortga uch kunlik tur
Shahardagi har bir kun oldingi kunga o‘xshaydi. Shovqinli ko‘chalar, tugamas vazifalar, tirbandliklar, jazirama issiq va chang... Dam olish kunlari bo‘lsa ham, chinakam hordiq chiqarish uchun joy yo‘qdek tuyuladi.
Endi tasavvur qiling: ertalab uyg‘onganda, mashinalar shovqini o‘rniga qushlarning yoqimli sayrashini eshitasiz. Chang o‘rniga esa ignabargli daraxtlar hidi kelib turadigan musaffo tog‘ havosidan nafas olasiz. Hatto yuragingiz ham boshqacha ura boshlaydi.
Mana shu Zomin Resortdagi sizga kuch-quvvat va garmoniya beradigan PULSE dam olish turi.
PULSE nimasi bilan boshqalardan ajralib turadi?
Turkiston tizmasi kurortni yam-yashil yonbag‘irlar va archazorlar bilan o‘rab turadi. Bu yerda tong otishi haqiqiy meditatsiyaga, quyosh botishi esa umrbod esda qoladigan go‘zal manzaraga aylanadi.
Zomin milliy bog‘ida chang va tutun yo‘q. Bu yerda erkin nafas olasiz va bu toza havoni uzoq vaqtga o‘zingiz bilan olib ketasiz.
O‘rmonda sayr, tog‘ manzarasiga qarab kechki ovqat, balkonda ertalabki qahva, faol kundan so‘ng massaj — sayohatning har bir lahzasi xayolingizga qayta-qayta qaytadigan xotiralar yaratadi.
✅PULSE sayohatiga nimalar kiradi?
- Tog‘ga qaragan xonada 2 kecha yashash
- Mahalliy va Yevropa taomlarini o‘z ichiga olgan uch mahal ovqat
- Toshkent yoki Samarqanddan borish va qaytish — yo‘l haqida tashvishlanmaysiz
- Bonus — to‘liq yangilanishni his qilish uchun 30 daqiqalik massaj
- 24/7 fitnes zali, Wi-Fi, eng asosiysi — tabiat, sokinlik va erkinlik
📅 Sanalar va narxlar
Har dushanba, seshanba va chorshanba kunlari kelish mumkin.
Tur 1-avgustdan 30-dekabrgacha amal qiladi.
Narxi: 3 kunlik dam olish kishi boshiga 2 990 000 so‘m
(xonada ikki kishilik joylashtirilganda).