August 4, 2025

Zomin Resort’ga 2 va 3 kunlik WeekEnd sayohat (tanlov asosida)

Ko‘pchilikning iltimosiga ko‘ra, dam olish kunlarini O‘zbekistonning eng yaxshi go‘shalaridan biri - Zomin Resortda o‘tkazish uchun ikkita to‘plam tayyorlab qo‘ydik.

PAKETLAR: ✅1-paket - JUMA (1-kun) - SHANBA (2-kun) - YAKSHANBA (3-kun)

✅2-paket - SHANBA (1-kun) - YAKSHANBA (2-kun)


📍 Mehmonxonaga KELGUNINGIZGA QADAR (07:00 dan 15:00 gacha) qo‘riqxonadagi qaysi qiziqarli joylarni tomosha qilishingiz mumkin?

1️. Boboyong‘oq - Zominning eng qudratli yong‘og‘i o‘sadigan joy 🌳 Uning yoshi 700-yildan oshadi va u O‘rikli-Soy daryosi darasiga boradigan yo‘lda joylashgan. Ushbu Zomin yong‘oq daraxtining ulug‘vorligini bir qarashda sezasiz Aytishlaricha, yong‘oqni Aleksandr Makedonskiyning o‘zi ekkan. Mahalliy aholi bu joyda shifobaxsh kuch borligiga ishonishadi. Bu yerning havosi musaffo, daryo mayin shildiraydi, atrofdagi tog‘ yonbag‘irlarida g‘ozal archalar yashnab turibdi. Yong‘oq daraxti tanasiga qo‘l tekkizib, tilak bildirilsa, albatta amalga oshadi, degan tushuncha haam mavjud ekan. Qadimiy yong‘oq daraxti yonida shinam kemping joylashgan bo‘lib, u yerda tabiatdan zavqlanib dam olish mumkin!

2️. “Sherbuloq” - Zominning qalbidagi salomatlik va kuch manbai

🦁 "Sherbuloq" bulog‘i Zomin milliy bog‘i hududida joylashgan.

G‘or shaklidagi tosh zinapoyali va gumbazli inshoot mahalliy aholi tomonidan 20-asrdan keyin qurilgan.

Buloq suvlari tog‘ balandliklaridan g‘orga tushib, sher boshi barelefidan oqib keladi. Aynan arslon obrazi tasodifan tanlanmagan degan fikr bor. Aholi Zomin tog‘larida bir vaqtlar sherlar yashaganligiga ishonishgan.

Buloq suvlari kalsiyning yuqori miqdori bilan mashhur bo‘lib, ta’mi sovutilgan sutni eslatadi.


3️⃣Mashhur ming yillik archa Zominning eng buyuk tabiat mo‘jizalaridan biridir.

🌲 Asrlar osha yashab kelayotgan bu qadimiy daraxt donolik va matonat ramziga aylangan. Atrofdagi hududlardan baland ko‘tarilgan bu archa avlodlar tarixini o‘zida saqlaydi va kuch-qudrat maskani hisoblanadi.

4️⃣Shisha ko‘prikdagi qiziqarli sarguzasht muhitiga bo‘ling.

150 metr balandlik va 305 metrlik oyoq ostidagi shisha yo‘l sizga yorqin his-tuyg‘ular va parvoz hissini beradi. Narxi bir kishi uchun 50 000 so‘m. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kirish taqiqlanadi

5️⃣Shuningdek, “Shashlik.uz” kafe-restoraniga tashrif buyurib, u yerda ajoyib narxlarda tushlik qilishingiz mumkin

🍖 Eng sersuv va mazali kaboblar har qanday mehmonni befarq qoldirmaydi, yorqin ta’mi bilan hayratga soladi.

Qovurilgan kabob va ko‘mirning xushbo‘y hidi tog‘ havosi bilan aralashib, yoqimli muhit yaratadi.

“Shashlik.uz”ning eng mazali taomlaridan bahramand bo‘lib, mehmonlar Zomin Resort atrofidagi tog‘larning ajoyib manzaralaridan zavq olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar


Endi esa har bir to‘plam doirasida sizni har kuni nimalar kutayotganini ko‘rib chiqaylik

✅1-paket - JUMA (1-kun) - SHANBA (2-kun) - YAKSHANBA (3-kun)


1-kun:

  • 07:00-15:00 - Zominning qiziqarli joylariga mustaqil tashrif buyurish
  • 15:00-18:00 - mehmonxonaga kirish va joylashish
  • 18:00-21:00 - mehmonxona restoranida kechki ovqat
  • 21:00 - Tryp mehmonxonasi fayesida kino oqshomi. Ichimliklar va gazaklar qo‘shimcha to‘lov evaziga barda mavjud bo‘ladi.

2-kun:

  • 07:00-10:00 - nonushta
  • 12:00-15:00 - tushlik
  • 16:00 - ikki tomonlama kanat yo‘liga tashrif. Mehmonlar ro‘yxatdan o‘tish joyi oldida to‘planib, gid bilan kanat yo‘liga chiqishadi
  • 18:00-21:00 - kechki ovqat + DJ
  • 21:00-23:00 - Zomin Wellness’dagi SPAga tashrif (iliq suvli basseyn, sovuq suvli jakuzi, hammom, sauna, bug‘li va tuzli xona). SPAda xalat, shippak va sochiq beriladi (o‘zingiz bilan olib yurish shart emas)


3-kun:

  • 07:00-10:00 - nonushta
  • 10:00-12:00 – “Suffa 2400” kuzatuv maydonchasiga piyoda sayohat
  • 12:00 - mehmonxonadan chiqish va 15:00 gacha tushlik

✅2-paket: SHANBA (1-kun) - YAKSHANBA (2-kun)

1-kun:

  • 07:00-15:00 - Zominning qiziqarli joylariga mustaqil tashrif buyurish
  • 15:00 - mehmonxonaga kirish va joylashish
  • 16:00 - ikki tomonga kanat yo‘liga tashrif. Mehmonlar ro‘yxatdan o‘tish joyi oldida to‘planib, gid bilan kanat yo‘liga chiqishadi.
  • 18:00-21:00 - mehmonxona restoranida kechki ovqat + DJ
  • 21:00-23:00 - Zomin Wellness’dagi SPAga tashrif (iliq suvli basseyn, sovuq suvli jakuzi, hammom, sauna, bug‘li va tuzli xona). SPAda xalat, shippak va sochiq beriladi (o‘zingiz bilan olib yurish shart emas)


2-kun:

  • 07:00-10:00 - nonushta
  • 10:00-12:00 – “Suffa 2400” kuzatuv maydonchasiga piyoda sayohat
  • 12:00 - mehmonxonadan chiqish va 15:00 gacha tushlik

TUR NARXI BILAN SAVDO BO‘LIMINING USHBU RAQAMI ORQALI TANISHISHINGIZ MUMKIN:

📞 95 899-55-11 tun-u kun - 24/7

‼️ Eslatma: Hurmatli tur ishtirokchilari, tur dasturining ketma-ketligi fors-major holatlar va ob-havo sharoitlariga qarab gid hamda hamrohlarning ixtiyoriga ko‘ra o‘zgarishi mumkinligi haqida ogohlantiramiz. Bunda esa dasturning barcha bandlariga rioya qilinadi ‼️

📍BIZNING LOKATSIYA