24-31- moddalarga tarixiy misollar!
VII bob shaxsiy huquq va erkinliklar
Konstitutsiyamizning ushbu bobi haqida gap ketganda, shaxsiy huquq va erkinliklari toptalgan Turkiston jadidlari ko'z oldimizga keladi. Mustamlakachi sovet hokimyati tomonidan olib borilgan qatog'onchilik siyosati jadidlarimizning "Shaxsiy huquq va erkinliklar"ini batamom toptagan.
Buni konstitusiyamiz misolida ko'ramiz.
24-modda.
XX asr o‘zbek madaniyatining 3 nafar yorqin yulduzlari – Fitrat, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy bir kunda – 1938-yil 4-oktyabrda Toshkent shahri atrofida otib tashlandi.
25-modda.
XX asrning 30-yillarida Sovetlar tomonidan o'tkazilgan siyosat natijasida “milliy ittihodchilar” va “milliy istiqlolchilar” Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi 87 kishining shaxsiy huqulari ushbu moddaga zid ravishda buzilgan ya'ni Ular sud hukmisiz qamoqqa olingan.
26-modda.
Iste’dodli shoir Usmon Nosir qamoqxonada konsititusiyamiz ushbu moddasining ikkinchi qismida keltirilgan huquqlari qiynoqqa solinish natijasida buzilib vafot etdi.
27-modda.
XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida Sovet Rossiyasi o‘n sakkizlar guruhi va inog‘omovchilik kabi soxta ayblovlar bilan Abdurahim Hojiboyev, Inomjon Xidiraliyev, Muxtorjon Saidjonov, Rahim Inog‘omov kabi yurtdoshlarimizni ayblagan.
28-modda.
XX asrning 40-yillarida S.Qosimov, B. Sharipov, N.Alimov kabi o'z shaxsiy huquq va erkinliklarini biladigan huquqshunoslamizni yashash joyini tanlash huquqidan mahrum qilib quvg'in qilishgan.
29-modda.
Yevropalik olim Jordano Bruno qadimda yerning quyosh atrofida aylanishi borasidagi shaxsiy fikrlarini diniy shakkoklikka yoyib uni gulxanda yoqishgan. J.Brunoning ushbu moddada keltirilgan fikrni erkin bayon qilish huquqi buzilgan.
31-modda.
XVI asrni boshlarini yashagan Martin Lyuter ushbu moddada keltirilgan huquqlariga asoslangan holda o'zi hohlagan dinga etiqod qilishi natijasida yangi dinni PROTESTANLIK mashabiga asos soladi.