π¬π’π©π¨ππ‘ππ‘π π¦ππ©πππ¦π
~Navbatimiz keldi. Qani bo'laqol! )- Sunshine Taehyungni yurishga undab uning qo'lidan tutgan onida - yigitning hayajonga berilgan tanasi bo'ylab tuklari tiklandi.
Tabiiyki, bu haqida undan boshqa hech kimning xabari yo'q.
Ular avvaliga bilet xarid qilishdi. So'ngra filmni tomosha qilish uchun kinoteatr zaliga kirib borishdi.
Biletga yozilgan raqam bo'yicha - ular o'tirish o'rinlarini topib olishgach, bir-birlariga jilmayishgan qiyofasini tuhfa etdilar.
~Oh, yo'q! )- dedi Taehyung, darhollik bilan o'rnidan turib..
~Nima bo'ldi? )- Sunshine
~Popkorn olish yodimdan chiqibdi. )- Tae
~Film boshlanish arafasida? )- Sunshine
~Tezda qaytaman. )- Taehyung zinalar bo'ylab shoshiqib chiqib ketarkan, ortidan Sunshine lablarini burgancha qarab qoldi..
Salqin shabadaning tanaga kelib urilishi - qizning ruhiyatini tetiklashga xizmat qilardi. U shosha-pishgancha kiyimlarini kiyishga harakat qilar, biroq atayin qilgandek titroq qo'llari sira uning aytganiga bo'ysunish bermas edi.
~Hozir kelib qoladi! )- deya Aron alanglab atrofga qaradi. Ammo yorug'likni faqatgina yulduzlar taratishayotgani hisobiga - atrof yaxshi ko'rinmas, ikki-uch metrlik masofadan uyog'i zulmat bosgandek qora tusda..
Egniga ko'ylagini kiyib bo'lishi bilanoq - Aron xuuh tortgancha oyoqlari orasidagi masofani to'g'irlab, qaddini tikladi.
~Endi kelaver! )- dedi u o'ziga o'zi.. Va shu onda ortidan kelib turgan inson sharpasini his etmadi.
Jungkook qizning - o'ng yelkasidan tushib turgan ipli bog'ichni ushlab, uni o'z joyiga sekinlik bilan qaytararkan, Aronning hafsiragan tanasini quchog'i ichiga solib - uning qochishiga yo'l qo'ymadi.
~Men keldim. )- deya past ovozda shivirladi, Jungkook.. so'ngida lablarini - qizning ochiq yelkasi ustiga qattiq bosdi.
~Kelganingni sezmadim? )- Aron
~Chunki shu yerda edim. )- Jk
~Nima?)- Aron
~Bu tanani - uzoq vaqtga yolg'iz qoldirib ketish axmoqlik. )- Jk
Aron ko'zlarini hafsala ila yumdi. U kiyinishi davomida naqadar ko'p atrofga alanglaganini ko'z oldiga keltirarkan, eng ko'proq yalang tanasini chetda turib tomosha qilgani uchun - asabiylashar edi.
~Bunga haqqing yo'q edi! Kimningdur kiyinishini tomosha qilish -..... XUDOYIM! AQLDAN OZAMAN HOZIR!! )- Aron oxirgi so'zlarini balandroq ovozda aytish bilan birgalikda - belidan o'ralib turgan Jungkookning qo'llarini ham olib tashladi.
~Bo'lajak rafiqamning kiyinishini tomosha qildim? Xo'sh, bu jinoyatmi? )- Jk
~Rafiqamning? )- taajublanib so'radi, Aron
~Butun umr o'ynashim bo'lib yurishni istamayotgandursan? )- Jk
~Men hech kimning o'ynashi emasman! Va bo'lmayman ham!!! )- Aron
Jungkook lablarini tishladi. Uning kulimsirash nigohlarini kuzatib turgan Aron - uni qanday harakatga kelishini kutardi.
~Yaqinlashma menga! )- deya o'zi tomon qadam bosgan Jungkookni to'xtatishga urundi qiz.
~O'ynash deganim uchun jaxling chiqdimi? Yoki shoshilgancha kiyinishingni tomosha qilganim uchunmi? )- Jk
~Bas qil! )- Aronning ko'zlari kattalashdi va sal oldingi so'zlarini takrorladi:
~Yaqinlashma menga! Kelma dedim!!
Jungkook qadam tashlashdan to'xtab, kuldi.
~Kelma!
~Yaxshi..
~Ortingga qayt!
~Ho'p dedimku? )- Jungkook go'yo taslim bo'lganini sezdirmoqchidek ikki qo'lini havoga muallaq ko'tardi.
Qizning hotirjam tortgan chehrasini ko'rgach esa - harakatiga nisbatan mutlaqo teskarisini amalga oshirdi.
U Aronning chinqirishiga qarab turmay, uning belidan quchib dast ko'tarib oldi-yu, uncha uzoq bo'lmagan okean tubiga o'zi bilan birgalikda qizni ham olib ketdi.
Filmning boshlanish qismidanoq undan ko'zlarini uzmay o'tirgan Sunshine - yonidagi o'rindiqqa Taehyung kelib o'tirgan deya o'yladi.
~Olib keldingmi? )- Sunshine
~Olib keldim. )- ManWol
Qo'rs ovozni eshitishi bilanoq - Sunshine yonida unga iljayib qarab o'tirgan ManWol tomon qaradi. Uning ko'zlari kattalashgan. Hayratdan esa tili kalovga kelmay qoldi.
~Hayratlanishing tabiiy.. Axir senga arzon popkornning o'rniga - o'zimni olib keldim? )- ManWol
25-qism tugadi.
β Yoqimli mutolaaπ Ko'pale fikr va reaksiyalar qoldirish esdan chiqmasin.
[ Yopiq kanalda fanficning 1-sezoni yakunlandi. Bir nafasda barcha qismlarini o'qishni istasangiz @HpxSun bilan bog'laning ]