July 7, 2025

π—¬π—’π—©π—¨π—­π—‘π—œπ—‘π—š π—¦π—˜π—©π—šπ—œπ—¦π—œ

2-Sezon. 1-Qism.

Oradan 6 oy o'tdi. Koreya, Seul::

Sukunat oshno bo'lgan maskan ichra faqatgina qushlarning sayrashi eshitilib turarkan, ayni dam bu ohang - kirib kelgan bahor faslining ko'rkiga yanada ko'rk qo'shayotgan misolidek edi.

Qabr toshiga - eng yaqin do'stining o'yib yozilgan ismiga ko'z tikib o'tirgan qiz, hovuchlari orasiga bir uyum tuproqni olib siqimladi.

~Seni sog'indim, Taehyung..

Aronning ko'zlariga g'iqqa yosh kelib urilarkan, tishlarini bir-biriga qattiq bosdi-yu, ko'ksida ko'tarilgan og'riqqa chidash barobarida yana so'zlay boshladi:
~Qayt.. Yana men bilan do'stlash.. Yana o'sha telba do'stlarga aylanaylik? Ustozlarimizning kamchiligini topib - ularning jig'iga tegaylik? Ketingdan gapirishgan qizlar oldiga bormasligim uchun meni yana va yana avra! Faqat qayt.. Oldimga qayt.. )- Aron

Qiz - ko'zlaridan chiqayotgan yoshlarni tartibga ololmay, boshini quyi egdi-yu, ho'ngrab yig'lab yubordi.

~Men yolg'izman. Sensiz - judayam yolg'izman..

Aron

Taehyungning qabri joylashgan yerdan bir necha metrlar uzoqlikda - bir shaxs qizning qay tarzda og'rinishini kuzatib turardi.

Jungkook..

Uning chorasizligi shu qadar ulkanki, hatto qizning qarshisiga chiqish ham - u uchun bajarilib bo'lmas bir holat qilib belgilangan.

Olti oydirkim, Aron uning barcha uzr-u kechirimlarini qabul etmadi. U osonlik bilan Jungkookga - "Ortiq qarshisidan chiqmasligini aytdi". Ammo qalbidan o'tgan azobni faqat o'zi his etdi. Xuddi - Jungkook kabi...

Yovuz insonlarning sevgisi ham toifalarga bo'linar ekan.. Biri sevgisi sabab - sevgan insonini jahannamiga solgan bo'lsa, boshqa biri sevgisi sabab - kilometrlar uzoqlikdan uning har bir tuyg'usiga oshno bo'ldi.

Jungkook

~Janob.. )- deya Jungkookning ortidan kelib turdi, yordamchisi.. Xo'jayinidan gapirishi uchun ruxsat berishini kutgan holatda..

~Gapir. )- Jk
~Aron xonim - kecha tunda yigitlarni uyi ostonasidan quvgan. Ularning biriga β€” "Xo'jayiningga ayt: U atrofimdagilardan emas, o'zidan meni himoya etsin. Dadamni o'ldirgan vaxshiy - bir kun kelib, meni ham o'ldiradi! Hatto sizni ham". - degan xabar yuboribdi.

Jungkookning kipriklari deyarli pirpiramasdi ham. Uning Aronga tikilgan ko'zlari uzilmas, biroq o'rtanayotgan qalbi - sanoqsizlarcha bu qizdan uzilishga chiranardi.

~Ikkita eng yaxshi odamlaringni qo'y. Sezdirmay ketidan yurishsin. Aronning soyasi bo'lsin. Yana sezdirib qo'yishgudek bo'lsa, bu gal to'pponchamdagi o'q - sening ko'ksingga borib qadaladi. )- Jk

》》》》》》》》》》》》

β€” Yoqimli mutolaa.

Muallif: #Sue