Mening Hududim
Veshelkada ilinib turgan kostyumini qo'liga olib, so'ngra uni egniga ilgan Jungkook - ortidan kelib belidan quchgan qizga o'girilib qaradi.
~Nima qilganing bu? Kiyimimga atiring hidi o'rnashib qoladi? )- deya U - tezda qizning qo'llarini belidan oldi-yu, hafsala ila unga boqdi.
~Doim shunday deysan? Nima - faqat kiyimsiz holatingda quchoqlashim mumkinmi? )- Hansa
~Unda ham ruxsat bersamgina! )- qizning so'zlarini to'ldirdi, Jungkook.. So'ngra uyning chiqish eshigi tomon yura boshladi.
~Ketma.. Bugun shu yerda qol.. Kunni birga o'tkazaylik. )- Hansa
~Sendan boshqa qiladigan ishim yo'qmi Hansa? )- Jungkook tanbehona so'zladi va qizga nazar tashlamay turib, uydan chiqib ketdi
γγγγγγγγγγγγ
Darvozadan kiritilgan mashina - hovli uzra ko'p harakatlanmay turib, to'xtatildi. Haydovchi o'rnidan tushib kelgan Jungkook - qarshisiga kelib turgan qo'riqchi tomon kalitini uloqtirdi-yu, haybatli uyiga kirish uchun oshiqdi.
Ammo hovlida yana bir boshqa mashina turgan bo'lib, albatta u ham - Jungkookning e'tiboridan chetda qolmadi.
~Kim keldi? )- o'ziga o'zi savol bergancha - uy ichiga kirib bordi, U...
Jungkook mehmonxona qarshisiga kelib turganida - eshik ochilib, qarshisidan otasi janob Jeon ko'rinish berib qoldi.
~Dada? )- kutilmagan bu holatdan esankirab qoldi, Jungkook..
~Nega hayratdasan? )- janob Jeon
~Odatda - bu vaqtda kompaniyada bo'lardingiz? )- Jk
~Odatda - sen ham tunlarni uyda o'tkazarding? )- deya xuddi o'zi kabi savolga savol ila javob berdi, janob Jeon...
~Haligi.. )- chaynalishni boshladi, Jungkook va oxirgi bor Sue bilan ko'rishganini eslab - ajoyib bahonasi ortiga berkinishni maqsad etdi:
~Kecha Sue bilan edim. )- Jk
~Tunda hammi? )- dadasi
~Tunda ham! )- Jk
~Qara-yaa.. Unda hozir Sue bu yerda nima qilyapti? )- dadasi eshikni to'sib turgan gavdasini chetga olarkan, xona ichidagi kreslolarning birida o'tirgan Sueni ko'rib - Jungkookning hayratdan lablari ajraldi.
Noto'g'ri vaziyatda - noto'g'ri bahonadan foydalanganligini his etgan Jungkook, dadasiga qarab turib - ortiq so'z demadi.
~Biz chindanam birga edik. )- deya ortdan yangragan so'zlar tomon har ikki erkak ham qarashdi.
~Jungkook - kun davomida band inson ekanligingizni aytgani uchun ertaroq kelib, siz bilan tanishay degandim. )- Sue
~Birga kelishinglar mumkin ediku? )- janob Jeon
~Gap shundaki... U uxlayotgan edi! )- Sue sharttalik ila yolg'onlarini aytdi-yu, janob Jeon kabi Jungkookning ham ajablanish qiyofasiga ro'baro etildi.
Xona ichida o'tirgan Jeon xonim tomoq qirib qo'yishi - ularning suhbati yakun yasab berdi..
~Yoshlarni tinch qo'yaylik, azizim.. )- Jeon xonim
Rafiqasining so'zlaridan so'ng Janob Jeon xona ichiga qaytdi. Albatta ketishidan oldin o'g'liga Sueni ko'rsatgancha ishora qilishni unutmadi ham...
~Men bilan yurchi!? )- deya past ovozda do'q qilgan Jungkook - Suening qo'lidan tutiboq, uni xona ichidan zalga chiqardi.
Xonada eri bilan yolg'iz qolishganini ko'rib, Jeon xonim nihoyat o'z hayratini ochiqlik ila Janob Jeonga ko'rsata boshladi:
~Azizim, chindanam bu qiz o'g'limiz bilan turmush qurishiga qo'yib beramizmi? )- Jeon xonim
~Bu qanday savol bo'ldi? Shubhang bormi? )- Jeon
~Qizning so'zlari.. o'zini tutishi.. Barcha - barchasi judayam g'alati.. Shu paytgacha - bironta qizni kelinlik uyiga borib, "o'g'lingiz tunda men bilan edi" degan gapini eshitmadim? )- Jeon xonim
Janob qah-qah otib kula boshladi.
~Yengiltabiat o'g'lingni - shu qiz odam qiladi. Mana ko'rasan.
γγγγγγγγγγγγ
Qizni uydan hovliga olib chiqqan Jungkook - nihoyat uning qo'lidan qo'yib yuborib, u tomon jaxl ila yuzlandi.
~Hoy qiz, aqldan ozganmisan?? Ertalabdan uyimda nima qilib yuribsan?? )- Jk
~Vaqt allaqachon tushga yetib qoldi? )- Sue qo'l soatiga qarab bosh chayqadi.
~Xudoyim! )- Jungkook oh tortdi. U ko'zlarini ma'lum vaqtga yumib turib, so'ngra yana qiz tomon hafsala bilan boqdi..
~Nega kelding? )- Jk
~Kechagina o'zing - "Sen haqingdagi fikrlarimga qiziqsang, borib dadam va oyimdan o'zing so'ra" demadingmi? )- Sue
Mana endi Jungkookning fig'oni falakka yetgudek bo'ldi. U ro'parasida turgan bu qiz dastidan dod solishni istardi. Ammo afsuski, barchasi uning ichki dunyosida sodir etilmoqda..
~Endi savolni men beraman. )- Sue
Qiz Jungkookning oyoq uchidan bosh qismiga qadar ko'z yugurtirdi va qiziqish ila so'radi:
~Kecha tunda qayerda eding? )- Sue
~Tergov qilyapsanmi meni? )- Jk
~Hozircha tergov emas. Oddiy savol bu! Ammo xotining bo'lganimdan so'ng - aniq tergov qilaman. )- Sue
Jungkook qo'llarini shimining rementi usti bo'ylab qadadi. Ko'zlari esa hafsalalik bilan yana yumilgan. Biroz vaqtlik furdatdan so'ng qizning so'zlari negadur uni kuldirish uchun majburladi. Va pastki labini tishlagancha - sezilmas darajada jilmaydi.
Balki bu kichik tabassum - uning bu holati uchun o'z ustidan kulishidur?
~Vaysaqilikni ham qilding. Endi uyingga bor. )- Jk
~Shoshma.. Bugungi kuningni men uchun ajrat. )- Sue
~Yana nima? )- Jk
~Sal avval dadangni oldida seni qutqarib qoldim. Buning evaziga senga talab sololaman )- Sue
~Xo'sh? )- Jk
~Birga kelin ko'ylak tanlagani boramiz. )- Sue
Jungkookning qoshlari egri-bugrilik ila chimirildi:
~Kechagina uchrashdik? Bugun esa kelin ko'ylak tanlaymiz deysanmi? )- Jk