Mening Hududim
Kompaniya ichiga Jungkookdan keyingi bo'lib Sue kirib keldi. U katta qadamlar bosib ketayotgan yigitga yetishga harakat qilar, biroq qanchadur masofa bilan baribir undan ortda qolaverardi.
Yopilayotgan lift eshiklari orasidan ichkariga kirishga ulgurib qolgan Sue - go'yo begona kabi turgan Jungkookga o'qrayib qaradi.
~Ortingdan kelayotganimni bilarding. )- Sue
~Xo'sh? )- Jk
~Nega liftni to'xtatib turmading? )- Sue
~Sen bilan birga yolg'iz qolmaslik uchun.. Kim biladi - balki tajovuz qilib qolarsan? )- Jk
Asli hansirab turgan qiz - yonida turgan yigitga yetmaganidek hayratla qaradi. Uning ko'zlari kattargan, lablari esa o'pkasidagi bir to'da havoni zardalik ila chiqarib yuborish uchun ikkiga ochildi.
~Unda tugmalaringni mahkam tut! Bir deganda barchasini yechib tashlay oladigan qobiliyatim bor! )- Sue
Lift ichidan Jungkookning kulgu ovozlari yangray boshladi. U bosh chayqadi-yu, bir qoshini yuqoriga cho'zgancha qiz tomon ko'z tashladi.
~Men - shimim tugmalarigami deya havotirga tushib turgandim? )- Jk
~Endi oshib ketdi! Bas qil!! )- zardalik bilan urushib berdi, Sue.. Shu bilan liftning eshigi ham beshinchi qavat karidoriga o'tish uchun ochildi.
Jungkook yetakchi bo'lgan bo'lim ichiga kirib kelishlari bilanoq - xodimlar o'z o'rnidan turishib, boshlig'iga salomlar yo'llashdi.
Ammo Jungkookning ularga bir ko'z tashlab, jimligi ila kabineti tomon yo'nalganini ko'rib - Suening hayrati oshdi.
U kabinetiga kirish uchun eshikni ochgan Jungkookni to'xtatdi.
~Ular bilan salomlashmaysanmi? )- Sue
~Istasang buni o'zing bajar. )- Jk
Sal avval - yuziga kulgu barq urib turgan yigitdan mutlaqo farq etib turuvchi bu qiyofa - tabiiyki, qizni taajubga soldi.
U lablarini pastga eggancha, Jungkookning kabineti ichiga kirib ketganini - shishali devor ortidan tomosha qilib turdi. So'ngra ortiga o'girilib, unga boqib turgan bir necha juft ko'zlarga iljayib qaradi.
~Hammaga salom )- dedi Sue.. Qo'llarini yuqoriga ko'tarib silkidi, so'ngra quyi egilib xodimlarga ta'zim qildi.
~Men Sueman.
Jungkook kabinetiga kirib, ish stolini aylanib o'tib - kursisiga o'tirdi. Ko'zlari esa - shishali devor ortidan ko'rinib turgan qizga qaratildi.
Suening har bir xodim bilan qo'l siqishib ko'rishib chiqayotganini tomosha qilib o'tirgan Jungkook - xo'rsingancha bosh chayqadi:
Sue deyarli barcha xodim bilan salomlashib bo'lgach, bo'limga shoshqaloqlik bilan Hansa kirib keldi.
U kechikkani bois hansirar, oldi ochiq ko'ylagini to'g'irlab qo'yish esa hayoliga ham kelmasdi.
U Sueni ko'rib, qaddini tikladi. So'ngra uning qarshisiga kelib turib, qizning boshidan oyoq uchigacha ko'z tashladi.
~Yangimisan? )- Hansa
~Bu yerda.. )- Sue gapini tugallashiga ulgurmay, Hansa o'z so'zlarini aytib ketdi:
~Hozir majlis boshlanadi. Sehun senga hujjatlarni beradi, majlis o'tkaziladigan xonaga borib, ularni qo'y. Faqat tezroq bo'l! )- dedi Hansa va o'sha shoshqaloqligi bilan bo'limdan takror chiqib ketdi.
Albatta chiqib ketishidan avval u - kabinetida ishlayotgan Jungkookga ko'z tashlashni unutmadi ham...