June 24, 2025

Mening Hududim

9-qism

Sabr kosasi tobora to'lib borayotgan Jungkook - kutish zalida oyoqlarini tinimsiz likkillatgancha o'tirar, deyarli har minutda soatga qarab uff tortar edi.

~Qayerda qoldi bu qiz? Ikki soatdan buyon bir ko'ylakni kiyolmaydimi nima? )- Jungkook qaddini egib, oyoq tizzalari ustiga qo'l tirsaklarini qo'ydi. Barmoqlari esa sochlari uzra kezib, so'ngida peshonasi bo'ylab harakatlandi.

Uning ko'zlari yumiq. Lablarini esa tinimsiz zarb bilan tishlardi.

~Janob, kelin xonimimiz tayyor. )- xodim
~Nihoyat!!! )- deya yengil nafas chiqardi, Jungkook
~ Uni ko'rish uchun - xonim ichkariga kirishingizni so'rayapti. )- xodim
~Bu yerga chiqmaydimi? )- bosh chayqagancha ajablandi, U..
~Kelin xonim - ichkariga o'zingiz kirishingizni istayapti. )- xodim

Xodim parda ortiga kirib ketgach, Jungkook baland ovoz bilan o'pkasiga yig'ilgan havoni chiqardi-yu, o'rnidan turdi.

~Kelin xonimmush? )- dedi, U hafsalalik bilan.. So'ngra parda ortiga o'tish uchun qadam bosgancha o'ziga o'zi ming'irladi:
~Tashvishli xonim!

Jungkook

U ichkariga kirib kelib, ilk ko'rgani - etagi uzun oq ko'ylakdagi qizning teskari holatda turgani edi.

Matoning bejirim mayda yaltiroq toshlardan iborat ekanligi darhol ko'zga tushar, so'zsiz qotgan Jungkook esa ko'zlarini ko'ylak bo'ylab yugurtirib bo'lgach, qizning ochiq yelkalari uzra o'ynoqi nigohlarini ko'chirdi.

Sue faqatgina yon tomon biroz burilib, parda oldida qotgan - Jungkook tomon kulib boqdi.

~Xo'sh, qanday? )- deya porloq ko'zlarini Jungkookning ko'zlari ila to'qnashtirdi.

Ayni paytda Jungkookning doimo qo'rslik aks etib turgan ko'zlarida - bu gal g'alati bir hayajon aks etib turardi.

U javob berishdan avval kostyumini pastga tortib to'g'irladi. So'ngra yutunib, so'zga kirdi:
~go'zal... )- Jk

Jungkook qizning ro'parasiga kelib turib, takror ko'ylak uzra ko'zlarini yugurtirdi. Va yana so'ngida uning oq tanasi bo'ylab nigohini qadadi. Mana shu on - Jungkook bu qiz uchun o'zida jinsiy ochlikni his etdi.

Kam fursatlik vaqtdan so'ng u yengil bosh chayqadi. Buzuqi bu hayollaridan xalos bo'lish uchun Suening so'zlariga diqqatini qaratdi.

~Judayam ochiq emasmi? Negadur g'alati tuyulyapti menga. )- Sue
~Nazarimda, hammasi joyida. )- Jk
~Boshqasini kiyib ko'rsammikan? )- Sue

Jungkookning ko'z oldiga - yana ikki soat kutish zalida o'tirish hayoliga kelib urildi-yu, kattargan ko'zlari ila qizga boqdi:
~Ko'ylak go'yo sen uchun tikilgandek yarashib turibdi. Bo'ldi, shuni xarid qilamiz! )- Jk
~Shoshma! Darhol - xarid qilamiz demada? Menga yoqmagan bo'lsa-chi? )- Sue
~Ammo menga yoqdi. )- dedi Jungkook va qizning qarshisidan ketib, parda ortiga o'tib ketdi.

Jungkook

Bino tashqarisida - mashinasiga suyangancha qizning chiqishini sabr ila Jungkook kutib turar, ammo yana uni toqatsizlik qurshab olgan edi.

~Men keldim! )- dedi jarangdor ovoz bilan Sue.. Va mashinaning narigi tarafida turgan Jungkookni o'ziga qaratishga majburladi.

O'girilgan Jungkook ne ko'zlar bilan ko'rsinki, sal avval unga tashna bo'lgan qiz o'rniga - yana odatiy asab buzar qiz ko'rinishi bilan duch keldi.

Suening egnidagi yopiq kiyimlarga ko'z tikdi, U.. So'ngra bosh chayqab, qizga "mashinaga o'tirishini" aytdi.

~Uyingga tashlaymi? )- Jk
~Sen-chi? Sen nima qilasan? )- Sue
~Sendan qutulganim sharafiga - bazm qilaman?
~Bu nima deganing?
~Sen-chi? Kuppa-kunduz kuni ishga bormay, yana nima qilishim mumkin Sue? Savoling ham o'zingga o'xshagan antiqa!
~To'g'ri javob bersang bo'ladiku?
~Noto'g'ri odamdan - to'g'ri javob eshitishni istayapsanmi?
~Meniyam olib bor ishxonangga!
~Bo'ldi. Yetar. Bunisi oshib tushdi!
~Qayerda ishlashingni shundog'am bilaman. O'zing olib borasanmi? Yoki mashinadan tushib, taksida boraymi?

Svetaforning qizil chirog'i ostiga kelib to'xtalgan mashina ichidan - Jungkookning "Ayshsh" deya yangragan so'zlari eshitildi

Sue

9-qism tugadi..

— Keyingi qism tezroq chiqishi uchun 170+ reaksiya va komentlar qoldiring💗 Hali qiziq voqealar oldinda..

Muallif: # Sue