γππππππππ ππ'π ππγ
γππππππππ ππ'π
ππ.
γ8-qism.
Ayol nutqini yakunlashi bilanoq zaldagi har bir qizni - bir kimsa kelib zo'rlik ila olib keta boshlashdi. Vujudim tinimsiz titragancha, atrofimda bo'layotgan bu voqeani tomosha qilishdan boshqa hech narsa qila olmasdim.
Qochay desam oyoqlarim ishlamas, dod solib baqiray desam - tilim tanglagimga yopishgan go'yo..
Shu on bilagimdan qattiq ushlangan kuch ta'sirida men ham boshqa bir tomonga qarata sudratib olib ketila boshladim.
Yuragim bo'g'zimda urayotgandek bu vaqtda - suv to'la vanna ichiga qarata uloqtirilib yuborildim. Mana shu ondan boshlab - ruhim o'zimga qaytib keldi.
Yumilishga moyil ko'zlarim - kosasidan chiqgudek bo'lib kattararkan, vannadan bir metrcha masofa uzoqlikda turib, holatim ustidan tirjayib turgan bu kimsaga jaxl ila qaradim.
~Nega bezrayasan? Yechin va tez-tez yuvin! Vaqt chegaralangan. )- dedi u do'q qilgancha..
Vannaning chetidan ushlab, o'rnimdan turmoqchi bo'lganimda - u men tomon yaqin keldi.
~HOY!! SENGA YECHIN DEDIM!!
~Meni qo'yib yubor!
~JIN URSIN SENI!!
Yuzimga berilgan tarsaki kuchi sabab suv tubiga takror cho'kib tushdim.
Vahima ichra o'rnimdan turarkanman, yuzimga yopishgan nam sochlarimni olgancha - bu yerda paydo bo'lgan ikkinchi odam tomon boqdim.
U o'sha - vaxshiy nigohli kimsa..
Menga tarsaki tushirgan yigitga - u shu qadar qattiq musht tushirdiki, devorga borib yopishgan tanasi yerga sudralib tushdi.
Qo'rquv to'la ko'zlarim bilan unga qarab turganimda - uning nigohlari men tomon o'zgartirildi.
~Yechin va yuvin! )- dedi, U.. tahdidga boy ohangi ila..
Va eshikni katta ochgancha bu yerdan chiqib ketdi.
Egnimdagi oq libos ila - vaxshiy nigohli odam ortidan jim ketardim. Menda na inkor qilish uchun jur'at va na qochish uchun jasorat bor edi - ayni dam...
Yelkalarim uzra o'tgan ingichka iplar - sonlarimni zo'rg'a yopib turgan matoga yopishtirilgan bo'lib, bu libos bilan men qay jahannamga qarab yo'l olganimni faxmlab bo'lgandim.
U bir eshik qarshisiga kelib to'xtalganini ko'rib, men ham qadamlarimni to'xtatdim.
U eshikni ochdi va menga kirishim uchun ishora qildi. Qaltiroq qadamlarimni eshik tomon burarkanman, uning ro'parasiga kelib bir muddatga to'xtaldim.
~Menga.. yordam bering, janob... iltimos.. o'tinib so'rayman.. Siz yaxshi insonligingiz ko'rinib turibdi. )- jon ko'zlarim bilan unga o'tinch ila qaradim.
Ammo u hech narsa demadi. Belimdan qo'ygan qo'li yordamida meni ichkariga qarata itarib yuborarkan, oxirgi bo'lib aytgan so'zlaridan daxshatga tushdim:
~Uni o'ldir.
Yopilgan eshik tutqichini tinimsiz buray boshladim. U allaqachon qulflanib bo'lgandi.
Ortimdan esa bir notanish erkakning kulgu ovozlari yangray boshladi.
Ko'zlarim yoshga to'la holicha ortga o'girilib qaradim. Vaholanki, yoshi chamasi 45 lardan oshgan erkak bilan ro'baro kelgan edim..
~Amaki.. )- duduqlangancha eshik ostonasida tizzalarimni yer bilan birlashtirib o'tirdim. Unga yalina boshladim. Negaki, uning ko'zlaridan maqsadi aniq ayon etilib turardi:
~Meni qo'yib yuboring.. Iltimos.. )- Gahye
~Qizaloq? Bu nima qilganing?
~Qo'yib...yubor..ing.. il..tiiimoo..sss
~Duduqlanma! Qo'rqma!
Qarshimga kelib o'tirganda, eshik tomon siljidim..
~Missiyangga ko'ra meni o'ldirishing kerak. Va buning uchun senga hattoki buni ham beraman. )- deya u pol ustiga pichoqni qo'ydi.
Ko'zlarim pichoqdan uzilmaskan, aqlim meni tark etib bo'lgandi.
U sochlarimni g'ijimlab ushladi-yu, meni o'rnimdan turishga majburladi.
Holsiz tanam g'irchillab qolgan to'shak ustiga qarata uloqtirib yuborilganda, belimda qattiq og'riq hissi uyg'ondi.
Qo'limda pichoq turardi. Ustimdan esa o'sha kimsa chiqib kela boshladi. Pichoqni har qancha siqimlab ushlasam-da, ammo uni maqsadim yo'lida harakatga keltira olmasdim.
Men tirik jonni qanday o'ldiraman axir?
Pichoqni qo'yib yubordim va bo'ynim uzra tish izlarini qoldira boshlagan bu odamni o'zimdan itara boshladim.
Ammo hech bir harakatim unga ta'sir ham etmasdi. Hayotimning nihoya etilgan nuqtasi shu yer ekanligiga ishonchim komil edi.
Ko'zlarimni yumdim.. Men sevgan insonning xushro'y suratini qayta hayollarimda aks ettirish uchun..
Uning doimiy yoqimli tabassumini yodga olib, dedim:
~Denit...