May 11, 2025

γ€‹ππŽπ’π‡ππ€π‹πˆ π“πŽ'π…πŽπγ€Š

γ€‹ππŽπ’π‡ππ€π‹πˆ π“πŽ'π…πŽπ.
》7-qism.

Bo'ynimni butunligicha barmoqlari orasiga changallagan bu odam - aqlimdan ayrilishimga xizmat qilayotgan edi.

~Nega yashirinding? )- o'lik sukunatni buzgancha so'radi, U..

Tanam esa titrar, hatto javob berish uchun tilim harakatga kelmasdi sira..

U boshini qiyshaytirib, pastga qaratilgan yuzim tomon egildi.

~Necha yoshsan?

Uning barmoqlari orasida siqilayotgan bo'ynim sabab yanada sarosimaga tusharkanman, duduqlangancha dedim:
~O'... O'... O'.nn... O..Ol..Oltiiii )- Gahye

U meni qo'yib yubordi va tanam yerga gurs eta qulab tushdi. Aslida u meni hatto siltamagan, atayin yerga qulatmagandi ham.. Mening qaltiroq tanam bu mag'lubiyatni o'z xohishi ila qilgan edi.

~Uni katta zalga olib o'ting. )- dedi, U.. Va bir necha soniya o'tmay turib, sochlarimdan g'ijimlab ushlangan qo'l sabab og'riq ila ingrab yubordim.

O'sha odam changallagan sochlarimni qo'yib yuborgan onida ~ qaytadan tanam yerga qulab tushdi.

Ko'zlarim yuqorimda turgan bu ikki shaxsni ko'rishdan chekinmas ekan, yuzlarim bo'ylab uzluksiz tarzda yoshlarim sizilib tushardi.

~Unga to'g'ri muomilada bo'l! )- deya sochimni changallagan odamning yuzidan musht tushirdi, U:
~Zarar yetkazish uchun senga huquq bermadim! Shunday ekan, haddingdan osha ko'rma!

Sal avval sochlarimni siqimlagan yigit - mana endi yelkamdan tutgancha o'rnimdan turg'azdi. Uning qo'li bilagimning yuqori qismidan chirmashar ekan, meni sudragancha bu yerdan olib chiqib keta boshladi.

Qo'rqsam-da, ammo yuz burib ortimga boqdim. Bu yerda men kabi qizlar juda ko'p bo'lib, aksariyati allaqachon uyqularidan turishgan va yig'lash bilan band etilishgandi.

Eshikdan olib chiqilib ketishimdan avval ko'zlarim oxirgi bor - o'sha vaxshiyona nigohli kimsaga tushdi.

U o'sha o'rnida va ko'zlari hali hamon menga qadalib turardi.

Oradan soatlarcha vaqt o'tdi..

Sovuq va qorong'u bu zal ichida qancha vaqtdan buyon o'tirganimni bilmayman.

Hayolimda bir xil savollar aylanar edi:
~Bu yer qanday joy o'zi? Bu jahannamdan qay tarzda chiqib ketaman? Chiqib keta olamanmi o'zi?

Bir on ichida ko'zlarim uzra buvimning surati akslandi. U mendan havotir olayotgani aniq.

Kutilmaganda, chiroqlar ketma-ket yona boshladi. Atrofga qaradim.. Taxmin qilganimdek bu joy ham - qo'rquvga soluvchi bir maskan edi.

Eshikning chiyilloq ovozi eshitilarkan, yuzim o'z-o'zidan u tomon burildi. Mana endi zalda yolg'iz emasdim..

Bir gala qizlar yosh to'la ko'zlari ila bu yerga kirib kelisha boshlashdi. Hayratlanarli tomoni shundaki, ularning barchasini qo'llari bog'langan. Aksariyatining yuzlari esa hatto qon bilan bejalgan ham edi..

Arqon bilan bog'lanmagan qo'llarimga boqdim. Ular ham mening itoatkor ekanligimni sezishdimi?

Zalga oxirgi bo'lib kirib kelgan odamni ko'rishim bilanoq - yana titroqlikni his eta boshladim. U menga qaradi va qo'lini ko'tarib, barmoqlari orqali "Kel" ishorasini qildi.

γ€Š o'sha odam 》

O'rnimdan turishni istardim. Biroq sira ham uddalay olmasdim. Uning men tomon kelayotganini ko'rib esa battaroq pitirchilay boshladim. Ammo bo'lmadi. O'tirgan o'rnimdan aqalli bir santimetrga ham qo'zg'alay olmagan edim.

~Nega bunchalar ojizsan? Yoki ruhing seni tark etib bo'ldimi? )- dedi U - iyagimdan tutgancha..

Bir og'iz so'z deya olmaganimni ko'rib, hafsala ila xo'rsindi va o'rnimdan turishga meni majburladi.

Uning qo'llari ostida sudralib ketarkanman, zalga xushbichim qomatga ega bir ayolning kirib kelganini ko'rdim.

Barcha qizlar - zal o'rtasida to'dalantirildi. Ayol esa bizga nimalardur deyish uchun so'zlarini ichida takrorlayotgandek ko'rinardi go'yo...

~Gapni qisqa qilib aytaman azizlar.. Sizlar – tanlanganlardansiz! Har biringiz qaysi jabhangiz bilan.. Masalan, go'zalligingiz, fe'l-atvoringiz va o'zgacha xususiyatingiz bilan! Shunday ekan, endi oldingiz zerikarli va maqsadsiz hayotingizni unuting! Bundan keyingi umringizni - tashkilotimizning ravnaqi uchun qurbon etishga o'rgatilasiz. Albatta, saralash bosqichlaridan o'ta olsangizgina.. Sizlardan umidlarimiz katta va siz buni eplay olasizlar... )- ayol so'zlashdan bir muddat chekinarkan, bu vaqtini u egnidagi kostyumini to'g'irlab qo'yishga sarfladi..

~Bizga nafaqat go'zal qomatlilar, balki o'tkir aql sohibalari va shu o'rinda qotillari ham kerak. Ya'ni aytmoqchimanki, siz - tashkilot tomonidan tanlangan kimsani o'ldirishga ham tayyor turishingiz kerak. Shunday ekan, birinchi bosqichda - biz sizning ichingizda yashiringan qotilni uyg'otamiz! Shartlar oddiy - yo siz o'ljangizni o'ldirasiz. Yoki biz - sizni.? )- ayol

Zalda birdan shovqin ko'tarildi. Qizlarning yig'i ovozlari yangragan bu paytda quloqlarim go'yo bitib qolgandek hech narsani eshitmas edi.

Yuqoriga qaratilgan to'ponchani ko'rdim. Va hattoki uning tepkisini bosishlarini ham.. Ammo otilgan o'qning ovozi quloqlarim uzra sira ham kirib bormas edi.

Ko'zlarim - o'sha vaxshiyona nigohli kimsaga tushgan on, uning ham diqqati menda ekanligini ko'rdim.

U aytganidek, ruhim meni tark etib bo'ldimi?

Gahye

6-qism tugadi

β€” Yoqimli mutolaaπŸ’—
Fikr va reaksiyalar qoldirish esdan chiqmasinπŸ’—

Muallif: Hwang Sue