August 1, 2025

π—¬π—’π—©π—¨π—­π—‘π—œπ—‘π—š π—¦π—˜π—©π—šπ—œπ—¦π—œ

28-qism

#Pov. Sunshine::

Har doim muhabbatga limmo-lim deya bilgan makonimga - muhabbatsizligim ila kirib keldim.

Atrofga boqdim.. Men bilgan, men sevgan uy endi ko'zlarimga boshqa tasvir bilan jo bo'lar, jannat deya o'ylaganim - aslida jahannam kabi ekanligini tan oldim.

~Ko'tarib olaymi? )- ManWol
~Yaqinlashma! O'zim.. )- dedim uning men tomon harakatlanmoqchi ekanligini ko'rib..

U esa jilmaydi. So'ngra, yurishimni ishora etib - men uchun yo'l ochdi.

Tark etib ketgan xonam tomon yurdim. Ichkariga kirish uchun eshikni ochganimda - xuddi hayotim kabi zulmatga cho'kkan qorong'u bir xona qarshi oldi meni..

~Egningdagi kiyimlaringni axlatga tashla. Ulardan badbo'y hidlar anqiyapti. Avvalgi holatingga qaytishingni istayman. Ertalab sen bilan duch kelganimda - menga tabassum hadta et. )- ManWol

Ichkariga kirishim uchun - ManWol yelkalarimdan tutib, meni yurishga undab itardi.

~Qochishni hayolingga keltirma. )- dedi, U va eshikni berkitib, kamiga qulfladi ham..

Sunshine

Yangi kun..

#Pov.Jungkook:
Samolyotning kichik derazasi orqali - sal avval uchib o'tishgan bir to'da qushlar tomon qaradim. Va bir vaqtlar mening ham katta bo'lmasa-da, ammo baxtli bir kichik oilam borligini yodga oldim.

Aslida uni "baxtli" deya atashim ham noto'g'ri.. Har gal bu xulosaga kelganimda esa - ancha vaqtga kech qolganimni takror va takror anglayman.

Qarshimda o'tirgan - men sevgan qiz tomon qaradim. Balki xudoning menga rahmi kelib, asl baxt hissini tuyishim uchun - uni menga yuborgandur? Yoki baxt shaklini faqatgina unda ko'rishim uchun - unga shu qadar oshiq etdimi meni?

Boshimni pastga quyi egdim. Ko'zlarim esa o'z-o'zidan yumildi. Bu baxtdan ayrilishim haqidagi o'ylarim meni qo'rquvga solishini tan olaman. Va bu voqea sodir etilmasligi uchun - men bor kuchim bilan harakat qilaman.

~Janob, nimadur istaysizmi? )- styuardessa

Formali qizga qarab bosh chayqadim. U esa jilmayib, Aronning oldiga ko'chdi.

~Xonim, nimadur istaysizmi? )- styuardessa

Aronning yuzini ko'rolmas edim. U bu samolyotga chiqqanidan buyon - bir gazetani o'qishdan sira chekinmadi. Nazarimda, uning asl maqsadi - ko'zlarimga qarashdan qochish..

~Hamma narsa yetarli. )- dedi, Aron.. va styuardessa bu yerni tark etdi.

Hayollarimdan chekinib, diqqatimni - gazeta ushlab turgan bu telba qiz tomon qaratdim.

U o'zining bu tarzda tutishi - meni kuldirar, uning uyatchan tomonini ko'rishim esa sevgimni yanada oshirib borardi.

~Gazetaning bu sahifasida nima yozilibdiki, uni naqt bir soatdan buyon o'qiyapsan? )- Jk
~Varoqlayotganimni eshitmasliging - mening aybim emas.. )- Aron
~To'g'ri, biroz vaqtga styuardessa xonimga qarab chalg'ib qolgandurman? )- Jk

Gazeta tezda pastga tushurildi. Ortidan esa qovoqdor chehra bilan duch keldim.

~Ammo uning qomati menga yoqmadi. )- jk

Shu on Aronning qo'lida turgan gazeta - men tomon uchib keldi.

Kulardim.. U esa kulmasligimni ta'kidlar edi.

~Nihoyat, bu la'nati gazetadan qutuldim. Endi bemalol ko'zlaringga tikilib ketolaman. )- Jk
~Telba! )- Aron

Jungkook

》》》》》》》》》

28-qism tugadi.

Reaksiya va izohlar qoldirib keting. Fanficni bir nafasda to'liq o'qishni istasangiz - sizni VIP kanalimizga taklif etib qolamiz.

Muallif: #Sue