July 15, 2025

γ€‹ππŽπ’π‡ππ€π‹πˆ π“πŽ'π…πŽπγ€Š

16-qism.

Flashback:: (9 yil oldin. Koreya qamoqxonasi)

Har hafta so'ngida maxbuslarning oila a'zolari bilan ko'rishish kuni joriy etilgan bo'lib, qotillik ortidan bu yerlarga kelib qolgan 18 yoshli Jimin ham - uni ko'rishga keladigan sevgilisini ko'rishga mushtoq bo'lardi

U doim - yangi boshlangan haftaning kunlarini sanab tugallanishini kutar, ko'rishish kuni esa - go'yo Yesol bilan ilk bora ko'rishgandek hayajonla u bilan suhbatlashar edi.

Bugungi uchrashuv kunida ham Jimin uning ismini chaqirilishini kutib, xonasida sabrsizlik ila o'tirardi.

Hibsxona eshigi ochilib, ichkariga qamoqxona xodimi kirib keldi.

~Park Jimin. )- deya chaqirdi, U.. Jimin esa iljaygancha o'rnidan turdi.

~Seni ko'rishga kelishgan. Ortimdan yur. )- xodim

Jimin egnidagi kiyimlarini to'g'irlab, politsiya xodimining ortidan yurdi.

U uchrashuv xonasiga kirib kelishi bilanoq, ko'zlari - o'zi uchun qadrli bo'lgan insonni darhol topa oldi.

U jilmaygan qiyofasi ila sevgilisining ro'parasiga kelib o'tirdi. Ayni payt ularni faqatgina shishali oyna ajratib turardi.

~Yaxshimisan? )- Yesol birinchi bo'lib tilga kirdi. Bugun uning doimiy soch turmagi o'zgargan bo'lib, o'rilgan sochlar - odatidan farqli ravishda tarqatilgan holatda edi.

~Sochlaringni nega yoyding? )- javob talab qiluvchi savol berdi, Jimin..
~Sendan hol-ahvol so'radim? )- Yesol
~Nega yoyding? )- Jm
~Doimo yig'ib yurish jonimga tegdi. )- Yesol
~Bo'lmaydi. Hoziroq yig'ib ol.
~Nega? Shunisi yaxshi emasmi?
~Yaxshi. Ammo bu yerda erkaklar ko'p?

Yesol kuldi. Boshini chayqagancha, Jiminga qiziqishla boqdi.

~Rashkchi yigitman de?
~Hoziroq yig'.
~Kuning qanday o'tyapti? )- mavzuni burishga harakat qildi, Yesol.. Biroq bu ish uning qo'lidan kelmadi. Qaysar Jiminning qovoqlari osilib borishi natijasida - u majburan sochlarini ortga yig'di. Natijasida - qizning yuzidagi chetki qismlarda ko'karish aralash qizil izlarni ko'rib, Jiminning qoshlari butkul chimirildi.

~Yaxshilab yig'sangchi? )- deya sabrsizlik bilan o'dag'ayladi.
~Kim qildi bularni? )- Jm
~Tokchaga urib oldim. )- Yesol
~Aldama!!! )- Jm

Jimin so'zini yakunlashi bilanoq narigi tarafdagi xonaga Yesolning bobosi kirib keldi. Uni ilk ko'rgan Jimin kabi - qariya ham darhol yigitchani topa oldi.

Uning ro'parasida o'tirgan nabirasining ortidan kelib turarkan, jamoat joyida Yesolning sochlaridan g'ijimlab ushlagancha o'rnidan turishiga majburladi.

~SENGA BU JINOYATCHINING OLDIGA QAYTA BORMAYSAN DEMAGANMIDIM?? )- dedi-yu, qariya nabirasini ayamay turib yuzidan tarsaki tushirdi.

Yesolning polga qulab tushishi natijasida Jimin o'rnidan shahdla turdi. Biroq u shisha ortiga o'tolmas, Yesolni uning bobosidan himoya qilolmas edi.

~Urmang uni!! Tegmang unga!! Yesolga tegmang!! )- shishali oynani urayotgan Jimin tinimsiz baqirar, politsiya xodimlari esa keliboq - uni uchrashuv zalidan majburlab olib chiqib ketishga musharraf bo'lishdi.

Xujrasiga olib kelingan Jimin - politsiya xodimlariga zo'rlik qilar, uni uchrashuv zaliga olib borishlarini tinimsiz so'rardi.

Biroq ular yosh maxbusni ayamay kaltaklari ostida qoldirib, so'ngra xonani tark etishdi.

Zax yerda - yuzi qonga belangancha yotgan Jimin, ovoz chiqarmay yig'lay boshladi. U jarohati sabab tanasida uyg'ongan og'riq sabab emas, bobosidan kaltaklar yegan Yesolni ko'z oldiga keltirib, azoblanardi

Aynan shu voqeadan so'ng - Jimin bundan keyingi uchrashuvlarning hech biriga chiqmay qo'ydi. Har gal Yesolning kelgani haqidagi ma'lumot kelar, biroq Jimin xujrasining ostonasidan hatlab tashqariga chiqay demasdi.

U - qizni uni deb azoblanishi istamay, bu yerga kelmasligi uchun harakat qildi. Va vaqt o'tib, uchrashuv kunlarida - Jiminni hech kim yo'qlab kelmay qo'ydi

Yesol

Hozirgi vaqt:: Fransiya..

Balkondagi reshotkasiga suyangancha, osmondagi yulduzlarga ko'z tikkan Yesolning hayollari - kecha shifoxonada ko'rgan insoni bilan band etilgandi.

Shuncha yillardan so'ng Jiminni uchratishi haqida hatto hayol ham qilmagan bir paytda - u bilan ro'baro etilgani, Yesol uchun kuchli bir zarba bo'lib urilgan.

Jiminning ko'rinishini - ko'zlarida aks ettirish uchun harakat qilayotgan bu onida – zulmatli daraxtlar ortidan turib, uni ham kuzatayotgan shaxs qizdagi tuyg'ularni u bilan birgama-birga his etayotgan edi.

Jimin - yulduzlarga boqib turgan Yesoldan ko'zlarini uzolmaskan, qizning ortidan ko'rinish bergan yosh bir erkakni ko'rib, ichi negadur zil ketdi.

Uning yuragi tirnalgudek og'riqla tebranarkan, ortiq bu yerda turishini to'g'ri deb bilmay - kelgan yo'lidan ortiga qaytdi.

Yesol va Jimin

Eshigining tinimsiz taqillashi sabab - xunob bo'lgan Hyugo, zardalik bilan eshikni ochdi-yu, ostonasida turgan qizning iljayib turgan chehrasini ko'rib - so'zsiz joyida qotdi.

~Kiritmaysanmi ichkariga? )- Nain
~Hali uxlamagandim? Yoki yotog'imga yotganmidim? )- Hyugo
~Yo'limdan qoch telba! Tush ko'rayotganing yo'q. Menman men! Nainman! Fransiyadaman, keldim! )- Nain Hyugoning yelkasidan surib, uy ichiga kirib bordi

Qizning ortidan qarab qolgan Hyugo bo'lsa - sekingina bilagidan chimdilab qo'ydi.

~Rostanam tush emas. )- dedi u o'ziga o'zi.. So'ngra hayoli joyiga kelgancha yuzlarini shiftga qaratib noligancha dedi:
~Qaysi aybim uchun axir - uni meni uyimga jo'natding? )- Hyugo

Ichkaridan: "Hyugo~~" - deya yangragan ovozni eshitib, yigitcha devorga jussasini suyadi.

~Bu qiz meni ado qiladi. Aniq bilaman, uni Fransiyaga kelgani haqida akalarim bilmaydi. Aks holda meni uyimgamas, to'g'ri Jungkook akamning uyiga borgan bo'lardi.. )- Hyugo

~Hyugoooo )- qizning ovozi takror yangragandan so'ng - yigitcha xohlamaygina javob qaytardi:
~Boryapman...

Hyugo

Kichik hajmli mayxanoda o'tirgan Gahye - barmoqlari orasida tutib turgan sigaretini lablari orasiga solarkan, mayxonaga kirib kelgan Wookni ko'rdi. U sigaret tutunini havoga boricha chiqarib yuborar holida - qarshisidan joy olib o'tirgan Wookga yuzlandi.

~Ko'p kutishimga majburlading! )- Gahye
~Ishing bu qadar tez bitishi haqida qayerdan bilay? Topshiriq bajarib kelyapman )- Wook
~Aslida.. Men ham sen kabi hayollarda edim. Ammo nega hammasi bu qadar teskari ketganiga tushunolmayapman. )- Gahye takror sigaretni lablari orasiga solib, so'zlarini tugatdi:
~Seningcha, u meni bilib qoldimi? )- Gahye

Wook bosh irg'adi.
~Aks holda u sen bilan yuzlashardi. )- Wook
~Nazarimda, u men bilan shundog'am qayta yuzlashishni istaydi. )- Gahye ayyorona jilmayishini yuzlarida barq urdirdi:
~Uning nigohlaridan buni osongina sezish mumkin. )- Gahye

~Kimligingni bilgan bo'lsachi? )- Wook
~Tashkilot rahbarlari nima deyishyapti bu haqida? )- Gahye
~Ertaga ham o'sha restoranda musiqa kuylashingni istashyapti. )- Wook
~Demak, ular ham men kabi o'ylashgan.. )- Gahye
~Jeon Jungkook kelmasachi? )- Wook
~Keladi.. )- dedi Gahye o'ziga bo'lgan ishonchi ila... va stakanidagi alkogolidan sekingina simirdi.

Wook va Gahye

》》》》》》》》》》》

16-qism tugadi.

β€” Fanficga qancha aktiv bo'lsela, menam shuncha tez chiqarib beruvraman. 200+ reaksiya va 50+ fikr so'reman. Ishonamanki, yig'ib tashesila.

Muallif: #Sue