June 15, 2025

γ€‹ππŽπ’π‡ππ€π‹πˆ π“πŽ'π…πŽπγ€Š

γ€‹ππŽπ’π‡ππ€π‹πˆ π“πŽ'π…πŽπ.
》14-qism.

Flashback:: (9 yil oldingi voqea. Koreya.)

~Meni kechir. Meni deb ustozdan rosa dakki eshitding. )- Jimin kun davomida uzr so'rab kelgani yetmaganidek - yana bir bor bu kollejdagi voqeani eslab xo'rsindi.

~Sen kechirim so'rashdan - men esa kechirishdan charchadim sira.. Bas qilsangchi Jimin-aaa.. Hammasi o'tib ketti axir? )- qiz yonma-yon ketayotgan yigitchaga qarab jilmaygan on - Jiminning yuragi ham go'yo u kabi hamohang jilmaygan edi.

~Qaniydi soat millarini barmoqlarim yordamida burasam-u, vaqtni ham 2-3 yil oldinga siljitib qo'ysam.. )- Jimin
~Nega? )- qiz tushunmaygina bosh chayqadi.
~Shunda seni qo'lingdan tutishim va hatto o'pishim ham mumkin bo'lardi. Har holda hozirgidek qobiq ichiga berkitmasding o'zingni? )- Jimin
~Betarbiya! )- qiz kulgancha uning yelkasidan turtib qo'ydi. Biroq uning yuzlari allaqachon bu so'zlar ta'siridan qizg'ish tusga kirgan..

~Yesol.. )- Jimin qizning yelkasiga yelkasini tekkizib yengilgina turtdi.
~..mm? )- Yesol
~Seni sevaman.. )- Jm
~Bas qil Jimin.. )- Yesol

Quyosh botish arafasida ikki yosh birgalikda o'qishdan qaytishar ekan, o'zaro qizg'in suhbatlari ichra tinimsiz tabassum qilishar, bir so'z bilan aytganda, hayotlarining ma'lum bir qismi ichida zavq hissini tuyishar edi.

Ma'lum vaqtlik masofadan so'ng - ular yonma-yon joylashgan uylariga yetib kelib, yurishdan to'xtalishdi.

~Men bilan uyga kir. Senga daftaringni beraman. Ertaga yana yodimdan chiqishi mumkin. )- Jimin

Yesol bosh irg'adi, xolos.. Va Jiminning ortidan ergashib, uning uyi ichiga qadam bosdi.

~Oyi?? )- uyiga kiriboq Jimin balandroq ovozda onasini chorladi. Uyning ichi to'zigani bois - u ortidan ergashib kelgan Yesoldan uyalardi.

~Men shu yerda kutaman. )- dedi Yesol, va Jiminning noqulay ahvolini tushunib uy ostonasida qoldi.

Jimin uy ichiga kirib borgani sari - onasining bedarak javob bermasligidan xunob bo'lar va har bir xonaning eshigini tezlik bilan ochib chiqardi.

~OYI!!! )- deya u navbatdagi eshikni ochdi-yu, qayta yopishga esa harakatsiz qoldi.

Ichkaridagi kiyimsiz holatda bir-biriga yopishib yotishgan erkak va ayolning bu manzarasi sabab - Jimin tushunarsiz bir muhit ichiga tusharkan, bosh ko'tarib qaragan ayolning onasi ekanligini ko'rib - butkul jazavaga tushdi.

O'g'lining kelganini ko'riboq - ko'rpaga o'rangancha tezda o'rnidan turdi, ayol..

~Jimin? Bugun Yesol bilan vaqt o'tkazmoqchiligingni aytgandingku? )- ayol duduqlanib gapirar va o'g'lining o'lik kabi nigohlaridan sarosimaga tushardi

Jimin eshikni tars eta yopdi-yu, xonada chiqib ketdi. Bu ovoz - hatto uy ostonasida turgan Yesolgacha yetib kelgan edi. Qiz havotir ila ichkariga boqdi. Kirish-kirmaslik borasidagi ikkilanish esa uning qadamlarini to'xtatib turardi.

Sal oldin zarb bilan yopilgan eshik - yana takror shu tarzda ochildi. Ammo bu safar ichkariga - kollej o'quvchisi Jimin emas, balki qo'liga pichoq tutib olgan bir qotil kirib kelgan edi.

~Jimin? Nimalar qilyapsan? Tashla pichoqni!! Hoziroq tashla!!! )- onasi xona burchagiga qadalib baqirarkan, o'g'lining divan ustida yoyilib yotgan erkak tomon tashlanganini ko'rib aqldan oza boshladi.

Dadasining yo'q ekanligi - Jiminni uy erkagi sifatlarini oshirgan. Va u ayni bu holatni o'zi uchun kechirib bo'lmas nomussizlik deb qabul etgandi.

U ayovsiz tarzda - bu begona erkakning ko'ksiga bir necha bor pichoqni sanchib chiqarar ekan, uning bu vaxshiy ko'rinishga tushgan holatiga – xonaga endigina yetib kelgan Yesol ham guvoh bo'lib qolgandi.

Flashback tamom.

Yesol

Hozirgi vaqt:: Fransiya~

Bir-biriga tikilib qolgan ko'zlar - o'zlari uchun tegishli bir xotiralarni yodga olgancha, og'ir yutunishdi.

Jiminning ko'zlarida aks etib turgan - sog'inch hissi ochiqlik ila ko'rsatilarkan, bu nigohlar ta'sirida Yesol o'zini noqulay his etgancha ko'zlarini undan birinchi bo'lib uzdi.

~Bobo.. Shovqiningiz karidorga ham eshitilyapti. )- deya go'yo Jiminni tanimagandek bobosiga so'zlay ketdi, Yesol..
~Shifokorni zo'rg'a olib kelsam - bu yashshamagur bola hech qayerimda og'riq yo'q deya xunobimni chiqaryapti. )- bobosi.
~BOBO! MEN YAXSHIMAN! )- o'smir yoshdagi yigitcha qovoqlarini osib gapirar, opasiga esa yordam ko'zlari ila boqardi.

~Janob shifokor.. Siz nima deysiz? Uning ikki kundan buyon nuqul qornining o'ng qismi og'riyapti. )- bobosi.

Jiminning ko'zlari esa hali hamon ilk sevgisiga qadalgan.

Yesol ko'z qiri ila Jiminning egnini ko'zdan kechirib, kostyum-shim ustidan kiyib olgan oq xalat ma'nosini chaqgandek bo'ldi.

~Avval rentgenga tushiraylik. Undan so'ng shifokor bilan maslahatlashamiz? )- Yesol

Yesolning ko'zlari takror Jimin tomon yo'nalgan onda - Jiminning qat'iyligi ham o'ziga qaytgandek bo'ldi, go'yo..

U dastlab tomoq qirdi va Yesolning so'zlarini ma'qullagancha dedi:
~Rentgensiz tashxis qo'yolmayman. Qizingiz aytgani kabi avval uni shifoxonamiz rentgeniga tushiring. So'ng, men bu yerga kelaman. )- Jimin qariyaga kichik ta'zim etdi va Yesolning yonidan o'tib, xonadan chiqdi

Jimin

Palatadan chiqishi bilanoq chuqur nafas chiqargan Jimin - ma'lum muddat ichida eshik qarshisida turdi. U ichkaridan eshitilayotgan qizning so'zlarini tinglagani sari - yuragi xuddi eski yillar kabi hapqirib urardi. Ammo bu gal - bu tuyg'ularga o'rtanish hissi ham barobar qo'shilgan.

O'zini tiklagach, u asl ko'zlangan palata tomon yurdi.

~Ichkarida shifokor bor? )- qo'riqchilardan biri tilga kirib Jiminning yo'lini to'sdi. Biroq hozir u - ortiqcha so'zlashni istamas va ayni shu sabab ham ikki harakati bilan - bu ikki qo'riqchini yerga xushsiz qulatdi.

Jimin palata ichiga kirib kelgan onida - Jungkook NamSilni osonlikcha derazadan yiqitib yuborgandi.

"Oh" tortdi, Jimin.. Hayratini yuz emotsiyalari orqali ko'rsatib, qo'llarini keng yoydi.

~Bu nima qilganing? Uni uloqtirib yubordingmi? )- Jimin
~U uchishni istadi. Men ham uchirdim. )- deya kichik bosh chayqab javob berdi, Jungkook... va egnidagi xalatini yechib yotoq ustiga tashladi.

~Buncha qolib ketding? Rostdanam shifokorlik qilyapsan degan hayollarga bora boshlagandim? )- Jk
~O'lim tomon eltuvchi tashxis qo'ymoqchi edim. "Shifoxonada odamlarni davolashadi" - degan so'zlarga aldanib, sog'ayishiga ishontiribman afsus.. )- Jimin

Jungkook tirjaydi va palata eshigini ochiboq yo'lidan to'xtaldi.

Yerda yotgan ikki qo'riqchini ko'rib, u ortida turgan Jimin tomon hayrat ila o'girildi:
~Sendan qo'rqish kerak!

Jungkook

Yangi kun::

Tongning salqin shabadasi izmida - o'z hayoliy dunyosi ichida, ma'lum vaqtga yashay boshlagan Gahye, o'zi uchun qadrli bo'lgan voqealarni yodga olardi.

Buvisining doimiy tanbehlari-yu, ba'zida erkalab qo'yishlarini eslab uning lablari sezilmas darajada egri bo'lib yoyilar.. Ilk sevgisini yodga olish fursati yetganda esa chuqur xo'rsinardi xolos..

Yonidan kelib turgan insonning kichik shovqini sabab - uning yumiq turgan ko'zlari ochildi.

~Bu yerda ekanligimni qayerdan bilding derdim-u.. Ammo la'nati kuzatuv moslamalari sabab - afsuski bu savol o'z egasida qolaveradi. )- Gahye

~Nega bu yerdasan? Yo'q. Savolni o'zgartiraman. Nega doim shunaqangi - ko'l atroflaridan seni topaman? )- Wook
~Javobi oddiy. )- lablarini pastga egdi, Gahye.. Ichidagi vazmin so'zlarni Wookga oddiylikcha so'zlay boshladi:
~Qadrli insonlarimni oxirgi bor - sohil bo'yida ko'rganman. )- Gahye
~Buvingdan boshqa yana kimdur bo'lganmi? )- Wook
~Bo'lgan.. )- Wookga ko'zlarini qaratgan Gahye ayyorlik ila kuldi va "ilk muhabbatim" - deya javob berdi.

Wook ham qizga hamohang jilmaydi.. U Gahyening tabassumiga sira aldanmagan va ayni fursatda ham xuddi shunday.. U doim qizning yuzlari kulganida - uning ko'zlariga boqardi.

~Buvim menga taqinchoq sovg'a qilgandi. Tug'ilgan kunim uchun edi - bu!! )- Gahye bo'ynida haliham ilinib turgan taqinchoqni tutdi..

~U menga ishonchi haqida so'zlagandi. Va men uchun eng kattasi sovg'asi aslida - uning aytgan o'sha so'zlari edi.. Uning ishonchi... )- Gahye
~U ilgari senga umuman ishonmaganmi? )- Wook
~Menga shunday tuyulgan. Chunki doim meni koyirdi. )- Gahye jilmaygancha davom etdi:
~Oxirgi bor u menga kulib qaragandi va "Uyga tezroq bor. Hali idishlarni yuvishing kerak!" - deya buyruq bilan so'zlagandi. )- Gahye

Gahyening tabassumi so'nishini ko'rib turgan Wook - tomoq qirib oldi.

~Buvingni ahvoli haqida tashkilot xabar berib turibdi. )- Wook
~Buni bilaman. Ammo uning oldiga borolmasam? uni qucholmasam? Yelkasiga bosh suyay olmasam? Buvi men tirikman deya olmasam? Qanday yashash bo'ldi bu? )- Gahye

Gahye ko'l tomon ko'zlarini qaratdi va chuqur nafas chiqardi. Tabiiyki, o'zini o'nglash uchun..

~Nega kelganding o'zi? )- Gahye
~Senga yangi topshiriq bor. Bu galgisi - qolganlaridan farq qiladi. )- Wook

Wook va Gahye

》》》》》》》》》》》》

14-qism tugadi

β€” Yoqimli mutolaaπŸ’—
30+ Fikr va 100+ reaksiyalardan so'ng davomi chiqadiπŸ’—

Muallif: Hwang Sue