June 24, 2025

γ€‹ππŽπ’π‡ππ€π‹πˆ π“πŽ'π…πŽπγ€Š

15-qism

Osmon qorayishini kutayotgan erkak - ayni dam o'z hujjatlari ichiga sho'ng'ib ketgan bo'lib, xonasiga kirib kelgan yigitchaning - stol ustiga bir-ikki bor urib taqillatganidan so'nggina bosh ko'tarib u tomon qaradi.

~Uzr, aka.. A, yo'q - janob! )- darhol so'zga kirdi, Hyugo. Boshlig'ining savolli nigohlari bilan tutash kelgach..

~Janob Jimin haliham ofisga kelmadi.

Jungkook qo'lidagi qalamini stol ustiga tashlab, aylanma kursisini shishali oynasi tomon qaratdi.

~Kun kech bo'libdi. )- Jk
~Jimin akam bilan bog'lanishga yana harakat qilib ko'raymi? )- Hyugo
~O'zi kelmagunicha - baribir uni topolmaysan. )- Jk

Jungkook o'rnidan turdi

~Operatsiyamiz bor. Eng sara yigitlardan 10 tasini to'pla. )- Jk
~Jimin akamni kutmaymizmi? )- Hyugo ketayotgan Jungkookning ortidan shoshiqib so'radi. Va boshlig'ining ajablangan qiyofasi bilan duch keldi:
~Jimin boshliq. Men esa uning yordamchisimanmi? )- Jk
~Kechiring, aka.. oh, yo'q - janob! )- Hyugo so'zlarini to'g'irlab, darhol ta'zim qilarkan, bundan Jungkook bosh chayqadi va "Bu bola qachon odam bo'ladi-ya?" degancha xonani tark etdi

Hyugo

Fransiya aeroporti:

O'rta bo'yli, hipcha bel, sochlari jilokor jigarrangga ega qiz β€” ulkan chamadonini aeroport zali bo'ylab surib kelardi.

Eshik orqali zaldan ochiq havoga chiqib kelgan qiz - tezda ko'zlardagi ko'zoynagini oldi-yu, atrofga qiziquvchan ko'zlarini yugurtirdi.

~Bu gal quvsangiz ham ketmayman akajon! )- Nain

Nain - Jungkook bilan uchrashishi haqida hayol qildi-yu, yuziga tabassum barq urdi.

~Tezroq u bilan yuzma-yuz bo'lishni istayman. Uyiga borish uchun esa ancha kech bo'ldi nazarimda? )- deya u vaqtga qarab, lablarini burdi.

Qo'qqisdan uning quloqlariga bir yigitning baqiriq ovozlari chalina boshladi. Yuz burib - o'zidan o'n metrcha narida turib qiziga do'q urayotgan yigitni ko'rdi, U..

~Bu nimasi? )- Nain qosh chimirdi. So'ngra chamadonini shu yerga qoldirib, ular tomon yura boshladi

~Hoy? Qizni tinch qo'y! Eshitmayapsanmi - senga qo'yib yuborishing haqida aytyapti? )- Nain
~Sen kim bo'lding? Yo'qol bu yerdan! Kichik burningni borib - ovqatingga sol! )- yigit
~Hah! )- Nain eshitgan so'zlari sabab qo'llarini beliga qadadi. Go'yo qarshisidagi bu yigit bilan do'pposlashmoqchi bo'layotgandek..

Yigit ortiga yuzini burib qaradi. Sal vaqt o'tib esa qorong'ulikka boy maskan ichra bir nechta baland bo'yli yigitlar - yorug'likda ko'rinish berishdi.

Nainning beliga qadalib turgan qo'llari - sekinlik bilan pastga tushirilar ekan, og'ir yutunibgina ichida o'zini koyidi. Biroq sirtiga zarracha ham pushaymonligini oshkor etmadi

Nain

Wook - qora zirxdek mashinasini yo'l chetiga joyladi. Shoshiqib mashina ichidan tusharkan, telefoniga kelgan xabarni ochish uchun bir muddatga yurishdan to'xtaldi:
πŸ“¨~Erkakni olib, belgilangan manzilga o'z vaqtida elt. Xato qilishga haqqing yo'q.

~Bu erkak kim bo'ldi ekan? Ming La'nat. )- deya chuqur nafas chiqardi, Wook.. So'ngra aeroport ichiga kirish uchun eshik tomon harakatlandi.

Ammo Nain kabi uning ham diqqatini ko'chadagi shovqin - suron o'ziga jalb eta oldi.

Aeroport zalining kirish eshigi qarshisiga kelib turgan Wook - janjal chiqqan tomon tikildi. Ikki qizning bir gala yigitlar ichida qolganligiga - u shunchaki e'tiborsizlik bilan o'tib keta olmadi.

~Ko'ngilchanglik yaxshi emas Wook! )- dedi u o'ziga-o'zi.. Biroq aytgan so'zlariga teskari yurib - janjal chiqqan tomon yura boshladi.

Nainning bilagidan tutib o'ziga tortgan yigitni - musht zarbi ila bir zumda yerga yiqitgan Wook, qolgan barzangilarga qarata ogohlantirish berdi:
~Yaxshisi ketinglar! Kimnidur uradigan kayfiyatim yo'q. )- Wook

Yigitlar bir-biriga qarab qah-qah otib kula boshladi. Bu vaqt ichida esa Wook ular tomon ko'z yugurtirib, eng so'ngida yonida turgan qiz tomon nigohlarini kelib to'xtatdi.

Bir zum ichida uning ko'zlari siqildi va hayrat hamda ishonchsizlik bilan o'zi bilmay turib gapirib yubordi:
~Nain?? )- Wook
~meni taniysizmi? )- Nain

Qizning hayrati Wookniki kabi.. Biroq Wook tezda o'zini qo'lga olgancha, uning bilagidan tutib - ortga surdi.

~Hoziroq ket! )- Wook uning ko'zlariga qarab qat'iy buyruq berdi:
~Bo'l! )- Wook

Nain tushunarsizlik bilan teskari o'girildi. Avval chamadonini olib, so'ngra taksi to'xtatdi. Mashinaga o'tirishdan oldin esa - o'sha barzangilar bilan do'pposlashayotgan Wookga ajablanib boqdi:
~Bu amaki kim bo'ldi? )- Nain

Wook

NamSil aytgani kabi - Jungkook Parij markazida joylashgan "Star" restoraniga yetib keldi.

U mashinadan tushib, ichkariga kirish tomon yurarkan - yo'lini to'sgan Hyugo sabab ajab ila unga boqdi.

~Oldin ichkarining toza ekanligini tekshirmaymizmi? )- Hyugo
~Nima - ichkarini alkogol hididan tozalamoqchimisan Hyugo? )- deya masxara ila so'zladi, Jungkook..
~Yigitlar shu yerda qolishsin. Sen - men bilan yur. )- Jk

Restoran ichiga kirib kelishganida - bu yerdagi mijozlar sonining kam ekanligi Jungkookning e'tiborini tortdi.

U zal ichiga boqib, markaziy sahnaga yaqin joyda o'tirgan odamni ko'rdi. Stol ustida esa qora ishbilarmonlar sumkasi turardi.

Jungkook ikkilanmay turib, o'sha erkak o'tirgan stol tomon yurdi. Yetib kelganida esa - hech bir ruxsatsiz uning ro'parasidagi stuldan joy oldi.

~Hayrli kech. )- dedi, Jungkook.. unga hayron boqqan erkakka qarab..
~Siz kimsiz? )- erkak
~Sen kutayotgan odam! )- Jk
~Kechirasiz, janob! Meni kim bilandur adashtiryapsiz? )- erkak Jungkookga e'tiborsizligini bildirib, sahnada qo'shiq kuylayotgan qiz tomon o'girildi.

Jungkook gavdasini stulga tashladi. Erkakka esa sinchikovlik bilan termulib, so'ngra o'z savolini berdi:
~Denit bilan nimani kelishmoqchi eding? Keyingi reys bilan kelishi kerak bo'lgan narkotika haqidami? Yoki qurol savdosi bo'yicha yangi kelishuvmi? )- Jk
~Janob, gaplaringizga tushunmadim? )- erkak
~Juda soddalik bilan gapirdim. Mukammallikka o'tsam - kamida 30 ta suyaging sinadi.. )- Jk

Erkak og'ir yutundi. So'ngra sahna tomon yana bir nazar tashlab qo'ydi.

Jungkook qoshlarini chimirib, bu erkakning nega sahnaga bu qadar ko'p qarayotganini bilish uchun - u ham sahna tomon nihoyat ko'z tashladi. Va sahnada qo'shiq kuylayotgan Gahyeni ko'rib, ko'zlari unga qadalgancha bir muddat qolib ketdi.

Jungkook o'zi uchun notanish bo'lgan bu qizga diqqat ila qararkan, uning manmanlik aks etib turgan ko'zlari ham - Jungkookni o'ziga ohangrabo kabi torta boshladi

Gahye

Bir necha daqiqa ichida - Jungkook go'yo olamdan uzilgandek his etdi o'zini.. So'ngra qarshisida o'tirgan erkakga qovoq osib qaradi.

~Sen soxta shaxssan! )- Jk

U erkakning kalovlanishiga e'tibor bermay turib - Hyugo tomon kelishini ishora etdi.

~Yigitlarga ayt - buni olib ketishsin. Bizga uning hech qanday foydasi tegmaydi )- Jk

Jungkookning buyrug'i bilan Hyugo - bu erkakni zo'rlik ila restorandan olib chiqib ketdi. Jungkook esa hali hamon o'sha o'rnida o'tirar, ko'zlari esa sahnadagi bejirim moviy ko'ylakli qizga qaratilgan.

Toki musiqa ovozlari yangrashdan to'xtamaguniga qadar - Jungkook o'rnidan qo'zg'almadi ham.. Uning nigohlari o'z o'rnida yutib yuboruvchi kabi. Biroq Gahye ham bu borada - undan qolishmas edi. Jungkook ko'zlarini uzmagani kabi - qiz ham musiqa tugaguniga qadar undan ko'zlarini uzmadi.

Musiqaga yakun yasalishi bilanoq - Jungkook o'rnidan turdi. Gahye uni yoniga kelishini kutgan edi. Biroq Jungkook teskari harakatlari bilan restorandan sukunati ila chiqib ketdi.

~U nima qilmoqchi? )- Gahye

Jungkook
Gahye

Restorandan chiqib, mashinasi ichidan joy olgan Jungkookni - old o'rindiqda o'tirgan Hyugo savolga tuta boshladi:

~Aka, operatsiya shu qadar tez tugadimi? )- Hyugo
~Aslida u boshlanmadi ham.. )- Jk
~Hech narsaga tushunmadim? )- Hyugo
~Bu odam - bizni avrash uchun yollangan shaxs xolos. Hech qanday kelishuv belgilovchi hamkor emas. )- Jk
~Qayerdan bildingiz buni?? )- Hyugo
~Birinchidan - ommabop restoranning bugunga kelib, mijozlari kam? Ikkinchidan - erkakning portfeli stol ustiga qo'yilgandi, xuddi meni top deb o'tirgan kabi... Uchinchidan esa - u gapirishi davomida tinimsiz sahnaga qarardi. Go'yo meni ham u tomon jalb etish uchun! )- Jk
~Sahnagami?? Ammo nega?? )- Hyugo
~Hamma gap ham mana shu yerda! Sahnada qo'shiq kuylayotgan qizni - mening e'tiborim ostiga solish ularning maqsadi bo'lgan. NamSilni ham shu sabab shifoxonada yotgani haqida mish-mish tarqatishgan. Uning yoniga borishimni va Denitning rejalari haqida so'rashimni ular bilishardi.. )- Jk

Hyugo qoshlarini egri-bugri qilgancha Jungkookga qayrilib qarab turardi. U boshlig'ining so'zlarini tushunishga harakat qilardi.

~O'sha qiz haqida barcha ma'lumotlarni bilishni istayman. )- Jk

》》》》》》》》》》
15-qism tugadi.

β€” Keyingi qism tezroq chiqishi uchun 150+ reaksiya va 50+ koment kelishi kerakπŸ’—

Muallif: #Sue