December 5, 2020

Miflar – haqiqatga aylangan uydirmalar

Miflar – haqiqatga aylangan uydirmalar
Barchamiz bolaligimizda uxlashdan avval ota-onamiz aytib bergan ertak, rivoyat hamda afsonalarni yaxshi eslaymiz. Ulardagi asosiy mavzu sifatida ezgulik hamda yovuzlik o`rtasidagi azaliy kurash aks etadi. Bu bizning ongimizda shakillangan dastlabki mifdir. Hatto voyaga yetgan, muamilaga layoqatli shaxs bo`lsak-da, hanuz multifilmlar tomosha qilamiz, fantastik janrdagi filmlarni sevib tomosha qilamiz, garchi bularning bari uydirma bo`lsada-da. Lekin hayotimizda bundanda g`aroyibroq, afsonaligiga ishonish qiyin bo`lgan, afsonalar borligi haqida o`ylab ko`rganmisiz? Insoniyat tarixi davomd ko`plab ertaklar to`qilgan, ulardan ba’zilari ertakligicha qoldi, ba’zilari esa Insonoyat tarixini larzaga solgan eng katta inqloblarga aylandi. Xo`sh bu afsonalar bizga nima uchun kerak edi? Tasavvur qiling: sizga 10 kishidan iborat ishchi jamoasi kerak. Siz ular bilan ma’lum bir vazifaani bajarmoqchisiz, siz ularni boshqarasiz, tizimli tartibga solasiz. Ammo 150 kishilik chegaradan o'tishi bilan avvalgi tartib izdan chiqadi. Ming askarlik diviziyani 10 kishilik ishchi guruh singari boshqarish imkonsiz. Muvaffaqiyatli oila biznesi o'sganda va ko'proq ishchi olinganda inqirozga yuz tutadi. Agar o'sha paytda qayta tartibga solish uddalanmasa, kompaniya odatda barbod bo'ladi. Insonlar qanday qilib bu chegaradan o'tdi va minglab odamlar yashagan shaharlarni, yuz millionlab odamlardan iborat imperiyalarni yaratdi? Aynan shu yerda tasavvur tili yordam bergan. Hattoki hozirda ham odamlarning o'zaro munosabati uchun kritik chegara taxminan shu sehrli raqam bilan belgilanadi (150). Ana shu chegara doirasida kompaniyalar, ijtimoiy tarmoqlar, jamoat tashkilotlari va harbiy qismlar a'zolari o'zaro yaqin bo'la olishi va g'iybatlasha olishi mumkin. Rasmiy ierarxiya, daraja va tartibni ushlab turish qoidalariga hojat yo'q. 30 askardan iborat vzvod va hattoki 100 askardan tashkil topgan rota o'z vazifasini tashqi intizomga muhtoj bo'lmay turib, ichki aloqalar yordamida a'lo darajada bajara oladi. Hurmatga sazovor serjant “qirol” bo'ladi, unga hattoki zobitlar quloq soladi. Oilaviy biznes direktorlar kengashi, bosh direktor va hisobchisiz ham rivojlanadi. Odmlarni mif birlashtirsa, ularning bir-birini tanimaydigan ulkan massalari muvaffaqiyatli hamkorlik qilishi mumkin. Har qanday keng ko'lamli insoniy hamkorlik – zamonaviy davlatdan tortib antik shaharlargacha, ibtidoiy qabiladan o'rta asrlar cherkovigacha – faqat inson tasavvurida mavjud bo'lgan umumiy miflardan o'sadi. Bir-birini hayotda ko'rmagan ikki katolik birga salib yurishlariga otlanishi yoki kasalxona qurilishi uchun mablag' to'plashi mumkin, chunki ikkisi ham Xudo insonda mujassamlashganiga ishonadi. Davlatlar milliy miflarga tayanadi. Ikki notanish o`zbek bir-birini tushunadi, zero ikkisi ham o`zbek xalqi mavjudligiga, o`zbek vataniga va o`zbek bayrog'iga ishonadi. Korporatsiyalar o'zlarining iqtisodiy asotirlarini yaratadi. Googlening ikki bir-biriga notanish xodimi birga samarali ishlaydi, chunki ikkalasi ham Google, aksiyalar va dollar mavjudligiga ishonadi. Sud tizimi yakka huquqiy asotirlar hisobiga yashaydi. Ikki notanish huquqshunos umumiy til topa oladi: ikkalovi ham qonun, adolat va inson huquqlari mavjudligiga ishonadi. Ammo bularning bari faqatgina odamlar o'ylab topgan va bir-biriga aytib beradigan hikoyalar ichida mavjud. Reallikda esa millatlar va korporatsiyalar, pul, inson huquqlari va qonunlar yo'q va adolat faqat odamlarning jamoaviy tasavvurida yashaydi. Ibtidoiy qabilalar sharpa va ruhlarga ishonib jamoaviy birdamlikni mustahkamlaganini hamma biladi; ular to'lin oyda olov atrofida birgalikdagi raqs marosimiga yig'ilishgan. Lekin biz zamonaviy tashkilotlarimiz ham shunday tuzilganini sezmaymiz. Korporativ dunyoni olaylik. Zamonaviy biznesmen va huquqshunoslar – qudratli shomonlar. Ular va qadimgi shomonlar o'rtasidagi birgina farq shuki, zamonaviy huquqshunoslar ancha g'alati hikoyalar so'zlab berishi mumkin.

“UzAvtoMotors” afsonasi bunga yaxshi misol bo'la oladi (Bu haqida keying mavzulardda batafsil gaplashamiz).