Abbosxon O‘roqov |alone: Avvalgi maqolamizda “UzAvtoMotors” afsonasi orqali mavzuni yoritib berishimizni aytib o`tgan edik (Mazkur maqola barcha tanqidiy hamda siyosiy qarashlardan holi). Hozirda uning butun O`zbekiston bo'ylab tarqalgan va ko'p hollarda bir-birini umuman tanimaydigan yuz mingtacha ishchisi bor. Bu ishchilar shunchalik bahamjihat ishlaydiki, hozirgi kunga kelib kompaniya yiliga yuz mingdan ortiq mashina ishlab chiqarib, bir necha milliard dollar daromad oladi. Biz “UzAvtoMotors” mavjud deganda nimaga asoslanamiz? “UzAvtoMotors” avtomobillarini yon-atrofda istalgancha ko'ramiz, ammo kompaniyaning o'zini emas. Hattoki “UzAvtoMotors”ning barcha avtomobillari temir-tersakka ketgan taqdirda ham “UzAvtoMotors” yo'qolib...
Miflar – haqiqatga aylangan uydirmalar Barchamiz bolaligimizda uxlashdan avval ota-onamiz aytib bergan ertak, rivoyat hamda afsonalarni yaxshi eslaymiz. Ulardagi asosiy mavzu sifatida ezgulik hamda yovuzlik o`rtasidagi azaliy kurash aks etadi. Bu bizning ongimizda shakillangan dastlabki mifdir. Hatto voyaga yetgan, muamilaga layoqatli shaxs bo`lsak-da, hanuz multifilmlar tomosha qilamiz, fantastik janrdagi filmlarni sevib tomosha qilamiz, garchi bularning bari uydirma bo`lsada-da. Lekin hayotimizda bundanda g`aroyibroq, afsonaligiga ishonish qiyin bo`lgan, afsonalar borligi haqida o`ylab ko`rganmisiz? Insoniyat tarixi davomd ko`plab ertaklar to`qilgan, ulardan ba’zilari ertakligicha qoldi, ba’zilari esa Insonoyat tarixini larzaga solgan...
MUTTAHAM
Hayot 21 Oktyabr 2020. Muallif: Abbosxon O‘roqov/𝓐𝓵𝓸𝓷𝓮 Yo‘lovchi (kun va tun) Kun ajoyib edi. Yo‘lovchi bardam edi. Yo‘l yurishning ayni payti, manzil yiroq... Yo‘lovchi ko'nglining chigilini yozish maqsadida biroz sayr qilmoqchi bo‘ldi. Atrofda yashil o‘t-o‘lanlar bosgan, notabiiy so‘qmoqlar. Yo‘lovchi ulardan biriga qadam qo‘ydi va o‘zini xuddi kuchli oqimga tushganday his qildi. Ammo ikki qadam tashlashi bilanoq, o‘zini notanish kenglikda ko‘rdi. Yo‘lovchi ortiga o‘grildi, biroq u bosgan qadamlarni allaqachon soyasi yashirgan edi. Yo‘lovchi kun botar tomonga yuzlandi. Yurishga majbur etayotgan yo‘l ishtiyoqi uni Sharq tomon boshlardi. U yo‘l yurardi, Quyosh unga hamroh edi. U yolg‘oz emas edi. Yo‘lovchi shunday o‘ylardi...