Miflar — haqiqatga aylangan uydirmalar
Abbosxon O‘roqov |alone:
Avvalgi maqolamizda “UzAvtoMotors” afsonasi orqali mavzuni yoritib berishimizni aytib o`tgan edik (Mazkur maqola barcha tanqidiy hamda siyosiy qarashlardan holi). Hozirda uning butun O`zbekiston bo'ylab tarqalgan va ko'p hollarda bir-birini umuman tanimaydigan yuz mingtacha ishchisi bor. Bu ishchilar shunchalik bahamjihat ishlaydiki, hozirgi kunga kelib kompaniya yiliga yuz mingdan ortiq mashina ishlab chiqarib, bir necha milliard dollar daromad oladi.
Biz “UzAvtoMotors” mavjud deganda nimaga asoslanamiz? “UzAvtoMotors” avtomobillarini yon-atrofda istalgancha ko'ramiz, ammo kompaniyaning o'zini emas. Hattoki “UzAvtoMotors”ning barcha avtomobillari temir-tersakka ketgan taqdirda ham “UzAvtoMotors” yo'qolib ketmagan bo'lar edi. Kompaniya yangi mashinalar chiqaraverar va yillik hisobotni davom ettiravergan bo'lardi. Kompaniya zavodlar, dastgohlar, avtosalonlarga egalik qiladi, ammo bu mulk va odamlar ham birgalikda “UzAvtoMotors” emas. Tabiiy ofat uning barcha ishchilarini, yig'uvchi sexlarini va ofislarini xarob qilganda ham, baribir kompaniya kredit olib, yangi xodimlarni taklif etib, zavod qurib, kerakli uskunalarni sotib olgan bo'lardi. Kompaniya rahbariyat va aksionerlarga ega, ammo ular ham kompaniyaning o'zi emas. Barcha menejerlarni ishdan bo'shatish, aksiyalarni sotish mumkin, lekin kompaniya saqlanib qoladi. Bundan aslo “UzAvtoMotors” mustahkam va o'lmas deb bo'lmaydi. Agar sud kompaniya yopilishi haqida qaror chiqarsa, zavodlar g'oyib bo'lmaydi, ishchilar, hisobchilar, menejer va aktsionerlar tirik qoladi, lekin “UzAvtoMotors” mavjud bo'lmaydi. Qisqa qilib aytganda, aftidan u moddiy dunyoda emas. U haqiqatan ham mavjudmi? “UzAvtoMotors” – jamoaviy tasavvurda yashaydigan “fiksiya”. “Fiksiya” deganda o'ylab topilgan biror narsa tushunilib, uning mavjudligi u haqiqatda mavjud degan umumiy kelishuvimizdan kelib chiqadi. Huquqshunoslar bu hodisani “huquqiy fiksiya” deb ataydi. Moddiy reallik bu yerda yo'q, ammo kompaniya huquqiy shaxs sifatida mavjud. Siz va men kabi u ham davlatlar qonun-qoidalariga bo'ysunadi. U mulkka egalik qilish, bank hisobi ochish huquqiga ega. U ham soliq to'laydi hamda sud oldida fuqarolik ishi bo'yicha mustaqil, ya'ni xodimlari yoki egalaridan alohida javob bera oladi. Biroq, qiziq, jinoyat subyekti bo`la olmaydi. Xo`sh buni bilarmidingiz? Bu AJ na tirik mavjudot, na jonsiz buyum. Bu tasavvurimizga singdirilgan, borligi barchamizga uqtirilgan oddiy afsona qahramoni. Bu afsonaning boshqa afsonlardan yagona farqli jihati: u hayotda mavjud bo`lmasdan faoliyat olib boradi hamda uning borligi haqidagi afsonalar yozilgan qog`ozlar maxsus muhr bilan tasdiqlanadi. Bularning barchasi tasavvur tili sharofatidandir: uning yordamida biz real hayotda mavjud bo'lmagan hodisalarni tasavvur qilamiz va hikoyalarimizda tasvirlab beramiz. Dastlabki davrlarda insonlar bo`sh vaqtlarida, ya’ni ovqat toppish hamda turarjoy qurishddan bo`sh paytlarida, bunday hikoyalarni o`ylab topgan bo`lsa, endlikda mazkur uydirmalar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bo`ldi. Chunki hozirda informatsiyon jamiyatda yashamoqdamiz, information texnalogiyalar davrini allaqachon yakunladik. Biz hozirda mazkur tushinchaga boshqacha yondashamiz, ya’ni ijtimoiy munosabat. O`rtacha 50 kishilik jamoada 1225 ta alohida-alohida ijtimoiy munosabat, hamda bitta umumiy afsona, ya’ni mazkur jamoani birlashtirib turgan umumiy motiv mavjud bo`ladi. Avvalgi maqolamizda, sizga dunyoni larzaga slogan inqiloblar afsonasi haqida aytib o`tgan edim. Bulardan eng mashxuri: ijtimoiy tenglikga asoslangan jamiyat, ya’ni bir so`z bilan aytganda SSSR. Mazkur g`oya boshqa demokratiya, monarxiya kabi g`oyaalardan kamroq yashadi. Sababi juda oddiy: chunki mazkur g`oya ibtidoiy tuzum davri qolipiga asoslangan bo`lib, boshqa g`oyalarning vujudga kelishi uchun tag zamin vazifasini o`tagan. Bir so`z bilan aytgandabuni yosh bola ota-onasiga: Oyi, Dada, bu ertagingizni kecha eshitgan edim, menga mukammalrog`ini aytib bering! – degani kabi tushinilishi lozim. Mazkur mavzu yuzasidan yetar…
“AAbbosxon O‘roqov |alone:

“Ayni vaqtlarda bu yangi imkoniyatlarning faqatgina kichik qismigina anglab yetildi. 2014yilga kelib, biz shunday dunyo qurdikki, bu dunyoda madaniyat o'zini biologiyaning kishanlaridan ozod etmoqda. Atrofimizdagi dunyoni qurishdan tashqari, o'z jismimiz va miyamiz ichidagi dunyolarni yaratishga bo'lgan qobiliyatimiz ham aql bovar qilmas tezlikda o'sib bormoqda. Jarayonning ko'pdan-ko'p sohalari o'zining avvalgi holatidan qo'zg'atilmoqda”. Yuval Noa Harari Sapiens: Insoniyatning qisqacha tarixia bu yangi imkoniyatlarning faqatgina kichik qismigina anglab yetildi. 2014yilga kelib, biz shunday dunyo qurdikki, bu dunyoda madaniyat o'zini biologiyaning kishanlaridan ozod etmoqda. Atrofimizdagi dunyoni qurishdan tashqari, o'z jismimiz va miyamiz ichidagi dunyolarni yaratishga bo'lgan qobiliyatimiz ham aql bovar qilmas tezlikda o'sib bormoqda. Jarayonning ko'pdan-ko'p sohalari o'zining avvalgi holatidan qo'zg'atilmoqda”. Yuval Noa Harari Sapiens: Insoniyatning qisqacha tarixi