Ranglar sizning biznesingizga qanday ta’sir qilishini bilasizmi?
Bilasizmi, erkaklar va ayollar ham birdek, moviy rangni o‘zlarining sevimli rangi deb hisoblashar ekan.
Vashington Universiteti professorlari tadqiqotlariga ko‘ra, moviy rang odatda erkaklarga xos rang deb qaralsa ham, bu juda ko‘pchilik afzal ko‘radigan rang hisoblanar ekan. Siz nima uchun ba’zi taniqli kompaniyalar ko‘k rangni o‘zlarining dominant rangi sifatida ishlatishlarini qiziqib ko‘rganmisiz? Facebook, Linkedn va Twitter ni o‘ylab ko‘ring. Shuningdek, tez tayyor bo‘ladigan ovqatlar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar McDonald‘s, Burger King, KFC o‘z brendlariga qizil va sariq ranglarni qo‘shadilar?
Hech kimga sir emaski, ranglar bizning qaror qabul qilishimizda va biror bir tanlovga afzallik berishimizda muhim rol o‘ynaydi. Shunday qilib nega bu oltin arkalar juda jozibador ekanligini va nega logotipingiz uchun kulrangni tanlashdan oldin qayta-qayta o‘ylashingiz kerakligini bilmoqchi bo‘lsangiz, ranglar psixologiyasining g‘aroyib olamini tanishtirishga ijozat bering.
Rangli assotsiatsiyalar
Agar men to‘q qizil rang bilan bezatilgan xonaga kirsam, darhol o‘z hislarim kuchayib borishini his qilaman va atrofimda nima bo‘layotganiga ko‘proq ahamiyat qila boshlayman. Buning aynan teskarisini, yashil yoki oq rangli xonaga kirganda his qilaman. Bunday rangli xonalarda menga hotirjamlik hissi keladi va o‘zimni erkin his qilaman.
Ranglarning psixologik hususiyatlari va ular tanaga, ongga, his-tuyg‘ularga yoki uchlikning birikmasiga bog‘liqligi.
Mashhur psixolog, professor Angela Raytning tadqiqotlariga ko‘ra, qizil rang jismoniy rangdir va jasorat, kuch, iliqlik, energiya va hayajonni rivojlantiradi. Salbiy tomonida, shuningdek, tajovuzkor va e’tiborni jalb qiluvchi ko‘rinishi mumkin.
Siz mashina haydab ketyapsiz va svetoforning qizil signalini yoki qizil rangli to‘xtash yo‘l belgisini ko‘rdingiz, nima qilasiz? Yong‘in mashinasi yoki tez yordam mashinasini necha marta o‘tib ketganini ko‘rgansiz va shu damda tomir urishingiz tezlashganini sezganmisiz? Qizil ogohlantiruvchi vosita bo‘lib, bizni favqulodda vaziyatlarda tezkor
harakat qilishimiz uchun juda samaralidir.
Eng to‘g‘ri vaziyat: raqobatchilarni kuchsizlantirish
AQShda o‘tkazilgan bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, qizil rangda o‘ynaydigan futbol jamoalari raqib guruhlarga qaraganda muvaffaqiyatliroq o‘yin ko‘rsatishgan. Mutahassislarning fikriga ko‘ra, qizil rang kishiga ko‘proq ishonch bag‘ishlaydi. Ularni ko‘rgan odam qizil kiyimli shaxsni ustuvor deb biladi va bu ularning ishlashiga salbiy ta’sir qiladi.
To‘g‘ri kelmaydigan vaziyat: hotirjamlikni saqlash zarur damlar
Qizil rang ogohlantiruvchi rang sifatida yurak urishi va qon bosimining ko‘tarilishiga yordam beradi. Agar siz yuqori darajadagi yig‘ilish kabi stressli vaziyatga tushib qolsangiz, qizil rang kiyish sizning tabiiy bahslaringiz va tortishuvlaringizda raqibingizga nisbatan salbiy ta’sirni kuchaytirishi mumkin.
Moviy bizning aqlimizga ta’sir qiluvchi va ishonch, samaradorlik, hotirjamlik, mantiq va fikrlash bilan bog‘liq rangdir. Dunyodagi eng mashhur rang, ko‘k – ruhni tinchlantiradi va aniq fikr va konsentratsiyani rag‘batlantiradi. Qizildan farqli, ko‘k – bu ongning rangi, lekin siz hech qachon ko‘k rangga bo‘yalgan va jismonan sovuq his qildiradigan xonaga kirganmisiz? Ommabop bo‘lishiga qaramay, ko‘kni begonaroq va hissiyotsiz deb hisoblash mumkin.
Eng to‘g‘ri vaziyat: samaradorlik
Tinchlantiruvchi rang, ko‘k tafakkurni yangi g‘oyalar bilan ochib berishga yordam beradi va diqqatni jamlashga undaydi. Ehtimol, shuning uchun ko‘p idoralar o‘z hodimlarini ish joyida qoldirish uchun o‘zlarining ofislari uchun ko‘k ranglarni tanlaydilar. Moviy ishonch va xavfsizlikni uyg‘otadi, shuning uchun bu rangga ishonadigan ko‘plab tashkilotlar mavjud.
To‘g‘ri kelmaydigan vaziyatlar: uyqu
Tadqiqotchilar moviy rang uyqu gormoni – melatoninni kamaytirish uchun eng kuchli to‘lqin uzunligiga ega ekanligini aniqladilar. Maslahat: ekranga asoslangan qurilmalarni yotishdan oldin ishlatishdan saqlaning.
Sariq rang hissiy rang bo‘lib, uning ijobiy ta’siri optimizm, o‘ziga bo‘lgan ishonch, ichki kuch va ijodkorlikni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Biroq, sariq rang psixologik jihatdan eng kuchli rangdir va noto‘g‘ri ohang ishlatilgan bo‘lsa, u aqlsizlik, qo‘rquv, hissiy mo‘rtlik va tushkunlikka olib kelishi mumkin.
To‘g‘ri keladigan vaziyatlar: jismoniy mashqlar
Sariq rang bilan mashg‘ulot uzatmalarini tanlab, o‘zingizni energiya bilan ta‘minlang. Siz bu rangdagi mashg‘ulot buyumlari bilan tezroq yugurishingiz va o‘zingizni yaxshi his qilishingiz mumkin. Sariq rang sport zallar va jismoniy mashqlar bajariladigan xonalar dizaynida eng o‘rinli ranglardan hisoblanadi.
Eng to‘g‘ri kelmaydigan vaziyat: sariq va qizil rangni birga ishlatish
Ko‘pincha qizil, sariq ranglar birlashtirilib, baxt va quvonch hissini uyg‘otadi, shuning uchun ikkala rangning kombinatsiyasi bizni mazali taom iste’mol qilishga undaydi! Sariq, shuningdek, kunduzi ko‘rish uchun eng oson rangdir. Salom, McDonald‘s. Agarda, sizning biznesingiz tez ovqatlanish joylari bilan bir xilda ko‘rinib qolishini xohlamasangiz, bu rangni juda ehtiyotkorlik bilan ishlatishni tavsiya etamiz.
Yashil rang muvozanat rangi sifatida qaraladi va uyg‘unlik, muvozanat, dam olish, hotirjamlik va tinchlikni yaratadi. Sariq va ko‘k, yashil ranglarning kombinatsiyasi bosh va yurak o‘rtasida muvozanatni yaratadi. Yashil rangga ko‘zni moslash oson, shuning uchun kompyuter ekranida fon sifatida ko‘pincha yashil rang yaxshi rang hisoblanadi.
Eng to‘g‘ri vaziyat: yengillik va tabiiylik
Eng muvozanatli rang bo‘lib, yashil rang yoshartirish va tinchlanish uchun tabiiy tanlovdir. Shuningdek bu rang tabiat va tabiiylik, soflik bilan ham bog‘langan. Oziq-ovqat do‘koni ochmoqchi bo‘lganlar uchun bu rang eng to‘g‘ri tanlovlardan biri hisoblanadi.
To‘g‘ri kelmaydigan taraflari: zerikarlilik
Yashil yangilanish va tiklanish ramzi bo‘lishi mumkin, ammo yashil rang zerikarli va qiziq emas deb qabul qilinishi ham mumkin. Bu, shuningdek, pul, ochko‘zlik va rashk bilan bog‘liq rang. Yashil ko‘zli yirtqich hayvondan ehtiyot bo‘ling!
Shuningdek ko‘plab ranglar odamlarda har xil taasurotlarni uyg‘otadi va biznesingizga albatta o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Binafsha rang – bu rang nafislik, nostalji, eksklyuzivlik va qirollik hususiyatlarini taklif etadi, bu qimmatbaho zargarlik buyumlarini sotadigan ba’zi kishilar uchun mukammal rang hisoblanadi.
Pushti – Pushti rangining quyuq soyalari energiyaga boy hisoblanadi va hayajonni uyg‘otadi, yengil ranglar esa romantik tuyg‘uni namoyish etadi.
Apelsin – Bu rang quvnoq, do‘stona va qiziqarli hissi tufayli yoshlar va o‘smir yoshdagilar uchun samarali bo‘lishi mumkin.
Qora – qora jiddiy yoki klassik kampaniyani targ‘ib qiladi. Ushbu rangda nafislik va eksklyuzivlik ham mavjud hamda qimmat mahsulotlar bilan ishlashda samarali foydalanish mumkin.
Ha, siz tahmin qilganingizdek eng so’nggisi bu – kulrang. Bu haqiqatan ham juda zerikarli rang hisoblanadi. Bu psixologik jihatdan neytral va uni ishlatish ishonchsizlikni namoyish etadi va og‘ir bosimni keltirib chiqarishi mumkin.