“Lacoste” brendi tarixi
Kiyim-kechaklar, sport anjomlari va buyumlarini bezab turadigan timsoh belgisi bugun dunyoga ma'lum va mashhur “Lacoste” brendining timsoli hisoblanadi.Kiyim-kechaklar, sport anjomlari va buyumlarini bezab turadigan timsoh belgisi bugun dunyoga ma'lum va mashhur “Lacoste” brendining timsoli hisoblanadi.
Brend tarixi 1933-yilga borib taqaladi - taniqli fransuz tennischisi Rene Lakoste nomi bilan bog'liq. Ammo ushbu brendni yaratish g'oyasi ancha oldinroq paydo bo'lgan. 1926-yilda dunyoning birinchi raketka ustasi va "Katta dubulg'a" musoboqasining sakkiz karra chempioni Rene Lakoste AQSh ochiq chempionatida g'ayrioddiy tarzda maydonga chiqadi. Oq yengi uzun ko'ylak va trikotaj pullover o'rniga Lacoste uch tugmachali yengi kalta libos kiyadi va unda bejirim paxtali yoqa bor edi. Shu paytdan boshlab, “Polo” deb nomlangan ushbu kiyim tennis o'ynash uchun ideal variantga aylanadi: mato terining nafas olishiga imkon beradigan va tez quriydigan edi, kesilgan yengli polo harakatga xalaqit bermasdi. Rene Lacostening polo ko`ylagi shu qadar mashhur bo'lib ketdiki, Fransiyadagi eng yirik trikotaj fabrikasi egasi Andre Xaus shu asosda “Lacoste” nomi bilan tanilgan “La Société Chemise Lacoste” brendini yaratishga qaror qildi.
Kompaniya o'z faoliyatini “L.12.12” nomli birinchi polosini chiqarishdan boshlaydi. Moda tarixida birinchi marta biznes sheriklar kompaniya logotipini mahsulotlarning orqa tomoniga emas, balki old tomoniga joylashtirishga qaror qilishdi.
Timsohning o'zi tasodifan paydo bo'lmagan. Tennischining fransuz tennis jamoasi sardori Alan Mur bilan bahsi natijasi bu. Gap shundaki, Bostonda bo'lib o'tadigan Devis kubogi oldidan Lacoste va Mur bir do'konda timsoh surati tushirilgan sumkani ko'rishadi. Rene Lakoste sherigidan musobaqadagi raqibini mag'lub eta olsa, ushbu sumkani sovg`a sifatida olib berishini so'raydi. Afsuski, Lacoste mag'lubiyatga uchraydi, ammo jasurligi va maydondagi qat'iyligi uchun u "alligator" laqabini oladi. Keyin brendning har bir mahsulotida tikilgan afsonaviy timsohni chizgan rassom, tennischining yaqin do'sti - Robert Jorj edi.
XX asr 50-yillarining boshida mazkur brend "Lacoste” - barkamol sportchining maqomi ramzi" shiori ostida Amerika bozoriga kirib keldi va "Izod" brendi bilan birlashdi. 1951-yilda kompaniya nafaqat odatdagi oq, balki rangli pololarini ham chiqarishni boshladi. Muvaffaqiyat kutishni talab qilmaydi. Polo tennis o'ynash uchun nufuzli sportchilarga bepul berildi: Jon Kennedi, Duayt Eyzenxauer va Bing Krosbi… Shu tariqa tobora mashhur bo'lib borayotgan timsoh emblemali pololarga talab kuchaydi.
O'tgan asrning 90-yillarida “Lacoste” pololari ommalashib, hatto arzon Wall-Mart do'konlar tarmog'ida ham sotila boshladi. Biroq, kompaniya o'zining obro'sini qaytarishga qaror qiladi, kiyimlarning yangi to'plamlarini yaratadi, erkaklar va ayollar uchun yangi atirlar chiqaradi va Nyu-Yorkning eng hashamatli ko'chalarida do'konlar ochadi. “Lacoste” brendi tennis, golf musobaqalari va taniqli sportchilar nomi bilan bog'lanadi.
2001-yilda Kristof Lemer kompaniyaning badiiy direktorlik lavozimiga taklif qilindi va 2010-yilda bu o'rinni portugaliyalik dizayner Felipe Oliveyra Baptista egalladi. Ularning ijodi tufayli brend sog'lom turmush tarzi timsoliga aylandi va haqiqiy muxlislarga ega bo'ldi.
Bugungi kunda kompaniyani Rene Lakostaning nabirasi - Filipp boshqaradi. Kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar va atir-upalardan tashqari “Lacoste” belgisi zargarlik buyumlari va sport anjomlarini ham bezamoqda.
“Lacoste” zamonaviy moda olamidagi dizaynerlar, rassomlar va taniqli shaxslar bilan faol hamkorlik qiladi. Ushbu hamkorlik tufayli "Polo of the Future", "Lacoste Pink Croc Collection", "Campanas + Lacoste Limited Edition", "10 Corso Como X Lacoste" singari ajoyib to'plamlar va loyihalar paydo bo'lmoqda.