December 11, 2020

Fizika

Fizika. 6 – sinflar uchun qo’shimcha masalalar.
1. 0,2 metr yo’lda necha nyuton kuch 100 Joul ish bajaradi ?
2. Yerda massasi 20 kg bo’lgan yashik turibdi, uni mashina kuzoviga ortilganda qanday ish bajarildi ? Mashina kuzovining balandligi 1.5 metrga teng.
3. Ayol massasi 5 kg bo’lgan ro’zg’or sumkasini yerdan uyning 5 – qavatiga olib chiqdi. Har bir qavat balandligi 3.5 metrdan bo’lsa, ayolning bajargan ishi necha joulga teng ?
4. Yukni 5 metr balandlikga ko’tarilganda 12 joul ish bajarildi. Yuk massasi qancha ?
5. Traktor plugni 2500 N kuch bilan tortmoqda. Dalaning kengligi 200 metr bo’lsa, 10 marta borib kelishda qancha ish bajariladi ?
6. Quduqdan suv olib 200 litrli bochka to’ldirilmoqda. Quduq chuqurligi 10 metr bo’lsa, balandligi 1 metrli bochkani to’ldirish uchun qancha ish bajarilishi kerak ? 7. Xonaga o’rnatilgan ventilyatorning quvvati 36 w ga teng . uning 40 sekund ichida bajargan ishini (Joul) toping . 8. 4 sekunda 2000 Joul ish bajaradigon dvigatel quvvatini (W) toping. 9. * Uzunligi 6 metr, og’irligi 10 kg bo’lgan zanjir yerda yotibdi. Zanjirning bir uchi uning uzunligicha balandlikga ko’tarildi. Bunda necha joul ish bajarildi ? 10. Og’irigi (massasi) 3 kg bo’lgan labaratoriya aravachasiga 6 tezlik berish uchun necha joul energiya kerak ? 11. Bola topni 12 N kuch bilan tepganda, top 25 metr masofaga borib tushdi, qancha (Joul) ish bajarilganligini aniqang. 12. Og’irligi 35 kg bo’lgan bola og’irligi 15 kg bo’lgan velosipedni 5 tezlik bilan harakatlantiryabdi. Bola qancha Joul energiya sarflayabdi ?
13. Yuk mashinasi 300 soniyada 600 joul ish bajaradi. Uning quvvatini (W) toping.
14. 15 metr masofani 10 tezlik bilan bosib o’tish uchun, qancha joul energiya kerak ?
15*. Balandligi 150 metr bo’lgan binoning, 3 – qavatiga 25 kg yukni olib chiqish

Foydalanilgan adabiyot - 6 sinf fizika darsligi asosida tuzilgan test va savollar to'plami.