Fizika. 6 – sinflar uchun qo’shimcha masalalar. 1. 0,2 metr yo’lda necha nyuton kuch 100 Joul ish bajaradi ? 2. Yerda massasi 20 kg bo’lgan yashik turibdi, uni mashina kuzoviga ortilganda qanday ish bajarildi ? Mashina kuzovining balandligi 1.5 metrga teng. 3. Ayol massasi 5 kg bo’lgan ro’zg’or sumkasini yerdan uyning 5 – qavatiga olib chiqdi. Har bir qavat balandligi 3.5 metrdan bo’lsa, ayolning bajargan ishi necha joulga teng ? 4. Yukni 5 metr balandlikga ko’tarilganda 12 joul ish bajarildi. Yuk massasi qancha ? 5. Traktor plugni 2500 N kuch bilan tortmoqda. Dalaning kengligi 200 metr bo’lsa, 10 marta borib kelishda qancha ish bajariladi ? 6. Quduqdan suv olib 200 litrli bochka to’ldirilmoqda. Quduq chuqurligi 10 metr bo’lsa...