Misvoq.
Uning shifobaxshlik xislatlari : poklovchilik xususiyatlari bor , shishlarni va badandagi quyuq moddalarni taxlil qiladi , tiqilmalarni ochadi , yopishqoq rutubatlar va quyuq bodlarni daf etishda davo bo'ladi , tumovlarni jilolaydi , me'daga kuch bag'ishlaydi , ichketarni to'xtatadi , bachadon shishini qaytaradi , bavosirni daf qiladi , qiynalib siyishni islox qiladi , qovuqni zararli va keraksiz moddalardan poklaydi , shuningdek, saromas va mayda toshmalarga shifo bag'ishlaydi , dardlarga taskin beradi , tish milkini mustaxkamlaydi .
Uning cho'pidan tish tozalagich o'rnida foydalanib , u bilan misvoq qilinsa , ya'ni cho'pini tishga ishqalasa , xar xil kirlardan tozalaydi , milkni mustaxkam qiladi va agar keragidan ortiq misvoq qilinsa, xalqum tilchasida qaynashlar paydo qiladi va agr uniichga iste'mol qilinsa, ichakni ichki devorlarini yallig'laydi Qatiro iste'mol qilinsa , bunday zararlari islox bo'ladi .
Misvoq qaynatilgan suvdan bir kunda bir marotaba ichish miqdori 150 grammdan , urug'idan yeyish 10,5 grammdan oshmasligi kerak .
Misvoqning mevasi taxir , agar buni yeyilsa, balg'amni daf etadi , agar balg'amu safro aynigan bo'lsa , ichketar qiladi , a'zolar qizishi , sariq suv , shishlar , moxov , issiq isitma , me'da va ichaklar qurtlarini to'kishga davo bo'ladi.