July 12, 2020

Sedana

Qovurib xidlansa sedana agar ,

Tumov illatida foyda keltirar.

Yana pes dardiga foydasi yordir,

Baxaqqa bog'lansa ko'p nafi bordir.

Ilon qoni agar qo'shilsa unga,

Teri dog'i ketar surkasa tanga.

Quruq issiqlikda ikkinchi miqdor,

Barcha zaxar uchun manfaati bor.

Tabiblar aytadiki, sedana ta'siridan qurtlar tushadi . uni qaynatib boshga surtilsa, tumov tuzaladi. Badan quruqligida, badan yuzasidan nozik terilar ajralganda sedana iste'mol qilinsa , juda foyda beradi. Band bo'lgan xayzni ochadi , boshga surtilsa bosh og'rig'i qoladi . Sirka bilan aralashtirib yeyilsa, balg'am va shish ketadi . Abriso yog'i bilan aralashtirib yeyilsa , ko'z og'rig'ini yo'qotadi . Nafas olish yo'llariga foyda beradi , uni g'arg'ara qilinsa tish og'rimaydi.

Sedanani kuydirib yesa , bavosir (gemoroy) kasalligiga ancha katta foydasi bor. Sirka bilan aralashtirib , pes kasalligiga surtilsa , tuzaladi. Moyaklarda shish paydo bo'lgan bo'lsa , sirka bilan aralashtirib surtilsa ,shish yoqoladi. Soch murt bo'lsa , sedanani xino suvi bilan aralashtirib surtilsa, soch baquvvat bo'ladi . Gulob bilan aralashgani savdoi kasalliklarga foydalidur . Zaytun yog'i bilan aralashtirib olatiga qo'ysa, quvvatini oshiradi.

QORA SEDANA YOG'I NING XUSUSIYATLARI VA ISTE'MOL

QILISH USLUBI BO'YICHA TAVSIYALAR :

  • Immunitetni mustaxkamlash xususiyatiga ega.
  • Nafas yo'llari kasalliklari , yo'tal , shamollash va astmani davolashda ijobiy natija beradi .
  • Balg'amni ko'chirib , tushiradi .
  • Sklerozni davolashda iste'mol qilish tavsiya etiladi .
  • Organizmda paydo bo'lgan xar xil shish va o'simtalarning surilishiga sabab bo'ladi .
  • Buyrak va siydik pufagidagi toshlarni maydalash xususiyatlariga ega .
  • Bavosirda malxam va ichiladigan dori sifatida foydali.
  • Peshob xaydash xususiyatiga ega .
  • Emizuvchi onalarda sutni kuchaytiradi .
  • Qandli diabetda foydali.
  • Bosh og'rig'ini qoldirish uchun iste'mol qilinadi.
  • Qon bosimini pasaytiradi .
  • Gijja xaydash va tushirish xususiyatiga ega.
  • Organizmda kasallik keltirib chiqaradigan mikroblarni o'ldiradi .
  • Ovozni tiniqlashtiradi.
  • Malxam sifatida yoki sirka qo'shib surtilsa ,temiratki va boshqa teri kasalliklarini davolashda ta'siri kuchli.
  • Sedana yog'ini xushbo'y smola ladan bilan iste'mol qilinsa ,kuch quvvatni oshiradi .
  • Quloq og'riganda tomizilsa, og'riqni qoldirib , eshitish qobiliyatini kuchaytiradi.