Asal xossalari
Asal tarkibida 75 foiz meva shirinligi mavjud bo'lib, uning qolgan qismi suv, oqsil moddasi, kislotalar, fermentlar va xushbo'y moddalardan iborat. Sof asal shifobaxshlik xususiyatiga ega. Bir kilogramm asal 3150 kaloriya quvvatga ega. Bu 30 dona tuxum yoki 2,5 kilogramm semiz go'shtning quvvatiga teng degan so'zdir. 200 gramm asalning quvvati 180 gramm pishloq, 8 dona apelsin va 350 gramm maydalangan go'sht quvvatiga tengdir.
Asalni o'pka, buyrak, jigar, yurak va qon-tomirlar, oshqozon va ichak, markaziy asab sistemasi, ko'z, teri kasalliklarini va turli-tuman surunkali yara kasalliklarini davolashda keng qo'llash mumkin. Surunkali bronxit, farangit va tinit, o'pka kasalliklariga 5-10 foizli asal eritmasi tayyorlab, ingalyatsiya qilinsa, bemor tez tuzalib ketadi.
Abu Ali ibn Sino uzoq umr ko'rish uchun doimo oziq-ovqat tarkibida asal bo'lishini alohida ta'kidlagan. 45 yoshdan oshgan kishilarga har kuni asalning yong'oq bilan ezilgan aralashmasini iste'mol qilishni buyurgan.