July 10, 2020

Bodom

Bodom bizning o'lkalarimizda , yani markziy osiyoda birinchi bo'lib gullaydigan , guli ,bargi nafis, daraxti xam chiroyli bo'lib o'sadigan mevali daraxtlardan biri. Bog'larda yetishtiriladigani bilan birga bodomning dasht va o'rmonlarda, o'sadigan yovoyi navlari xam uchraydi.

Xalq tabobatida shirin bodom mag'zining qand bilan aralshtirilgani darmonsizlik , nafas qisishi, bosh aylanishi, va yo'talga davo sifatida ishlatiladi.Faqat shugina emas, shirin bodom daraxtining ildizi , bargi, guli va boshqa qismlari xam davo vositasi sifatida qo'llaniladi.

Mizoji birinchi darajada issiq va ho'l , bazi tabiblarning ta'biricha ,issiq va ho'llikda mo'tadil.

Shirin bodomning shifobaxshlik xususiyatlari; Bodomni novvot bilan yeyilsa, bosh miya javharini mustahkam qiladi, ichki a'zolarni ortiqcha zararli moddalardan tozalaydi, ko'zga quvvat bag'ishlaydi , ichni xalqumni yumshatadi.

Bodom mag'zini shakarga qorib shirin qilib yeyilsa , yotal , kokrak ichidagi a'zolar hamda tomoqni yaxshi qiladi, nafas qisish va kokrak osti pardalarining shishishi zotiljamga shifo bag'ishlaydi va qon qusishni bartaraf qiladi/

Bodom istemoli barcha ichki a'zolarni va odam ichini yumshoq qiladi, ichak va qovuq yaralari va ichketarga davo bo'ladi.Agar buni shakar yoki oq qand bilan yeyilsa , ozuqa sifatida quvvati ortadi, ichni yumashatadi , badan a'zolarining bog'ilishlari ( tiqilma ) ni ochadi . Shuningdek yo'g'on ichak dardi va shishi bo'lmish qulanjni davolashta yaxshi foyda qiladi.

Bodomdan murabbo tayyorlab istemol qilinsa , ozuqa va badanni semirtiruvchi vosita sifatida yaxshi foyda qiladi va buyrakning yomon xolatlariga shiddatli tasir qiladi.

Bodomning 17,5 gr mag'zini tuyib asal bilan qorib, yeb yurilsa, jigar dardi va yo'talga shifo bag'ishlaydi bodlarni tarqatib yuboradi

Ammo mizoji sovuq va ho'l mizojli medalar uchun bodom og'ir va kech xazm bo'luvchi, qolaversa, qorin azolari uchun zararli. Bunday xolatda shakar yeyilsa isloh bo'ladi..

Nafas yo'llarini yumshatar bodom.

Bodomdan badan xam semirar mudom.

To'siq bo'lsa agar jigar, taloqda.

Shishni xam yoqotar yeyilga choqta.

Undan miya bilan pushtga quvvat bor.

Tozasi ho'l mizoj qiladi nisor.

Ochuvchi xislatka egadir bodom.

Achchig'ida kuchli bu tasir mudom.

Isitma egasi yegani zamon.

Issig'i pasayar undan begumon.