Nok
Markaziy Osiyoning deyarli barcha iqlimi issiq hududlarida o'sadigan ushbu daraxtning mevalari xam rango-rang bo'lip , uni ayrim joylarda olmurod xam deyishadi . Lekin nok bilan olmurod boshqa-boshqa bo'lip , nokning eng yaxshisi sersuv va shirin ,po'sti yupqa va rangi sariq-oqishdir.
Oziq sifatida nok ancha to'yimli bo'lib , tarkibida 16 foizgacha qand miqdorda pektin moddasi , organik kislotalar (limon ,olma ) , fitonsidlar , fermetlar , vitamin B , C , karotin, folat kislota, temir, marganet, kobalt, kaliy mavjud. Bundan tashqari , nok tarkibida oshlovchi moddalar bor.
Uning shifobaxsh xislatlari ; pishganini yeyilsa , miyani namlik bilan ta'minlaydi , tumov, shamollashlarni bartaraf qiladi, miyaga turli zararli moddalarning ko'tarilish yo'lini to'sadi. Shuningdek , nok kishiga xush kayfiyat bag'ishlaydi , yurak, me'da , jigar va boshqa xazm a'zolari faoliyatini oshiradi , yurak o'ynashi , tashnalik hamda qovuq achishishini bartaraf qiladi, qonni tarkibini tartibga keltiradi , ichni yumshatadi , me'daga tushgan ovqatlar xazm bo'lgach , undan ajralgan nojoiz xid va xovurlarning miyaga ko'tarilish yo'lini to'sadi , ayniqsa, nokni ovqatdan keyin yeyilsa , bunday xislatlari samarali bo'ladi.
Agar uni maydalab tuyib bog'lansa , a'zolarga zararli moddalar oqib tushishiga yo'l qo'ymaydi.
Nok qo'ziqorin zaxarini daf etuvchi xisoblanadi . Zaxarli qo'ziqorin bilan nok birga pishirilsa , qo'ziqorinning zaxariligini bartaraf etadi/
Gulini iste'mol qilinsa , xushnudlik bag'ishlaydi, yurakni baquvvat qiladi , agar tuyib , qo'yib bog'lansa , koz shishlarini qaytaradi.
Nokning mag'zi bemaza bo'lsayu yeyilsa , yurakni bexuzur qiladi , lekin 9 gramini tuyib yeyilsa, me'dadagi gijjalarni o'ldirib xaydaydi , 17,5 gram bargi yeyilsa, ich ketishini to'xtatadi , quritilgan bargini tuyib sepilsa jaroxatlarni quritib , sog'lik bag'ishlaydi.
Nokning bargi va navdalarini kuydirib, kuli surmaga o'xshatib ko'zga tortilsa, ta'siri to'tiyo ta'siriga o'xshaydi . Sepilgan kuli suvli yaralarni quritadi.
Pishgan va shirin nokning deyarli zarari yo'q , ayniqsa, issiq mijozli kishilarga ziyonsiz , lekin me'dasi zaif va mizoji sovuq odamlarga ziyon qiladi. Biroq buni ortiqcha yeyish bod (el) xosil qiladi. Xali toza pishmagan -xomrog'i iste'mol qilinsa, xatto qulanj xastaligini keltirib chiqaradi. Ana shunday paytlarda zanjabilni sirkaga ivitib qo'yib arpabodiyon bilan ichilsa , zararni islox qiluvchi malxam xisoblanadi.