Zaytun yog'i

Zaytun yog'i asosan ozuqa sifatida iste'mol qilinadi. Mizoji ikkinchi darajada issiq va quruq.

Uning shifobaxshlik xislatlari: 65 gramm zaytun yog'ini 300 gramm suv yoki arpa suvi bilan iste'mol qilinsa, ichni shiddat bilan keltiradi, badan a'zolari dardi va bod xastaliklariga shifo bag'ishlaydi, agar buni issiq suv bilan ichilsa, yo'g'on ichak dardi va shishi bo'lmish qulanjni daf etadi, shuningdek, ichaklar dardiga shifo bag'ishlab, me'da qurtlariga qiron keltiradi, buyrak va qovuq toshlarini maydalab to'kib yuboradi, ter chiqaradi, peshobni yurgizadi, bo'g'imlarning dardlari, bod, quymich og'rig'i va boshqalarni bartaraf qiladi.

Agar zaytun yog'i ichib qayd qilinsa, badandagi zaharlar chiqib ketadi. Iliq zaytun yog'i bilan huqna qilinsa, shishli qulanj, tiqilmalar, bel og'rig'i, bo'g'imlar dardi va bod xastaliklariga shifo bag'ishlaydi.

Agar buni badanga surtilsa, sababi sovuq mizoj moddalar va sovuqdan bo'lgan dardlarga shifo bo'ladi.

Zaytun yog'idan bir kunda bir marta yeyish miqdori 35 grammgacha.

Zaytun yog'i olinganidan 6 yildan keyin foydalanilsa, qadimgi zaytun yog'i deyiladi. Biroq ba'zilar buni 6 oydan keyin demishlar. Shu o'rinda bir aniqlik kiritishni istadik: issiq mamlakatlardan bizning yurtimizga olib kelingan zaytun yog'i idishlari yorlig'iga foydalanish muhlati 6 oy deb yozilgan.

Qadimgi zaytun yog'ining mizoji uning yangi olinganinikiga nisbatan issiqroq.

Uning shifobaxshlik xislatlari: iste'mol qilinsa, g'aliz moddalarni tahlil qiladi, ichni va yuzni yumshatadi, dori-darmonlar xislatini isloh qiladi va ularning zararli jihatlarini susaytiradi, a'zolar qotishi va tomir tortishishini oldini oladi, sovuqning zararini bartaraf etadi.

Agar buni ko'zga tortilsa, quvvat bag'ishlaydi, yupqa xol, ko'z yallig'i va qo'tirini daf etadi. Zaytun yog'i ko'z gavhariga tushgan zardobni daf etishda bebaho dori o'rnini bosadi, shuningdek, u qorachiq teshigidagi zardobni daf etuvchi hamdir. Bu yog'ni isitib chayon chaqqan joyga surtilsa, og'rig'ini oladi.

Yangi olingan zaytun yog'ini yarmi qolguncha dog'lansa, ana shu qismi qadimgi zaytun yog'i hisoblanadi. Agar zaytun yog'i yetti yildan ortiq saqlansa, shifobaxshlik quvvati ortib, balason moyidan o'tadi. Bu yog' qancha eskirsa, shunchalik kuchli bo'ladi. Zaytun yog'i to'rt yuz yilgacha kuchini yo'qotmaydi.

Zaytun yog'iga o'sha miqdorda suv aralashtirib, to suv bug'lanib tamom bo'lguncha qaynatilsa va bu holat olti marta takrorlansa, ya`ni olti marta shu miqdordagi suv qo`shib bug`lanib tugaguncha qaynatib, o`sha yog`ning yarmi qolguncha dog`lansa, shifobag`sh fazilati balason yog`inikidan baland bo`lib, mo`jizali ne`matga aylanadi.

Pishmagan zaytun mevasidan olingan zaytun yog`ini zaytun ul-anfoq deyiladi. Uning eng yaxshisi kuygani va achchig`idan tashqarisi hisoblanadi. Buning mijozi qabziyat kuchi bilan issig`u sovuqlikda mo`tadildir.

Uning shifobaxshlik xislatlari: yeyilsa, badanni semirtiradi, tishlar milkini va tishlarni mustahkam qiladi, badandagi a'zolarga kuch bag'ishlaydi, me'da uchun yoqimli va foydali, balg'am, qon, safro va savdoni tozalaydi, tanadagi tiqilmalarni ochadi, qo'lansa hidlarni yo'qotadi, badandan ter qaynab chiqishini to'xtatadi, buyrak va qovuq toshlarini maydalab to'kadi, siydikning tezroq chiqishini ta'minlaydi. Uning yuvilganini yeyilsa, asablar dardiga va issiq mizoj moddalarga mos keladi, odamning rang-ro'yini ochadi.

Uning 77 grammini shuncha asal, 25 gramm mustaqo yelimi va 25 gramm sedana yog'i bilan uch kungacha hammomda iste'mol qilinsa, o'sha kunlari sovuq suv ichilmasa, barcha sovuq mizoj illatlardan, shollik, yuzning bir tomonga qiyshayib qolishi va boshqa xastaliklardan xalos bo'lishga najot bag'ishlaydi hamda keksa kishilarning jinsiy quvvatini harakatga keltiradi.

Hidlangan zaytundan tortib olingan yog'i iste'mol qilinsa, badanda yomon moddalar va qichima paydo qiladi. Bunday holatda binafsha sharbati ichish tavsiya etiladi.

Sahroda o'sadigan zaytun daraxtidan olingan yog'ning shifobaxshlik xususiyati qizilgul yog'inikiga o'xshaydi.

Shu navdagi zaytun yog'i yeyilsa, a'zolarga quyilgan va ravon bo'lgan moddalarni qaytaradi, badan a'zolarini sovutadi, halqum tilchiklari faoliyatini susaytiradigan rutubatlar to'kilishiga yo'l qo'ymaydi, sochning oqarishi va to'kilishi oldini oladi, qimirlagan tishlarni mustahkamlaydi, tish milklaridan qon kelishini to'xtatadi