Qahva
Har kishiga agar ozg'inlik yordir, Qahva ichsa unga zarari bordir. Nosur illatiga manfaati bor, Ichaklarga quvvat qiladi nisor. Qaynatib bug'ini hidlasa kishi, Tumov-rezandadan bo'lmas tashvishi. Quruq-sovuq bo'lar ikkinchi miqdor, Po'stiga quruqlik ko'proq zarur yor. Bir toifa uni issiq deb o'ylar, Sohibi "komil" ham shunday deb so'ylar.
Qahvani aholisi bilmaydigan, sevib ichmaydigan mamlakat bo'lmasa kerak. Lekin qahva daraxti hamma joyda o'smaydi, uning po'stsiz mevasini bizning diyorimizga issiq mamlakatlardan olib kelishadi. Ana shu donini ezib maydalab, qaynoq suv va sutga aralashtirib, yohud oq qand qo'shib ichilsa, odamga rohat bag'ishlaydi. Issiq qahvaning hovuri ruhni tetik qilib, xursandchilik bag'ishlaydi.
Urug'ning mag'zining mizoji issiqlik va sovuqlikda mo'tadil, lekin quruqligi ko'proq. Mevasining po'stining mizoji biroz issiq va quruqdir.
Uning shifobaxshlik xislatlari: po'stsiz mevasini suvda qaynatib, o'sha suvni yoki qahvaning ezilganini suvda yaxshilab qaynatib ichilsa, badanning tiqilmalarini ochadi, har xil dardlarga taskin beradi, qon bosimining ko'tarilishi va qaynashini pasaytiradi, safroning achchiqligi va kuyishini, shuningdek, savdoning illatlarini tinchlantiradi, qotgan axlatni suyultiradi, qon, savdo va safro ko'payib ketganidan hosil bo'lgan harorat va isitmani bartaraf qiladi, ayniqsa, terida qizil toshmalar va chiqiqlar chiqqanda, shuningdek, isitmadan uzundan-uzoq qaltirashni qaytarishda ko'p foyda qiladi. Safroli allergiya va yurak o'ynashi dardlariga darmon bo'ladi. Ichni yumshatadi, peshobni yurishtiradi, zararli rutubatlarni quritadi, balg'amli safroni, tumovlar va boshqa qusurlarni daf etishda davo bo'ladi, me'daga quvvat bag'ishlaydi, aksari bosh og'riqlar, melanxoliya va ko'z og'riqlariga shifo bag'ishlaydi.
Uning ezilganini asal bilan qorib joyidan chiqqan va o'rnidan siljigan a'zolarga qo'yib bog'lansa, joyiga keltiradi. Agar o'sha xamir yalab yeyilsa, issiqlik va ho'l yo'talni bosadi, tinchitadi, shuningdek, me'da sustligi va qurishqoqligini zararli rutubatlarni quritish yo'li bilan oldinga holiga keltiradi - sog'lik bag'ishlaydi va me'dadagi begona hovurlar miyaga chiqib borishiga yo'l qo'ymaydi. Ayniqsa, uning chala qovurilgani ichketarga yaxshi davo bo'ladi. Natijada ko'p uxlash, shuningdek, tashnalik, oz ovqatga qanoat qilish oqibatida mizoj sustlashishi va buzilishiga foyda qiladi, badanning charchog'i va lohasligini bartaraf etadi.
Ammo qahvani ichga iste'mol qilish ayrim kishilarda bosh og'rig'i paydo qiladi, uyqisizlik va badanning orig'lab ketishiga sabab bo'ladi, odamning rang ro'yini sarg'aytiradi, jinsiy quvvatni bo'shashtiradi, erkaklik urug'ini ozaytiradi, yurak o'ynashi va qulanj dardlariga mubtalo qiladi, nafas a'zolarini quruq va dag'allashtiradi, bavosir hosil qiladi. Hullas, sovuq mizoj va ho'l mizojli kishilarning badanida yomon axlatlar joylashgan bo'lsa, qovurilgan qahva bunday bemorlarga zarar qiladi. Qahva qaynatilgan suvga bir necha tomchi za'faronni qo'shib ichilsa, yurakni baquvvat qiladi.
Agar qahva zarar qilsa, shirin va yog'li narsalar iste'mol qilinsa, ziyonini bartaraf etadi
T.me//Tabibim_uz