Mevalar suvi.
Mevalarga shakar qo'shib suvda qaynatiladi va ana shunisi kampot deyiladi .
Meva suvlarining mizoji o'sha mevalarga qaraganda latifroq va yoqimliroqdir .
Uning shifobaxshlik xislatlari : uning birining shifobaxshligi qaysi mevaniki bo'lsa o'shanga xos bo'ladi . Masalan, olxo'ridan tayyorlangan kampot tashnalik shiddatini bosadi , tana xaroratini pasaytiradi , tanada kuygan moddani islox qiladi , taloq dardini daf qiladi. Agar bexidan tayyorlangan bo'lsa, asosiy a'zolar , ya'ni yurak , miya , jigar , me'da , buyrak va moyaklarni baquvvat qiladi , shuningdek , xar uchala ruxni , ya'ni nafsoniy ruxni , qaysiki , bu baquvvat bosh mag'ziga , yurakka , aloqador bo'lgan quvvat - xayvoniy rux va jigarga aloqador bo'lgan quvvat - tabiiy ruxga quvvat bag'ishlaydi , shuningdek , xazm a'zolar ( me'da , jigar, ichaklar va taloq ) ga aloqador xazm quvvatini oshiradi va badandagi moddalarning badbo'y xidlarini yo'qotadi .
Bordiyu sharbat olmadan tayyorlansa , yurak o'ynashi xamda bexuzur bo'lishi , safroli illatlar , jigar xarorati va issig'i , sariq xastaligi , o't pufagi , sariq suv kabi issiq dardlarni bartaraf qiladi .
Kampot uzum mayizidan tayyorlansa , ovozni jarangdor qiladi , badan tiqilmalarini ochadi , o't qopchig'i safrosiga shifo bag'ishlaydi .
Xammasidan xam foyda beradigani o'rik kampoti bo'lib , sababi u badxazm va yel paydo qiladi.